So’nggi yangiliklar

11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  1 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  2 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  13 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  2 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0

Birinchi liga, “sharq” mintaqasi. 11-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga, “sharq” mintaqasi. 11-tur statistikasi

1-2 iyun kunlari birinchi liganing “sharq” mintaqasida 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Quyida ortda qolgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

MEZBONLARGA ATALGAN TUR

Hech ikkilanishlariz mazkur 11-turni mezbon jamoalar uchun omadli kelganini aytsak, mubolag'a bo'lmaydi. Boisi safarda g'alaba qozongan jamoa uchramadi.

Toshkentda kechgan derbida “Oq-tepa”ning qo'li baland keldi. Temur Hakimovning penaltidan kiritgan to'pi yakunda Ildar Sakaev jamoasinining g'alabasini taminladi.

“UzDongJu” esa o'z maydonida yozyovonliklarni qabul qilib, raqibini ayab o'tirmadi. Har bir bo'limda ikkitadan gol.

“Cementchi” uchun ham ushbu tur omadsiz keldi. Quvasoyliklar poytaxtda “Bunyodkor-2”dan mag'lubiyatga uchradi.  

Oq-tepa (Toshkent) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0.

UzDongJu (Andijon) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 4:0.

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Cementchi (Kuvasoy) – 2:1.

Xotira-79 (Uychi) – CHust-Paxtakor (CHust) – 3:1.

Paxtakor-2 (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 4:1.

GOLLAR

* Ortda qolgan turning 5ta o'yinida 17 gol qayd etildi.

* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

* Birinchi taymda kiritilgan gollar soni 7ta bo'ldi.

* Ikkinchi taymda esa sermahsullik ortib, yana 10ta gol urildi.

* Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollari soni 14ta.

* 2ta penalti! Temur Hakimov (“Oq-tepa”) bilan SHahboz Jumaboev (“UzDongJu”) bu borada nuqtadan adashmadi. Etiborlisi ularning jamoasi ushbu turda g'alaba qozongan.

* 2ta dubl! Nurillo To'xtasinov (“Bunyodkor-2”) bilan Ozodbek Komilov (“UzDongJu”) ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishdi. Ahamiyatilisi ularning jamoasi ushbu turda g'alaba qozongan.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

* 25ta sariq kartochka.

* Har bir o'yinga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.

* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 12ta futbolchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.

* Ikkinchi taymda esa yana 13ta sariq kartochka qayd etildi.

* Mezbon jamoalardan 14 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.

* Qolgan 11ta sariq kartochka esa mehmon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan.

* Qo'polliklarga boy tarzda o'tgan o'yin deb Namangan derbisini ko'rsatish mumkin. Sababi “Xotira-79” - “CHust-Paxtakor” uchrashuvida mezbonlarning 5 nafar o'yinchisiga, mehmonlardan esa 3ta futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.

* Bu borada Toshkentda o'tgan “Oq-tepa” – “NBU-Osiyo” bahsini aksincha deb ko'rsatish mumkin. Sababi bosh hakam bu o'yinda birgina mezbonlar o'yinchisi Anvar Rahimovni sariq kartochka bilan “siylagan”.

* “Bankirlar” mazkur turda birorta ham sariq kartochka olmay, boshqa jamoalarga namuni bo'ldi.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?

Ravshan Kapadze eng past olgan hakam Hasan Ro'ziev aksincha

11-tur shhyinlarini boshqarib borgan hakamlarning olgan ballariga etibor qartamiz. Uychida kechgan “Xotira-79” – “CHust-Paxtakor” uchrashuvini boshqargan farg'onalik Ravshan Kopadzening ishini nazoratchi Islom rahimov 7,5 ballga munosib ko'rdi. Poytaxtda bo'lgan “Oq-tepa” – “NBU-Osiyo” o'yinini boshqargan Hasan Ro'ziev esa bu borada hamkasblarini ortda qoldirdi. Unga nazoratchi Baxtiyor Tog'aev 8,5 ball qo'ydi.

Oq-tepa (Toshkent) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0.

Hakamlar:X. Ro'ziev (Toshkent) – 8,5, A. Kalinin (Qarshi) – 8,0, A. Sidorov (Toshkent) – 8,3, D. Pislegin - 9

Nazoratchi:B. Tog'aev (Toshkent).

Uz-Dong-Ju (Andijon) – YOzyovon-Lochinlari (YOzyovon) – 4:0.

Hakamlar:D. Karimov (Toshkent) – 8,2, T. Suyunov (Guliston) – 8,0, SH. Yuldashev (Guliston) – 8,0, B. Ro'zimatov - 8

Nazoratchi:O. Dachev (Toshkent).

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Cementchi (Kuvasoy) – 2:1.

Hakamlar:A. SHukurullaev (Toshkent) – 7,8, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,4, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,4, D. Xushnutdinov - 8

Nazoratchi:O. Rubakov (Toshkent).

Xotira-79 (Uychi) – CHust-Paxtakor (CHust) – 3:1.

Hakamlar:R. Kopadze (Farg'ona) – 7,5, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,2, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,1, A. Jabborov - 7

Nazoratchi:I. Rahimov (Andijon).

Paxtakor-2 (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 4:1.

Hakamlar:A. Ergashev (Toshkent) – 7,9, F. Usmonov (Qarshi) – 7,9, D. Hamidov (Qarshi) – 7,6, A. Risqullaev - 8

Nazoratchi:E. Oripov (Farg'ona).

MUXLISLAR

* 11-turning 5ta o'yiniga jami 1612 nafar muxlis qadam ranjida qilgan.

* Har bir uchrashuvga o'rtacha 322ta ishqiboz demakdir.

* Eng ko'p tomoshabin Uychida “Xotira-79” – “CHust-Paxtakor” o'yiniga kirgan – 1205ta.

* Aksincha Toshkentda kechgan “Bunyodkor-2” – “Cementchi” o'yiniga esa nisbatan eng kam tomoshabin tashrif buyurdi – 52ta.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

Oq-tepa (Toshkent) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0. 84 tomoshabin.

UzDongJu (Andijon) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 4:0. 168 tomoshabin.

Bunyodkor-2 (Toshkent) – Cementchi (Kuvasoy) – 2:1. 52 tomoshabin.

Xotira-79 (Uychi) – CHust-Paxtakor (CHust) – 3:1. 1205 tomoshabin.

Paxtakor-2 (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 4:1. 103 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

Ochk

1

Oq-tepa

11

8

1

2

19 - 9

10

25

2

UzDongJu

11

7

1

3

16 - 8

8

22

3

Xotira-79

11

7

0

4

18 - 16

2

21

4

Kosonsoy

11

6

1

4

20 - 16

4

19

5

NBU-Osiyo

11

6

1

4

11 - 9

2

19

6

Cementchi

11

3

3

5

15 - 13

2

12

7

Paxtakor-2

11

2

6

3

15 - 15

0

12

8

CHust-Paxtakor

11

3

2

6

13 - 16

-3

11

9

Yozyovon-Lochinlari

11

2

2

7

10 - 22

-12

8

10

Bunyodkor-2

11

2

1

8

11 - 24

-13

7

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

12-tur. 8 iyun (dushanba)

“Yozyovon-lochinlari” – “Kosonsoy”

“NBU-Osiyo” – “Paxtakor-2

“CHust-Paxtakor” – “Oq-tepa”

“Cementchi” – “Xotira-79

“UzDongJu” – “Bunedkor-2

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика