So’nggi yangiliklar

18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  3 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  8 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4

Birinchi liga, “sharq” mintaqasi. 4-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga, “sharq” mintaqasi. 4-tur statistikasi

19 aprel, yakshanba kuni birinchi liganing 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa nabatdagi tur o'yinlari start oladi. Biz esa odatdagidek uchrashuvlarga nazar tashlagan xolda, etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“OQ-TEPA”NING QIYIN G'ALABASI YOXUD “CEMENTCHI” AJABLANTIRISHDA DAVOM ETMOQDA

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan o'yinlarda muxlislar yana bir qator kutilmagan natijalarga guvoh bo'ldi. Xususan Andijonning “UzDongJu” klubi o'z uyida “Paxtakor-2” bilan durang qayd etib, muxlislarini uyaltirib qo'ydi. Aytish lozimki, mazkur bahsda Jasur Abduraimov boshqaruvidagi yosh paxtakorchilar uch ochkoni qo'lga kiritishi ham hech gap emasdi. Ammo Bekzod G'anijonov 11 metrlik to'pini aniq amalga oshira olmadi. Aks xolda toshkentliklar uyga g'alaba bilan qaytgan bo'lardi.

SHuningdek ushbu turda Quvasoyning “Cementchi” jamoasi yana ajablantirdi. Qishki yig'inlarni yuqori suratda o'tkazgan Abdumalik Hakimov boshqaruvidagi ushbu jamoa hozircha sira o'ziga o'xshamayapti. Jamoa bu turda “Kosonsoy”ni qabul qildi va yana mag'lubiyatga uchradi. Vaholanki quvasoylik ashaddiy ishqibozlar “Cementchi”dan faqat g'alaba kutgandi. Kosonsoyliklaresa hozircha chakki ko'rinmayapti.

“Bankirlar” bu turda CHustga safar uyushtirdi va Davron Turonovning goli evaziga safardan uch ochko bilan qaytishga erishdi.

Ushbu turda bo'lib o'tgan bahslardan etiborimizni tortgani “Bunyodkor-2” – “Oq-tepa“ uchrashuvi bo'ldi. Etibor bering o'yinda ilk golni “qaldirg'ochlar” kiritgan. Ammo Ildar Sakaev shogirdlari keyinchalik hisobni o'zgartira oldi. Izzatilla Abdullaev 77-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 90+6-daqiqada Temur Hakimov g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'ldi. SHu tariqa ushbu o'yinda “Bunyodkor-2”ni  “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari tomonidan kiritilgan gollar mag'lub etdi deyish mumkin. Lekin 90+6-daqiqada (!) urilgan gol ko'pchilikda shubha uyg'otgani aniq. Qolaversa uchrashuv bosh hakam Baxtiyor Namozov shu kuni 7,8 ball olgan.   

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Xotira-79 (Uychi) – 2:0.
Bunyodkor-2 (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 1:2.
UzDongJu (Andijon) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:1.
Cementchi (Quvasoy) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:2.
CHust-Paxtakor (CHust) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 0:1.

GOLLAR

* Mazkur turda qayd etilgan umumiy gollar soni 11tani tashkil etdi.  

* Har bir bahsga o'rtacha 2tadan gol demakdir.

* Mezbon jamoalar 5ta to'p kiritgan bo'lsa, qolgan 6ta gol mehmonlar hisobiga
yozildi.   

* Birinchi taymda muxlislar atiga 3ta gol ko'rdi.

* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik ortdi va yana 8ta gol kuzatildi.

* 4-turning eng tezkor goli Vlad Norov bo'ldi. “Yozyovon-lochinlari” futbolchisi
“Xotira-79”ga qarshi bahsning 6-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi uning goli turning eng tezkor goli deya tarixda qoldi.

* Aksincha mazkur turning eng so'nggi goli esa 90+6-daqiqada “Oq-tepa” futbolchisi tomonidan kiritildi. Aniqrog'i Temur Hakimov uchrashuvning so'nggi soniyalari o'tib borayotganida “Bunyodkor-2” darvozasini nishonga olib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi.  

* Dubl! “Kosonsoy” azosi Sardor Sotvoldiev ushbu turda ikkita gol urgan yagona futbolchi bo'ldi.

* Penalti! Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar ushbu turda jami 3ta penalti belgiladi. Undan ikkitasi aniq amalga oshirilgan bo'lsa yana birini darvozabon qaytarishga erishdi.  
* Bekzod Maxpraliev (“Yozyovon-lochinlari”) – aniq!
* Sardor Sotvoldiev (“Kosonsoy”) – aniq!
* Bekzod G'anijonov (“Paxtakor-2”) – noaniq!

* “Yozyovon-lochinlari” va “NBU-Osiyo” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishgani etiborga molikdir.  

* Aksincha “Xotira-79”, “Bunyodkor-2” va “Cementchi” jamoalari mazkur turda o'z darvozasidan 2tadan to'p o'tkazib yuborib, bu borada peshqadamlik qilishdi.  

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH


* 4-tur o'yinlarini boshqargan hakamlar jami 21ta futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.

* Har bir bahsga o'rtacha 4tadan ogohlantirish demakdir.  

* Mezbon jamoa futbolchilaridan 10tasi ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 11ta sariq kartochka mehmonlarga ko'rsatilgan.

* Bahslarning birinchi taymida 5ta futbolchi ogohlantirilgan.

* Ikkinchi bo'limda esa yana 16ta o'yinchi sariq kartochka bilan “siylangan”.

* Bundan ko'rinib turibdiki, uchrashuvlarning ikkinchi bo'limi keskin kurash va qo'polliklarga boy bo'lgan.

* Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa bu – “Paxtakor-2” bo'ldi. Jami 4ta ogohlantirish!

* “Yozyovon-lochinlari”, “UzDongJu”, “NBU-Osiyo” va “Kosonsoy” jamoalarining 1tadan o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan.

* Qo'polliklarga boy bo'lgan o'yin deb poytaxtdagi kichik derbini aytish mumkin. Sababi “Bunyodkor-2” – “Oq-tepa“ bahsida jami 6ta sariq va 1ta qizil kartochka qayd etildi.

* Ushbu turda 2ta qizil kartochka kuzatildi. “Xotira-79” hujumchisi Islom Abduqodirov jamoasining “Yozyovon-lochinlari”ga qarshi o'tkazgan bahsida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi. SHuningdek “Bunyodkor-2” azosi SHahzod Abdurahimov ham uchrashuvning 84-daqiqasida chetlatilgan.

* Etiborlisi har ikki futbolchining ham jamoasi ushbu turda mag'lubiyatga uchragan.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?

* 4-turda tabiiyki 5ta hakamlar guruhi ishladi.

* Ularning orasida eng yuqori ball olgan bosh hakam  Hasan Ro'ziev bo'ldi.

* Quvasoyda kechgan “Cementchi” – “Kosonsoy” bahsini boshqarib borgan toshkentlik hakamga uchrashuv nazoratchisi Oleg Dachev 8,5 ball qo'ygan.

* Ro'ziev ushbu o'yinda mezbonlarning 3ta mehmonlardan esa 1ta o'yinchini sariq kartochka bilan “siylagan”.

* Aksincha eng past ball Baxtiyor Namozovga qo'yilgan. “Bunyodkor-2” – “Oq-tepa“ bahsini boshqargan hakamning ishi nazoratchi Arslon Hotamov tomonidan 7,8 ballga munosib baholandi. Uchrashuvda Namozov mezbonlarning 3ta o'yinchisiga sariq va 1ta o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatgan bo'lsa, mehmonlar 3 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siylagan”. SHuningdek ikkinchi bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib bergan. Etiborlisi mehmonlar 90+6-daqiqada to'p kiritib, g'alaba qozongan.   

* Yon chiziq hakamlaridan esa eng yuqori ballni “Cementchi” – “Kosonsoy” uchrashuvida ishlagan Iskandar Zoitov olgan. 8, 4 ball!

* Aksincha bu borada eng past ball “UzDongJu” – “Paxtakor-2” uchrashuvida ishlagan S.Sirazovga qo'yilgan. 7,4 ball!

* Fakt! 4-turdagi o'yinlarning hammasida toshkentlik nazoratchilar ishlagan!

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Xotira-79 (Uychi) – 2:0.
Hakamlar
: O. Tuychiboev (Toshkent) - 8,4, D. Akmalov (Toshkent) – 8,2, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,2, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 1:2.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent) – 7,8, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,0, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,0, S. Rahmonov - 8
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).

UzDongJu (Andijon) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:1.
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,2, O. Umarov (Toshkent vil.) – 7,5, S. Sirazov (Toshkent vil.) – 7,4, B. Ro'zimatov – 8.
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Cementchi (Quvasoy) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:2.
Hakamlar:
X. Ro'ziev (Toshkent) – 8,5, I. Abdulaqov (Toshkent vil.) – 8,3, I. Zoitov (Toshkent vil.) – 8,4, S. Rahmonov - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

CHust-Paxtakor (CHust) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 0:1.
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,0, X. Zulunov (Andijon) – 7,7, A. Jo'raxonov (Andijon) – 7,9, R. Fozilov – 7.
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).


TOMOSHABINLAR
* 4-turda bo'lib o'tgan jami 5ta o'yinga hammasi bo'lib atiga 7825 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Albatta bu achinarlidir.

* Har bir bahsga o'rtacha miqdorda 1565ta ishqiboz demakdir.

* Eng ko'p muxlis kirgan o'yin “Yozyovon-Lochinlari” – “Kosonsoy” bahsi bo'ldi. 3000ta ishqiboz!

* Toshkentdagi “Bunyodkor-2” – “Oq-tepa” bahsida esa aksincha xolat kuzatildi. 68ta muxlis!

Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Xotira-79 (Uychi) – 2:0. 3000 tomoshabin.
Bunyodkor-2 (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 1:2. 68 tomoshabin.
UzDongJu (Andijon) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:1. 1322 tomoshabin.
Cementchi (Quvasoy) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:2. 2003 tomoshabin.
CHust-Paxtakor (CHust) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 0:1. 1432 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Oq-tepa 4 3 0 1 7 - 3 4 9
2 Kosonsoy 4 3 0 1 7 - 4 3 9
3 NBU-Osiyo 4 3 0 1 5 - 2 3 9
4 UzDongJu 4 2 1 1 6 - 3 3 7
5 Xotira-79 4 2 0 2 5 - 6 -1 6
6 Paxtakor-2 4 1 2 1 4 - 5 -1 5
7 Yozyovon-Lochinlari 4 1 1 2 4 - 6 -2 4
8 CHust-Paxtakor 4 1 1 2 4 - 7 -3 4
9 Cementchi 4 0 2 2 3 - 5 -2 2
10 Bunyodkor-2 4 0 1 3 3 - 7 -4 1


5-TURDA UCHRASHADILAR
23 aprel (payshanba)
“Kosonsoy” – “CHust-Paxtakor”
“Xotira-79” – “Bunyodkor-2”
“NBU-Osiyo” – “Yozyovon-Lochinlari”
“Oq-tepa” – “UzDongJu”
 24 aprel (juma)
“Paxtakor-2” – “Cementchi”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика