So’nggi yangiliklar

16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  1 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  4 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  18 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  15 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  9 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0

Birinchi liga uchrashuvlari 1 avgustga qadar qoldirildi Yangiliklar

Birinchi liga uchrashuvlari 1 avgustga qadar qoldirildi

8 iyul kuni respublika hududlarida pandemiya tufayli karantin choralarining kuchaytirilishi bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori elon qilingandi.

Unga ko'ra, respublikaning barcha hududlari qizil toifaga aylanishi ko'zda tutilgan hamda 1 avgustga qadar transport vositalarining harakati cheklangan.

Bugun — 9 iyul kuni shu masala yuzasidan O'zPFL Birinchi liga klublari rahbarlari hamda murabbiylari bilan onlayn videokonferenciya tashkil qildi. Unda Birnchi liga klublarining karantin davrida rasmiy o'yinlarda ishtirok etishi masalasi ko'rib chiqildi.

Takidlash joiz, ushbu musobaqada ishtirok etuvchi klublarning moliyaviy imkoniyati yuqori ligalar jamoalarinikidan farq qiladi. Birinchi liga jamoalari boshqa viloyatlardagi o'yinlarga ko'p holatlarda o'yin kuni borib qaytishadi va asosan yo'nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanishadi. Ayni holatda esa viloyatlar orasida transport vositalarining harakati cheklandi. Ruxsat etilgan boshqa transport vositalaridan foydalanish, mehmonxonalar va boshqa harajatlar esa tabiiyki, Birinchi liga klublariga qiyinchilik tug'diradi.

Videokonferenaciyada yuqoridagi kabi omillarni hisobga olgan holda, Birinchi liga musobaqalarini karantin choralari yumshatilguniga qadar vaqtincha to'xtatib turish maqsadga muvofiq deb topildi. Futbol klublari esa ruxsat etilgan vaqtlarda mashg'ulotlarni davom ettiradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика