So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  2 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Birinchi liga yakuni. “Tezlikni” pasaytirib yuborgan “Zarafshon-PFK” haqida Yangiliklar

Birinchi liga yakuni. “Tezlikni” pasaytirib yuborgan “Zarafshon-PFK” haqida

Katta extimol bilan joriy mavsumning boshida, oliy ligaga chiqish uchun kurashishi kutilgan “Zarafshon-PFK”
kutilmaganda ikkinchi bosqich arafasida katta yo'qotishlarga duch keldi va jamoa rejasi ham shundan so'ng keskin ravishda o'zgarib ketdi.

:Jamoaning bosh murabbiyidan tortib, futbolchilarigacha “Qizilqum”ga yoppasiga ko'chib o'tishlari, birinchi liga jamoasini shokka tushirib qo'ygandek tuyuldi. SHuning uchun ham viloyatning birinchi ligadagi jamoasiga ikkinchi bosqichda oson bo'lmadi.

Ikkinchi bosqichni Obid Xudoyorov qo'li ostida o'tkazgan “Zarafshon-PFK” futbolchilari 16ta o'yinda ishtirok etib, 7ta uchrashuvda g'alaba nashidasini surdi. 4 bor durang o'ynab, qolgan 5ta bahsda raqiblariga imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa jamoa hisobidagi ochkolar soni 52tani tashkil etdi.

Aslida bu jamoani kamida 3-o'rin uchun jiddiy kurashishi kutilgandi. Ammo Xudoyorov jamoasi “Qo'qon-1912”ga bu borada yutqazdi.

“Zarafshon-PFK” futbolchilari o'z maydonida o'tkazgan 8ta o'yinning 5tasini muvaffaqiyatli yakunlagan bo'lsa, 2ta uchrashuvda durangga imzo chekdi. Yana bir o'yinda asosiy raqib “Qo'qon-1912”ga yutkazdi. Lekin shunga qaramay, ular o'z maydonida “Andijon”ni mag'lubiyatga uchrata olishni udduladi. Jamoaning o'z maydonidagi o'yinlaridagi natijalari shuni ko'rsatyaptiki, umumiy 17 ochko to'plab, bu borada 5-o'rinni egalladi.

Xo'sh, jamoa safarda qanday o'ynagan? Bu borada navoiyliklarning natijalari maqtagulik darajada emas. Sababi 8ta o'yindan atiga 2tasidagina uch ochko olingan. Yana 2ta bahsda durang o'ynagan “Zarafshon-PFK” futbolchilari qolgan 4ta uchrashuvni boshi egik xolatda tark etishgan.   

Jamoa ikkinchi bosqichda hammasi bo'lib, 35ta gol urdi. Eng ko'p gol urgan futbolchi bu – Ulug'bek Izbosarov bo'ldi. Hujumchi 1ta ugol urdi. 5tasini penaltidan kiritganini ham aytib o'tish lozim.

O'z darvozasidan 34ta to'p olib chiqishga ham majbur bo'ldi. Ikkinchi bosqichda jamoa darvozasini Sevdiyor O'rinov qo'riqladi.  



Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

(pen)

Ulug'bek Izbosarov

10

(5)

O'ktam Sadinov

8

Feruz Boboqulov

5

(1)

Abdurahmon Abdulhaqov

4

Aziz Abdullaev

2

Ulug'bek Rahmonov

2

Saidjon Hayitov

2

Mansur Otaqulov

1

Pyotr Batarov

1

“Zarafshon-PFK” jamoasi ikkinchi bosqichda muxlis tashrifi borasida yuqori o'rinlardan joy oldi. Klub o'yiniga umumiy aytganda 16ta bahsda 25646 nafar tomoshabin kirgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 1603ta muxlis demakdir.   



Jamoa statistikasi

O'yinlar

16

Gollar

35

Uyda

21 (60%)

Safarda

14 (40%)

O'tkazib yuborilgan gollar

33

Uyda

10 (30,3%)

Safarda

23 (69,7%)

O'rtacha urilgan gollar

2,19

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

2,06

Uyda to'plangan ochkolar

17/24 (70,83 %)

Safarda to'plangan ochkolar

8/24 (33,33 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 - NBU-Osiyo, Kosonsoy

Eng yirik mag'lubiyat

0:7 - Andijon

Gol o'tkazilmagan o'yinlar

2 (12,5%)

Golsiz o'yinlar

2 (12,5%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

4

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

3

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

0/2

Ogohlantirish (o'rtacha)

31 (1,94)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

3 (0,19) - 2/1

Tomoshabin (umumiy/o'rtacha)

25646/1603

Islombek Rustambekov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика