So’nggi yangiliklar

14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  6 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasidagi peshqadam “Qo'qon-1912” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasidagi peshqadam “Qo'qon-1912” haqida

Birinchi bosqich yakunlariga oid statistikani berishda davom etamiz.
Bu yil oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan jamoalardan biri “Qo'qon-1912” “sharq” mintaqasida peshqadamlik qildi.

Jamoaning o'yinini kuchli deya olmaymiz, hozircha. Bunga sabab shuki, qo'qonliklar birinchi bosqich davomida bir tekis o'yin ko'rsata olmadi. Omadli o'yinlar bilan bir qatorda omadsiz bahslar ham uchradi.



O'tkazilgan 22ta o'yinidan 15tasini o'z foydasiga hal qila olgan “Qo'qon-1912” qolgan 4ta uchrashuvda durang va 3ta bahsda mag'lubiyatga uchradi.

SHuningdek jamoa birinchi bosqichni ikkita bosh murabbiy qo'li ostida o'tkazdi. Avvaliga chempionatga Tohir Kapadze qo'li ostida tayyorgarlik ko'rgan qo'qonliklar may oyidan boshlab, Rustam Abdullaev boshchiligida chempionatda ishtirok eta boshladi.



Yangi murabbiy klubga keliboq tarkibda o'zi istaganicha o'zgartirish kirita olmasdi va ixtiyoridagi futbolchilardan foydalanishga majbur edi. Davralar oralig'ida tarkibni o'zi xohlaganicha kuchaytirishga intilayotgan Abdullaevning murabbiylik faoliyatiga ikkinchi bosqichda munosib baho bersa bo'ladi.

“Qo'qon-1912” ortda qolgan birinchi bosqich o'yinlarida raqiblari darvozasiga jami 50ta to'p kiritdi. Jamoa safida eng ko'p o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan o'yinchi Otabek Haydarov bo'ldi. 20 yoshli futbolchi raqiblar darvozasini 18 bor ishg'ol etishga erishdi.



SHuningdek jamoa 22ta o'yinda o'z darvozasidan 24ta gol o'tkazib yubordi. Aziz Ashurov va Andrey Baklanovdek o'z vaqtida oliy ligada o'ynagan darvozabonlar uchun buni salbiy natija deb bildik. Boz ustiga himoya chizig'ida Aleksandr Kritinin va Xurshid Uzoqboevdek yuqori malakali o'yinchilarga ega bo'lgan jamoaga bunchalik ko'p to'p o'tkazib yuborish yarashmaydi, bizningcha.
   
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Otabek Haydarov

18

(2)

Umidjon Qodirov

9

Aziz To'xtaboev

5

Avazxon Mamatxo'jaev

4

Abdullajon Mirzaev

2

Davron Mamatov

2

Rahmatullo Meliboev

2

(1)

Jalil Kimsanov

2

(2)

Bahodir Akramov

1

Maruf Zokirjonov

1

Nodir Qo'ziboev

1

Rustam Abduhamidov

1

Rustam Ashurmatov

1




Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

O'yinlar

22

Umumiy gollar

50

Uyda

24 (48%)

Safarda

26 (52%)

O'tkazib yuborilgan gollar

24

Uyda

7 (29,17%)

Safarda

17 (70,83%)

Urilgan o'rtacha gollar

2,27

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

1,09

Uydagi ochkolar

29/33 (87,88 %)

Safardagi ochkolar

20/33 (60,61 %)

Eng yirik g'alaba

4:1 –

“Kosonsoy”,

“Paxtakor-2”,

“Bunyodkor-2”

Eng yirik mag'lubiyat

0:2 – “Obod”

Igr bez propushhennyx golov

7 (31,82%)

Igr bez zabityx golov

3 (13,64%)

Irodali g'alaba

4

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

2

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

5

Yirik mag'lubiyat

0

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

38 (1,73)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'rdan to'g'ri/2-SK

3 (0,14) - 0/3

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

77231/3510



Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика