So’nggi yangiliklar

04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  22 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  5 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  1 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   1 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2 23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   16 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  5 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  6

Biroz uzoqdan olib kelaman... Yangiliklar

Biroz uzoqdan olib kelaman...

Teglar :  MTJO'FFPFLMARKAZ
2015 yil “El klassiko”ga borishim malum bo'lgach (3 oy avval), “Real Madrid” jamoasiga o'yinda ishlash huquqini beruvchi akkreditaciyaga zayavka berdim. Ko'p o'tmadi, 10 daqiqaga qolmay xat keldi, “ko'rib chiqamiz”.

O'yinga ikki kun qolganida javobni oldim. Qoida bo'yicha shunday. “Kechirasiz, sizning so'rovingiz qabul qilinmadi”.

Evro-2016da jurnalist sifatida ishlashni rejalashtirdim. Homiylar yo'q emas. Barchasini qoida bo'yicha bajardim. Yanvar oyining boshida javob keldi – “yo'q”. Nafaqat menga, yana 4 nafar hamkasbimga ham xuddi shunday javob keldi. 

Uff.uz va saytimiz azolari, yana ikki nafar jurnalist akamizga ham rad javobi berilgan. Balki, “Copa America”dan ijobiy javob olarman dedim. Ularga ham qoida asosida kerakli barcha malumotlarni taqdim etgan holda “zayavka” berdim. Ikki hafta avval rad javobi keldi. SHu maqolani o'sha kuni yozishni niyat qilgandim, shu kerakmi dedim. 

Kecha Ekvatorial Gvineya terma jamoasi bilan bo'lib o'tishi lozim bo'lgan, kimlardir dovon oshib, kimlardir uzoq viloyatlardan xarajat qilib taksi orqali chipta sotib olib bo'lgan o'yin bekor bo'lgach qalam tebratishga qaror qildim.

Qisqa qilib aytganda, jahon futbolida O'zbekiston futbolining hurmati Yaponiya, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Janubiya Koreya, Xitoy darajasida emas. SHarqiy osiyolik jurnalistlar uchun Evro arenalarida akkreditaciya olish muammo emas. Arablar-ku, tag-tugi bilan sotib olyapti. Kimdir bunga pul bilan erishadi, kimdir hurmat bilan. Yana kimdir diplomatik aloqalar bilan. Diplomatik aloqalar degani, bu faqat ikkita terma jamoani ko'rishtirib, yulduzi – yulduziga to'g'ri kelsa o'ynatish degani emas.

Diplomatik aloqalar, bular: Avvalo bolalar futboli, milliy liga, marketing, matbuot, ilmiy guruh sifatini oshirish, turli tuman seminarlar, futzal, ayollar futboli, OAV... Davom ettirsangiz, chegarasi yo'q. biri bo'lmasa ikkinchisi, ikkinchisi bo'lmasa uchinchisi bilan aloqa qilib, keyin to'rtinchisiga o'tadi. O'FFda bugungi rasmiylar bormi-yo'qmi, ular ertaga ishlaydimi yoki yo'q, farqi yo'q. 20 yillik dastur tuzadigan payt allaqachon etib keldi. Bugundan boshlash qiyinov, lekin qachondir boshlanishi kerak bo'lgan Evropa va Osiyoning deyarli barcha davlatlari bilan, u kim bo'lishidan qatiy nazar aloqalarni mustahkamlayverish kerak. Dasturni esa biznikilar tuza olmaydi. Bunisi aniq. CHetdan mutaxassis olib kelib, avval uni bir yil o'zbek futboliga g'arq ettirish kerak. Agar botqoqdan o'z rejasi bilan chiqa olsa, ana marhamat keyin dasturimizga ega bo'laylik va reja asosida faoliyat olib boraylik.

Ishlasa bo'ladi... O'zbekiston Respublikasining mintaqa, Osiyo, MDH va jahonda tutgan beqiyos o'rni bor. Men yuqorida futbolimizni hurmat qilmay qo'yishdi dedim, lekin davlat sifatida biz juda kuchli siyosatga ega, o'z yo'nalishidan to'xtamay odimlayotgan mamlakatmiz. Lekin futbol tomonidan biz davlatimiz yaratib berayotgan sharoitlardan oqilona foydalana olmayapmiz. So'nggi yillarda Yaponiya va Janubiy Koreyaning turli soha bo'yicha katta rahbarlarini O'zbekistonga kelishi odat tusiga aylandi. SHunday ekan, nima uchun futbolni rivojlantirish borasida ular bilan aloqalarni mustahkamlamaymiz. 

Yurtboshimiz, bekorga, o'rganishdan uyalmang demaganlar. O'rganib muvaffaqiyatga erishsak, bunda bizning farzandlarimiz manfaatdor bo'lsa, kelajak uchun yaxshi emasmi? Mamlakatimizda sanoatga berilayotgan etiborni bir qarang. Vodiyda tikilayotgan kiyim-kechak maxsulotlari Evropa standarti asosida tashqi bozorga eksport qilinyapti. SHu tadbirkorlar ham o'qidi, o'rgandi, izlandi va echimini topdi. Futbolimizda o'qimaganlar ko'payib ketdi. Engil-elpi qo'lga kiritilgan licenziyalar ish uchun asosiy qurol bo'lib qoldi, bilim emas. SHunga so'nggi yillarda bizdan chet el darajasidagi futbolchi chiqmay qo'ydi. Bu ketishda Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov kelayotgan o'n yilda ham eng kuchli legioner maqomini ushlab turaverishadi, chunki boshqasini ko'rmayapmiz.

Futbol - bu sanoat! Futbolda faoliyat olib borayotganlar oylikdan oylikkacha ishlashni emas, yozda tuproq bosib ketmon chopadigan fermer kabi mamlakat boyligini oshirishga harakat qilishi kerak. Buning uchun vatanparvar bo'lish lozim. Bitta futbolchining xorijga ketishi va uni yillar davomida u erda faoliyat olib borib, davlatimizga chet el valyutasini olib kelishining ortida katta gap bor. Xuddi o'z cho'ntagidan pul tikib tarbiyalab qo'ygandek, arzon narxga futbolchilarni sotmaydigan klublarimiz to'lib yotibdi. Ber imkoniyat ketsin, pul topib hech bo'lmasa o'z qishlog'ini obodonlashtirsin. Fikrlashi o'zgarsin, professional bo'lsin. Juda bo'lmasa, ikkiga bo'lib o'ynatish imkoniyati bo'ladi.

Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz istagan paytda o'zlari uchun kuchli raqib topyaptilar. O'FF va Markazda ham maqtanishga arzigulik ishlar yo'q emas, bor. Lekin ular nega raqib topyaptilar, boisi ular g'alaba qozonyaptilar. JCHning muntazam ishtirokchilari ular, asosiy MTJ bironta jahon chempionatiga chiqmas ekan, hech kim biz bilan tekinga o'ynab ketmaydi. Marketing boshqarayotgan yangi asr futbolida pul birinchi o'rinda, boshqasiga yo'l yo'q. Lekin gap shunda-ki, biz JCHga chiqadigan jamoaga o'xshamayapmiz. Hammasini “0”dan boshlashga g'ururimiz etmayotgandek. Kerak bo'lsa, Malayziya bilan kelishish kerak, turnirlarni tashkillashtirish yo'lida. Indoneziyadan ish o'rganishimiz kerak, marketing sohasida. Yaponiyaga mutaxassislarni yuboraylik, PFLni kuchaytirishni o'ylasinlar. Yil davomida bilsangiz edi, kuchli mutaxassislardan iborat qanchadan-qancha seminarlar bo'ladi. 10ta seminardan bitta yaxshi gap eshitib, bittasiga amal qilishni o'rgansak shuni o'zi bizga foyda bo'ladi. Sababi, bizda bolalar to'g'ri yo'ldan ketyapti. Lekin ularni katta bo'lganida yo'qotishimiz alam qilmayaptimikin? Biron texnikaga 10 yil davomida pul tikaversangiz-u, ishlash muddati tugamay buzilaversa, o'zingizga alam qilmaydimi? Bunga ham mehnat ketyapti-ku... Ha, lekin pul cho'ntakdan emas. Bu xuddi ijaraga mashina olish bilan teng. Mashina o'zingizniki bo'lsa uni qanday haydaysiz-u, ijarachiniki bo'lsa qanday? Bundan ortiq tarif bera olmadim. 

Qirg'iziston bilan o'yinni bekor bo'lgani xato emas. Lekin, bekor bo'ladigan shartnomani tuzish, bu katta xato edi! Tezkorlik bilan raqib topildi. Malumot o'rnida eslatib o'tay, mahalliy futbolchilardan iborat terma jamoamizni yig'inga jalb etar ekanmiz, Tailanddagi “Qirol Kubogi”ga rad javobini berish ham bu yilgi xatolardan biri bo'lganining bugun guvohi bo'lyapmiz.

Kuni kecha Kambodja terma jamoasi o'z maydonida SHarqiy Timorni qabul qildi. Quyidagi surat o'yin boshlanishiga 3 soat qolganida olingan. Stadion to'lib bo'lgan, ammo unga tashrif kelayotganlar soni kamaymayapti. Men allaqachon o'zimizni Janubiy Koreya, Eron yoki Yaponiyaga solishtirmay qo'yganman. Allaqachon ularni o'zimizdan o'tkazib yuborganmiz.

Kambodja terma jamoasi o'z o'yinida 200 ming AQSH dollaridan ortiq daromad ko'rdi. Reklama to'siqlarining o'zidan 150 000 AQSH dollariga yaqin pulni ishladi. Yon boshdagi reklamalarning narxi 7-10 mingni tashkil etdi, darvoza ortidagi ko'rimli joylari 15 000 AQSH dollarigacha bordi. CHipta va atributikalar sotuvidan 50 000 “ko'kat” ishlandi.


Kecha “Oq-Tepa” jamoasining birinchi ligadagi ishtirokini to'xtatishi haqidagi xabar chiqdi. Tizim to'g'ri ishlab turgan tashkilotda bunday muammolar bo'lmaydi. Har yili birinchi ligani kimdir erta tark etadi. Oliy liga esa qarz bilan mavsumni tugatadi. Aslida muammo juda keng. Markaz, O'FF va PFLni o'rtasida bog'liqlik yo'q. SHu kungacha uchta tashkilot vakillari, barcha xodimlarini qo'shgan holda yakka majlis o'tkazmagan, o'z dasturi bilan. Yilda bir bo'ladigan odatiy yig'ilishni inobatga olmayapman. Uch tashkilot ham kemani uch tomonga tortadi. Vaholangki, manzil sari bitta yo'l bo'ladi. To'g'riga, o'ngga yo chapga burilish kerak. Uch tashkilot, uch tomondan aylanib borgunicha, Qatar, BAA, bugungi holatidagi Iroq bitta yo'l bilan JCH tomoni borishni uddasidan chiqadi.

Bu ketishda hali biz juda ko'p “yama”larga tushadiganga o'xshaymiz, tayyor turamiz, har doimgi gapim, ota – onangiz uchun, o'zingiz ota – ona bo'lsangiz farzandlaringiz uchun asablaringizni asrang, hayot - bu futbol emas!


Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +89   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика