So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 13-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 13-tur statistikasi

Bugun birinchi liganing navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi. Biz esa odatga ko'ra, ortda qolgan turdagi o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“BUNYODKOR-2”NING G'ALABASI BEKOR QILINDI. BUNDAN YOZYOVONLIKLAR YUTDI   
13 iyun shanba kuni birinchi liganing “sharq” mintaqasida 13-turning 3ta o'yini bo'lib o'tdi.  Oq-tepa” – “Cementchi”, “Paxtakor-2” – “CHust-Paxtakor” uchrashuvi mezbonlarning O'zbekiston kubogida 1/8 final bosqichida ishtirok etishi munosabati bilan 15 iyulga qoldirildi. SHu bois bo'lib o'tgan 3ta o'yindan kelib chiqib, uning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

Toshkentda “Yozyovon-lochinlari”ni qabul qilgan “Bunyodkor-2” jamoasi garchi o'z maydonida g'alaba qozongan bo'lsada, bu uzoqqa cho'zilmadi. Boisi PFL bahsdan keyin “qaldirg'ochlar” tarkibida sariq kartochkalari 4taga etgan, ammo shunga qaramay 13-tur bahsini o'tkazib yubormagan Sanjar Qodirqulovning maydonga tushgani uchun toshkentliklarga texnik mag'lubiyat elon qildi. “Yozyovon-lochinlari” esa texnik g'alabani rasmiylashtirdi.

Uychida esa “Xotira-79” o'tgan turdagi yirik mag'lubiyatdan keyin o'z muxlislari qarshisida faqat g'alaba qozonishi shart edi. Buni yaxshi anglagan jamoa azolari “UzDongJu”ga qarshi kechgan uchrashuvda astoydil xarakat qilib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Andijonliklar uchrashuvning ilk daqiqasidayoq hisobni ochishga erishgan bo'lsada, ammo ularning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Boisi ikkinchi bo'limda uychiliklar iroda ko'rsatib, ikkita gol urdi. SHu tariqa maydon egalari muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. 

O'z maydonida raqiblariga osonlikcha ochko ulashmaydigan  “Kosonsoy” bu safar “NBU-Osiyo”ni qabul qildi. “Bankirlar”ning shu kuni mezbonlar oldida ojiz qolgani hisobda ham aks etib turibdi.  

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – -/+.
Xotira-79 (Uychi) – UzDongJu (Andijon) – 2:1.
Kosonsoy (Kosonsoy) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 4:2.



GOLLAR
* 13-turning ortda qolgan 3ta o'yinida 9ta gol kiritildi.
* Har bir o'yinga 3tadan gol demakdir.
* Birinchi bo'limda kiritilgan to'plar 4ta.
* Ikkinchi taymda esa yana 5ta gol urildi.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan to'plar soni 6ta bo'ldi.
* Qolgan 3ta gol esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Kosonsoy” bo'ldi, 4ta.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan klub esa “NBU-Osiyo” bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli 1-daqiqada kiritildi. “UzDongJu” azosi Xondamir Yuldashev ushbu soniyada “Xotira-79” darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
* Aksincha eng so'nggi gol esa 83-daqiqada “Kosonsoy” to'pupari Davron Isoqov tomonidan “NBU-Osiyo” darvozasiga kiritilgan.
* 2ta penalti! Bosh hakam Baxtiyor Yulcharaev “Kosonsoy” – “NBU-Osiyo” bahsida har ikki jamoa darvozasi tomon bir marotabadan penalti belgilashga qaror qildi. 7-daqiqada mezbonlar azosi Sardor Sotvoldiev nuqtadan adashgan bo'lsa, “bankirlar” etakchisi Muzaffar Umurzoqov bu borada 11 metrlikni bexato amalga oshirgan.   
* Etiborlisi shunday bo'lsada, baribir yakunda kosonsoyliklar uch ochkoni qo'lga kiritdi.
* Xet-trik! “Kosonsoy”va “sharq” mintaqasida to'purarlar ro'yxatini boshqarib borayotgan Davron Isoqovning ishtaxasi ochilib qolgan ko'rinadi. Boisi ushbu hujumchi 13-turda o'z hisobiga yana 3ta gol yozdirib qo'ydi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 9ta sariq kartochka.  
* Har bir o'yinda 3tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 3ta futbolchisi ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 6ta sariq kartochka esa mehmon jamoa o'yinchilari tomon ko'rsatilgan.
* O'yinlarning birinchi bo'limida 3ta sariq kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, ikkinchi taymda yana 6ta futbolchi ogohlantirilgan.
* Texniy mag'lubiyatga uchragan “Bunyodkor-2” futbolchilari ushbu turda birorta ham sariq kartochka olmasdan, bu borada boshqalarga namuna bo'ldi.
* “UzDongJu” esa aksincha bu borada “peshqadamlik” qildi. 3ta sariq va 1ta qizil kartochka.
* Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb Uychida o'tgan “Xotira-79” – “UzDongJu” uchrashuvini ko'rsatish mumkin. Bosh hakam shu kuni mezbonlarning 2ta, mehmonlarning esa 3ta o'yinchisini sariq kartochka bilan jazoladi. SHuningdek bitta qizil kartochka qayd etildi.
* 3ta chetlatish! 13-turning ortda qolgan 3ta o'yinida maydondan chetlatilgan futbolchilar soni 3ta bo'ldi.
Xondamir Yuldashev – “UzDongJu”
Boburmirzo Karimov – “Kosonsoy”
Sarvar Safarov – “NBU-Osiyo”
Mazkur futbolchilar endi kamida keyingi turni o'tkazib yuboradi.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI
* Ushbu turning uchta o'yinida tabiiyki uchta bosh hakam ishladi.
* Eng yuqori ball olgan hakam Baxtiyor Yulcharaev bo'ldi. “Kosonsoy” – “NBU-Osiyo” bahsini boshqarib borgan gulistonlik hakamning ishini nazoratchi Sulton Zaylobidinov 8,1 ballga munosib deya baholadi.
* Qolgan ikki o'yinda ishlagan Anatoliy Rubakov bilan Ahmad Ergashev esa bir xil, 8,0 ball oldi.
* Eng ko'p kartochka ishlatgan hakam esa Ahmad Ergashev bo'ldi.

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – -/+.
Hakamlar
: A. Rubakov (Toshkent) – 8,0, F. Dostonov (Jizzax) – 8,0, M. Turdiev (Jizzax) – 8,2, S. Eremeev - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

Xotira-79 (Uychi) – UzDongJu (Andijon) – 2:1.
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent) – 8,0, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,1, S. Nishonboev (Toshkent) – 8,1, E. Tursunov - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Kosonsoy (Kosonsoy) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 4:2.
Hakamlar
: B. Yulcharaev (Guliston) – 8,1, X. O'rolov (Toshkent viloyati) – 7,7, S. Ulfatov (Toshkent viloyati) – 8,7, I. Nosirov - 8
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).


MUXLISLAR
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
* 13-turning ortda qolgan 3ta o'yiniga 2082 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.  
* Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 694ta tomoshabin demakdir.
* Eng ko'p muxlis kirgan o'yin “Kosonsoy” – “NBU-Osiyo” bo'ldi.
* Toshkentdagi uchrashuvda esa odatdagidek kam muxlis kuzatildi.

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – -/+  44 tomoshabin.
Xotira-79 (Uychi) – UzDongJu (Andijon) – 2:1. 987 tomoshabin.
Kosonsoy (Kosonsoy) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 4:2. 1051 tomoshabin.


TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Oq-tepa 12 8 1 3 20 - 11 9 25
2 Xotira-79 13 8 0 5 22 - 25 -3 24
3 UzDongJu 13 7 1 5 17 - 11 6 22
4 Kosonsoy 13 7 1 5 24 - 20 4 22
5 NBU-Osiyo 13 6 2 5 13 - 13 0 20
6 Cementchi 12 4 3 5 23 - 14 9 15
7 CHust-Paxtakor 12 4 2 6 15 - 18 -3 14
8 Yozyovon-Lochinlari 13 4 2 7 12 - 22 -10 14
9 Paxtakor-2 12 2 7 3 15 - 15 0 13
10 Bunyodkor-2 13 3 1 9 12 - 24 -12 10



OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
 
14-tur.
17 iyun (chorshanba)

“UzDongJu” - “Oq-tepa”
“Cementchi” - “Paxtakor-2”
 
20 iyun (shanba)
“Bunyodkor-2” - “Xotira-79”
“Yozyovon-lochinlari” - “NBU-Osiyo”
“CHust-Paxtakor” - “Kosonsoy”

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика