So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Birinchilik davri" yoxud Mirabror Usmonov haqidagi hujjatli film Yangiliklar

"Birinchilik davri" yoxud Mirabror Usmonov haqidagi hujjatli film

O'FF sobiq matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev marhum O'FF prezidenti Mirabror Usmonov haqidagi hujjatli filmni taqdim etdi.


"2017 yil Mirabror aka O'zbekiston Futbol Federaciyasidan ketishi aniq bo'lgach, chaqirib «mendan keyin farzandlarim, nabiralarim ko'rishi uchun» qisqa bir videofilm qilib berishni so'radi. Filmki, Mirabror Usmonovning futbolda amalga oshirgan ishlari haqida.

Avvaliga oilaviy davra uchun qisqa metrajli film uchun harakat boshlandi. Lekin, scenariy rivojlanishi natijasida bu loyiha kichik bir xujjatli filmga aylana boshladi. Mohir rejissyor Farrux Rasulov ham filmning tobora kengayib borayotganini ko'rib, xujjatli film qilish taklifini berdi

SHu tariqa 5-10 daqiqalik fotosuratlarning ketma-ketligidan iborat juda bir oddiy filmdan salkam 50 daqiqali xujjatli film dunyoga keldi. Uning ustida Farrux Rasulov boshchiligidagi texnik guruh ish olib bordi. 2017 yil avgust oyida suratga olish ishlari tugab, film tayyor bo'ldi.

Orada O'zbekiston Futbol Federaciyasining saylov konferenciyasi tugab, Mirabror aka prezidentlikni Umid Ahmadjonovga topshirdilar. U kishining o'zi hayotining oxirgi kunlarigacha o'z ishlari bilan mashg'ul bo'lsalarda, futbolni unuta olmadi; bir armon bilan yashadi: jahon chempionati armoni…

Film sifatli kameralarda suratga olingan, yaxshi montaj qilingan edi. Har qanday telekanalning arxivini, efirini bezab bera olardi, chamamda. Bir kuni Mirabror akaga «balki, filmni teleekranlarda namoyish qilarmiz» deganimda, rozi bo'lmadilar. «Vaqti keladi, o'zim aytaman», dedilar.

… va aytmay ketdilar. Keyin malum bo'lishicha, biz Farrux bilan birga ishlagan ushbu film aynan bugungi namoyish uchun qilingan ekan. Film shu kunlarda namoyish etilmasa, o'zining ahamiyatini yo'qotgan, o'z maqsadiga erishmagan bo'ladi. CHunki, bugun Mirabror Usmonov oramizda yo'q", - deb yozadi Sanjar Rizaev tvitterdagi o'z sahifasida.


Quyida ushbu filmni tomosha qiling.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика