So’nggi yangiliklar

22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  2 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  5 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  3 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2

Bishkekda FIFAning Connect tizimini joriy etish bo'yicha seminar o'tkazilmoqda Yangiliklar

Bishkekda FIFAning Connect tizimini joriy etish bo'yicha seminar o'tkazilmoqda

Teglar :  FIFA
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida 15–17 fevral kunlari Osiyo futbol konfederaciyasi va Xalqaro futbol federaciyasi hamkorligida FIFAning Connect tizimini joriy etish bo'yicha seminar o'tkazilmoqda.

Seminarda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirda O'zbekiston nomidan O'zPFL etakchi mutaxassisi Baxtiyor Mametov qatnashmoqda. Seminar FIFA, OFK mutaxassislari, shunindek, Genius Sports IT-mutaxassislari tomonidan olib borilyapti.

2011 yili FIFA Ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan Connect tizimini O'zbekiston Professional futbol ligasida qo'llash ko'zda tutilgan. Mazkur dastur orqali qog'oz bilan ishlashdan voz kechilib, futbolchi, murabbiy, hakam va boshqa futbolga aloqador rasmiy shaxslarni elektron ro'yxatdan o'tkazishga o'tiladi.

Boshqacha qilib aytganda, yuqorida takidlangan shaxslarning ID raqami va shaxsiy malumoti saqlanadigan o'ziga xos “pasporti” paydo bo'ladi. Ushbu malumotlar FIFAning Connect bazasida saqlanadi. Bu yo'l orqali malumotlar to'plash, saqlash va ularni xalqaro federaciyalar bilan almashish ancha oson bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика