So’nggi yangiliklar

17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  12 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  4 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  4 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  10 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 1-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 1-tur statistikasi

4-5 aprel kunlari birinchi liganing “SHarq” mintaqasidan o'rin olgan jamoalar 1-tur uchrashuvini o'tkazishdi.
Odatimizga ko'ra, ortda qolgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“UZDONGJU” MAVSUMNI YIRIK G'ALABA BILAN BOSHLADI YOXUD “OQ-TEPA”DA MAG'LUBIYAT
Birinchi ligada ham 1-turda qayd etilgan ayrim natijalar muxlislarni ajablantirgan bo'lsa ajab emas. Keling quyida har bir o'yinga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Andijonning “UzDongJu” jamoasi o'z mintaqasida yirik hisobda g'alaba qozongan yagona jamoa bo'ldi. “Bo'yoqchilar” shanba kuni “CHust-Paxtakor” mehmoni bo'lib, raqib darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritdi. Etiborlisi shu kuni mezbonlar darvozasini ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Asilbek Omonov qo'riqlagan. Aftidan “UzDongJu” “g'arb” mintaqasida qarvonboshchilikni o'z qo'liga oladigan ko'rinadi. Bunga sabablar etarli. Ular bunga munosib.
CHust-Paxtakor (CHust) – UzDongJu (Andijon) – 0:4 (0:2).

Namanganda muxlislar derbiga guvoh bo'ldi. “Kosonsoy” o'z maydonida “Xotira-79”ni qabul qildi. Har ikki jamoa ham mavsumni muvaffaqiyatli boshlashga uringani aniq. Bu borada ko'proq omad uychiliklarga kulib boqdi. Kosonsoyliklar esa ikkinchi bo'limda g'alabani qo'ldan chiqarib, alamli tarzda mag'lub bo'ldi.
Kosonsoy (Kosonsoy) – Xotira-79 (Uychi) – 1:2 (1:0).

Toshkentda bo'lgan kichik derbida sensaciya kuzatildi. Bu yil o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilib qo'ygan “Oq-tepa” tarkibi asosan akademiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan “Paxtakor-2” bilan kuch sinashdi. Yosh paxtakorchilar tajriba borasida biroz ustun bo'lgan raqibi oldida hayiqmadi. Aksincha o'z maydonida o'ynayotgani bois g'alaba sari dadil xarakat qildi. Yakunda “sherlar”ning farm klubi favoritdan 3 ochko tortib oldi.
Paxtakor-2 (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 2:1 (0:0).

Turning ikkita o'yini taqvimga ko'ra kecha bo'lib o'tdi. Quvasoyda muxlislar Farg'ona derbisiga guvoh bo'ldi. Bu yil birinchi ligaga yo'l olgan “Cementchi” liga debyutanti  “Yozyovon-Lochinlari”ni qabul qildi. Ochig'ini aytganda, mazkur bahsda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori baholangandi. Lekin Asad Do'rmonov boshqaruvidagi yozyovonliklar ham osonlikcha taslim bo'lishni istamadi va yakunda o'z uyiga 1 ochko bilan qaytdi.
Cementchi (Kuvasoy) – Yozyovon -Lochinlari (Yozyovon) – 1:1 (1:1).

Toshkentda kecha yana bir kichik derbi bo'lib o'tdi. “NBU-Osiyo” o'z maydonida “Bunyodkor-2” bilan kuch sinashdi. Garchi uchrashuvda birinchi bo'lib mehmonlar hisobni ochishgan bo'lsada, “bankchilar” keyinchalik bunga 3ta gol bilan javob qaytarib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
NBU-Osiyo (Toshkent) – Bunyodkor-2 (Toshkent) – 3:1 (0:1).

GOLLAR
* Birinchi turda bo'lib o'tgan 5ta o'yinda jami 16ta gol qayd etildi.
* Har bir o'yinga o'rtacha 3tadan gol demakdir.
* Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollar soni 7tani tashkil etdi.
* Mehmonlar hisobiga esa 9ta gol yozildi.
* Birinchi bo'limda urilgan gollari soni 6ta.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 10ta to'p kiritilgan.
*Bundan ko'rinib turibdiki, uchrashuvlarning ikkinchi taymida sermahsullik yana oshgan.
* Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa “UzDongJu” bo'ldi - 4ta.
* Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa esa “CHust-Paxtakor”.
* O'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan jamoa ham “UzDongJu” ekanligi etiborga molik.

* Dubl! Bir uchrashuvda ikkita gol urgan futbolchi – Ignat Bikmaykin (“NBU-Osiyo”) bo'ldi.
* Penalti! 1-turda hakamlar tomonidan ikkita 11 metrlik jarima to'pi belgilangandi. Etiborlisi ikkisi ham aniq. Dilshod Eminov (“Cementchi”) va Botir Karimjonov (“Xotira-79”) bu borada nuqtadan adashmadi.


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushbu turda qayd etilgan ogohlantirish va chetlatishlarga ham etibor qaratadigan bo'lsak, hakamlar tomonidan futbolchilarga jami 17ta sariq kartochka ko'rsatilganiga guvoh bo'lamiz.
* SHundan 10tasi mezbon jamoa futbolchilar tomon ko'rsatilgan.
* Mehmonlardan esa 7ta futbolchi ogohlantirilgan.
* Birinchi bo'limda hakamlar jami 5ta o'yinchini sariq kartochka bilan siyladi.
* Ikkinchi taymda esa qo'polliklar yanada ko'p uchradi. SHu bois sariqlar soni 12tani tashkil etdi.
* Turning qo'polliklarga boy bo'lgan o'yini “Cementchi” – “Yozyovon-lochinlari” bahsi bo'ldi. Bu o'yinda Vadim Agishev har ikki jamoadan 3tadan futbolchini ogohlantirdi.

* CHetlatish! “CHust-Paxtakor” azosi Davron Turonov “UzDongJu”ga qarshi kechgan bahsda hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib olib, maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi.


HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turda ishlagan bosh hakamlardan eng yuqori ballni toshkentlik Viktor Serazetdinov oldi. Uning hatti-xarakatlarini nazoratchi Oleg Dachev 8,5 ballga munosib ko'rdi.
* Abdurahim Mo'minov esa aksincha eng past ball olgan hakam bo'ldi. Joriy mavsumdan yana nazoratchi sifatida ishlay boshlagan Sulton Zaylobidinov toshkent viloyatilik hakamga 7,7 ball qo'ydi.
* Uchrashuvlarda ishlagan qanot hakamlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu borada eng yuqori ballni farg'onalik SHoxruh Azamov olganini ko'ramiz.  8,4 ball.
 

CHust-Paxtakor (CHust) – UzDongJu (Andijon) – 0:4.
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent vil.) – 7,7, I. Abdulaqov (Toshkent vil.) – 7,7, I. Zoitov (Toshkent vil.) – 7,5, M. Nexochin – 8.
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Kosonsoy (Kosonsoy) – Xotira-79 (Uychi) – 1:2.
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon) – 8,4, A. O'rinov (Farg'ona) – 8,2 , SH. Azamov (Farg'ona) – 8,4, R. Fozilov – 8.
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).

Paxtakor-2 (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 2:1.
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent) – 8,1, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,3, K. Abduraimov (Jizzax) – 8,0, R. Lutfulin – 8.
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Cementchi (Kuvasoy) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 1:1.
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent) – 8,2, B. Bahromov (Toshkent) – 7,7, S. Eremeev (Toshkent) – 8,3, R. Kopadze – 9.
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

NBU-Osiyo (Toshkent) – Bunyodkor-2 (Toshkent) – 3:1.
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,5, F. Yormuxamedov (Toshkent) – 8,2, S. Karimov (Toshkent) – 8,2, I. Garmashov – 8.
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

TOMOSHABINLAR MEHRI
Birinchi liganing ilk tur o'yinlari ishqibozlarda u qadar katta qiziqish uyg'otmagani raqamlarda aks etib turibdi. Ochig'i, kichik karvon yo'lga chiqayotganidan ko'pchilikning xabari ham yo'q edi. “G'arb” mintaqasining 5ta o'yiniga jami 5399ta ishqiboz qadam ranjida qilgan.

Bu har bir bahsga o'rtacha 1079ta tomoshabin demakdir.
Eng ko'p muxlis Quvasoydagi stadionga kirgan.

Aksincha xolat esa yana Toshkent klublari bilan bog'liq. “Paxtakor-2” – “Oq-tepa” bahsini atiga 57ta odam kuzatgani o'yin qaydnomasiga yozilgan.

Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Paxtakor-2 (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent) – 2:1. 57 tomoshabin.
NBU-Osiyo (Toshkent) – Bunyodkor-2 (Toshkent) – 3:1. 83 tomoshabin.
Kosonsoy (Kosonsoy) – Xotira-79 (Uychi) – 1:2. 1205 tomoshabin.
CHust-Paxtakor (CHust) – UzDongJu (Andijon) – 0:4. 1301 tomoshabin.
Cementchi (Kuvasoy) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 1:1. 2753 tomoshabin.

KEYINGI TURDA UCHRASHADILAR
2-tur. 9 aprel (payshanba)

“Yozyovon-Lochinlari” – “Oq-tepa”
“Xotira-79” – “Paxtakor-2”
“Bunyodkor-2” – “Kosonsoy”
“UzDongJu” – “NBU-Osiyo”
“Cementchi” – “CHust-Paxtakor”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика