So’nggi yangiliklar

17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  0 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  1 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  10 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16

Birinchi ligada nima gaplar? Yangiliklar

Birinchi ligada nima gaplar?

Teglar :  Birinchi liga
Joriy mavsumni Birinchi ligada 16ta ishtirok boshlagan, keyinchalik ikki klub moliyaviy tomonlama muammolar sababli musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.

Kimlar musobaqa bilan xayrlashdi?

Yil boshida kutilmaganda “Neftgazmontaj” va “Lochin” klublari moliyaviy tomonlama qiyinchilikka duch keldi. Natijada, ikkisi ham musobaqadagi yurishini yakunlay olmadi va ishtirokchilar orasidan chiqarildi. Natijada, 14ta jamoa musobaqani davom ettirishiga to'g'ri kelmoqda. Sir emaski, har yili birinchi ligada kamida bir yoki ikki klub moliyaviy qiyinchilik fonida ligadagi ishtirokini davom ettira olmayapti. Bu esa har yili davom etmoqda.

Pro liga uchun kurash avjiga chiqdi
Diqqat qiling, bu yilgi birinchi liga o'yinlari ancha o'sdi. To'g'ri, muammolar kuzatilmoqda. Lekin Pro liga uchun kurashayotgan jamoalar soni birmuncha oshgan. Deylik, hozirda “Navbahor-FARM”, “SHahrixonchi”, “Aral”, “Andijon II” va “Paxtakor-79” jiddiy maqsadlarni qo'ygan. O'tgan yilda “Zomin” va “G'ijduvon” Pro ligaga kurashgan edi. Bu yil esa ular soni ortdi. Ayniqsa, vodiy klublari ancha faol ekanligi ko'zga tashlanmoqda. “SHahrixonchi” yaxshi homiy topgan ko'rinadi, davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirdi. Mo'ydin Mamazulunov, Eldor Ergashev va Jamshid Qobulov singari futbolchilar taklif etildi. “Aral” esa Nemattilo Qutiboev qo'l ostida juda yaxshi jamoa shakllantirmoqda. Asosan mahalliy yoshlar hisobiga barpo qilingan jamoa natijalari yaxshi. Moliyaviy tomonlama ham ancha ijobiy tomoni bor. Jamoaning asosiy maqsadi – Pro ligaga qaytish. “Andijon II” esa kubok bahslarida “Olimpik”ni taslim qilib, katta shov-shuv ko'targandi. Jamoa ham yoshlardan iborat ekanini hisobga olsak, Pro ligaga yo'llanma olish, tarkibdagi futbolchilarning o'sishiga xizmat qilishi tabiiy.

Endi peshqadam “Navbahor-FARM” haqida gaplashsak. O'tmishning mohir futbolchisi bo'lgan Rashid G'ofurov murabbiylik qilayotgan ushbu jamoa chindan ham yaxshi o'yinchilarni jamlay olgan. Har holda ular turdan-turga yaxshi natijalar qayd etib boryapti. Maqsadlar jiddiy ekani ko'zga tashlanmoqda.

Turnir jadvaliga qarasak, namanganliklar 39 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. “SHahrixonchi”, “Paxtakor-79” va “Aral” hisobida 35tadan ochko mavjud. “Andijon II” esa 34 ochko jamg'argan holda, yuqorida turgan jamoalarni taqib qilib kelmoqda. Ko'rinib turibdiki, Pro liga uchun kurash so'nggi turga qadar davom etadi. Har holda birinchi ligada ham birorta o'yin o'tkinchi o'tmayapti.

Qolgan jamoalarda holat qanday?
Birinchi liga o'yinlari Superliganing farm jamoalari uchun yaxshi amaliyot deyish mumkin. “Qizilqum-FARM”, “Nasaf-FARM” va “Bundyokor-FARM” o'z tarbiyalanuvchilarini musobaqadagi o'yinlari bilan toblantirmoqda. “Yunired” klubi esa xorijlik homiyga ega va asosan yoshlar bilan o'ynamoqda. Malum bo'lishicha, klub kelasi yildan o'z oldiga yuqoriroq vazifalar qo'yishni rejalashtirgan. Moliyaviy muammolari borligiga qaramay, o'z ishtirokini davom ettirayotgan “Do'stlik-Oltiariq” va “Do'stlik-Toshkent” klublari natijalari yomon emas. “Qumqo'rg'on-1977”dan yuqori natijalar kutilgan edi. Biroq jamoa o'ziga o'xshamayapti. Vali Keldiev bosh murabbiy sifatida taklif qilinganiga qaramay, jamoa 12-o'rinni egallab turibdi. “CHig'atoy” va “Lokomotiv-BFK” esa yoshlardan iboratligi bois, ularga natijadan ko'ra, o'yin amaliyoti muhimroq. Xullas, Birinchi liga – 2022 birmuncha o'sgan va unda qayd etilayotgan natijalar ham o'z tasdig'ini topmoqda.
Keyingi tur uchrashuvlari

1 oktyabr
16:00. “SHahrixonchi” – “Do'stlik-Toshkent”
16:00. “Yunired” – “Andijon II”
16:00. “Do'stlik-Oltiariq” – “Paxtakor-79”
2 oktyabr
16:00. “Qumqo'rg'on-1977” – “Nasaf-FARM”
16:00. “Qizilqum-FARM” – “Bunyodkor-FARM”
17:00. “CHig'atoy” - “Lokomotiv-BFK”
17:00. “Navbahor-FARM” – “Aral”




Samandarbek tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика