So’nggi yangiliklar

14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  2 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  1 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  10 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  1 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  44

Birinchi ligani kuz-bahor tizimida o'tkazib ko'ramizmi? Yangiliklar

Birinchi ligani kuz-bahor tizimida o'tkazib ko'ramizmi?

Ertaga, 31 avgust kuni PFL Birinchi liga klublari bilan yig'ilish o'tkazadi.

Malumki, bu yilgi Birinchi liga bahslari 10 iyul kuni boshlanishi lozim edi. Ligada 14ta jamoa ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Birinchi liga Superliga va Proligadan keyin PFL professional maqomda o'tkazadigan uchinchi musobaqa hisoblanadi. 

Ishtirokchi jamoalar: "Andijon-2", "Yashnobod", "Navbahor-2", "Orol", "Lokomotiv-BFK", "Jizzax Bars", "Zirabuloq", "Yangier", "CHig'atoy", "Paxtakor-79", "Paxtakor-2", "G'ijduvon", "Rubin", "Bunyodkor-2". 

PFL ushbu musobaqani ham uy-mehmon tarzida 26ta turdan iborat shaklda o'tkazishni maqsad qilgandi. Biroq pandemiya sabab o'yinlar hali start olganicha yo'q. Katta ehtimol bilan sentyabr oyining birinchi yoki ikkinchi o'n kunligida boshlansa kerak. Har holda ertaga bo'ladigan yig'ilishda shu masalaga oydinlik kiritib olinadi. 

Birinchi ligani xuddi Superliga kabi markazlashgan holda o'tkazishning imkoni yo'q. CHunki Toshkentda Superliga jamoalari uchun stadion topilgani bilan Birinchi liganing 14ta jamoasi uchun boshqa o'yingohlarni topish amri mahol. SHu sabab o'yinlar uy-mehmon tarzida bo'lib o'tgani maqul. 

Faqat bu o'rinda yil oxirigacha 26ta turni o'tkazib bo'lmaydi. SHu bois musobaqani kuz-bahor tizimida o'tkazib ko'rish taklifini bermoqchimiz. Bunda dastlabki 13 tur kuzda (sentyabr, oktyabr, noyabr) o'tkaziladi va ikkinchi davra martda boshlanib may oylarida tugaydi. 

Biz ham kuz-bahorga o'tishimiz kerak degan gaplar yuradi. Ammo bu tizim bizga nima berishini bilmaymiz. CHunki bunday tizimda hali o'ynab ko'rmaganmiz. Lekin kuz-bahor variantini birinchi liga misolida sinab ko'rish ayni muddao bo'lsa kerak. Negaki musobaqani iloji boricha to'liq o'tkazish kerak. 14ta jamoa malum. Juftliklar malum. Faqat o'yinlar sanasini belgilab chiqish lozim bo'ladi. 

Bu fikrga siz nima deysiz?

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика