So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  0 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  3 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Birinchi ligada nima gap? Yangiliklar

Birinchi ligada nima gap?

Teglar :  Birinchi liga
Futbol bo'yicha oliy liga jamoalari yozgi tanaffusdan foydalanib, ikkinchi davra taraddudi bilan band bo'lishayotgan bir pallada quyi divizion faoliyatiga nazar solish imkoni tug'ildi.

CHunki hozirga qadar birinchi liga bilan bog'liq etiborga molik holatlar yuz berib ulgurdi. Ayniqsa, PFLning jamoalarni 10tadan tekin to'p bilan taminlagani diqqatimizni tortdi. Qolgan voqealarga esa quyida atroflicha to'xtalamiz.

Birinchi voqelik: licenziya mojarosi

Bugungi mulohazamizga sabab bo'lgan ana shunday hodisalarning eng muhimi - PFL tomonidan birinchi ligada faoliyat yuritayotgan ayrim murabbiylarning ishlashga huquq beruvchi lizenciyalari olib qo'yilishi bo'ldi. Nega, deysizmi? Gap shundaki, mavsum avvalida liga ishtirokchilarining PFL hisobiga malum miqdorda badal puli to'lashlari ko'zda tutilgan, 2016 yilgi mavsum uchun bu summa har bir jamoa uchun 20 million so'm qilib belgilangandi. Lekin quyi diviziondagi klublarimizning moliyaviy sharoitlari unchalik havasga arzimasligini yodga olsak, jamoalar bu mablag'ni PFL hisobiga darhol o'tkazishda qiyinchilikka duch kelishlari oydinlashadi. Boshqacha aytganda, birinchi ligadagi aksariyat jamoalar ayni paytgacha talab qilingan mablag'ning malum qismini PFL hisobiga o'tkazishganu, qolganiga hozircha qurblari etmay turibdi.

SHundan kelib chiqsak, ehtimol, murabbiylarning lizenciyalari olib qo'yilishida bir hikmat bordir?! Axir keyinchalik jamoa ustozlariga avval jamoang pulning qolganini o'tkazsin, keyin ishingni davom ettiraverasan, deyish imkoniyati tug'iladi-da! Xo'sh, bunday yo'l bilan futbolimiz rivoji haqida o'ylash mumkinmi? Undan ko'ra, klublarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshiroq o'rganib chiqib, badal miqdori shunga yarasha belgilansa bo'lmasmikan? Yoinki, ushbu summani belgilangan vaqtgacha o'tkazmagan klubni mavsum avvalidayoq turnirdan chetlatish afzal emasmi? Negaki, bugun badalga qurbi etmagan klubning ertaga futbolchilardan qarzdor bo'lib qolishi turgan gap. Albatta, kechirimlilik yaxshi, lekin ko'ngilchanlik oqibati doim ham yaxshilik bilan tugayvermasligini ham unutmaslik zarur.

Bizningcha, ligada zo'rama-zo'raki tarzda 17ta (Oq-tepa bu hisobga kirmaydi, albatta) imkoniyati past jamoani ushlab turmay, kuchli va raqobatbardosh 10ta klubni qoldirish ko'proq naf keltirsa kerak. CHunki bir tomondan, PFLning o'zi ortiqcha bosh-og'riqdan xalos bo'ladi. Ikkinchidan, yosh futbolchilar o'z ustilarida ko'proq ishlab, ana shu 10ta klublardan birining etiborini qozonish uchun harakat qilishadi.

Ikkinchi voQelik: 12 limon-li ko'rik

Bungacha ham futbolchilarning sog'-lig'ini ko'rikdan o'tkazishga ixtisoslashgan Futbol-Med haqida ko'p va xo'p gapirildi, qanchadan-qancha satrlar bitildi. Lekin amalda hech nima o'zgargani yo'q - Futbol-Med o'z ishini oldingidek davom ettirmoqda. Birinchi liga jamoalari mavsum avvalida qariyb 12 million so'mdan to'lab, o'z futbolchilarini tibbiy nazoratdan o'tkazishgandi. Ikkinchi davra boshlanishi arafasida esa klublarni yana shu masala o'ylantirib turibdi. Axir, kamida 25 kishidan iborat jamoani poytaxtga olib borib-kelishning o'zi bo'ladimi? Boz ustiga, har bir klub uchun xizmatlarga belgilangan 12 millionlik to'lov ham bo'lsa...

O'z o'rnida tan olish kerak, aynan Futbol-Med tomonidan professional futbol bilan shug'ullanishga noloyiq deb topilgan nigeriyalik Devid Oniyaning boshqa mamlakat chempionatidagi fojiali o'limi sportchilarning tibbiy ko'riklardan o'tishi naqadar muhim ekanini isbotladi. Lekin Futbol-Med ko'rik uchun narxlarni biroz pasaytirsa, yaxshi bo'lardi. Bunda masalan, masofa masalasini inobatga olish mumkin. Yani, ko'rik uchun keladigan klublarning poytaxt safari xarajatlari ham hisoblansa, yomon bo'lmasdi.

Uchinchi voqelik: SHaripovning yutuqlari

Bundan bir necha yillar avval terma jamoamizning eng ishonchli yarim himoyachilaridan biri bo'lgan Ilhom SHaripov murabbiy sifatida ham sekin-asta muvaffaqiyatga erishmoqda. Birinchi ligadagi ilk davra yakunlariga ko'ra, jadvalning birinchi pog'onasini aynan uning shogirdlari - Dinamo klubi vakillari egallab turishibdi.

Statistikaga etibor qaratsak, Ilhom SHaripov qo'l ostidagi jamoa 16 o'yinda 14 g'alaba, bittadan mag'lubiyat va durangga erishib, 43 ochko bilan jadvalda yakkahokimlik o'rnatgan. To'plar nisbati - 44-10. Hozircha Dinamo eng ko'p gol urib, eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi. Samarqandliklar ketma-ket 14 o'yindan buyon faqat g'alaba qozonishmoqda. Jadvalda 2-3-o'rinlarni band etgan UzDongJu va Cementchi klublari 36 va 35 ochkodan to'plashgan.

Dinamoning 21 yoshli futbolchisi Amirjon Safarov jamoaning birinchi davradagi eng yaxshi hujumchisi bo'ldi. U jami 15 o'yinda maydonga tushib, 11 marta raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Etiborlisi, Amirjon gollarini asosan, zaxiradan maydonga tushganidan ke-yin urgan. Dinamo safidagi 18 yoshli Jonibek Ko'chimov esa gollarga assistentlik qilish borasida ancha faollik namoyish etmoqda. Yani, u ham 15 o'yinda umumiy 1049 daqiqa to'p surib, 4ta gol urish barobarida, jamoadoshlarining 8ta goliga hammualliflik qildi.

Albatta, birinchi divizionda o'zini erkin sezgan aksariyat yosh futbolchilar oliy ligada biroz hayajonga berilishlari aniq. Lekin umid qilamizki, Ilhom SHaripov shogirdlari bilan elitaga chiqishni uddalasa, qo'l ostidagi o'yinchilarga ishonch ruhini ham bera oladi.

P.S.: xullas, hozircha quyida ana shunday voqealar kuzatilmoqda. Gazetamizning keyingi sonlarida birinchi liga atrofidagi yangiliklardan xabar berib borishga harakat qilamiz.

Isroil RAHIMOV

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика