So’nggi yangiliklar

02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  1 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  0 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  17 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  25 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  2 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  125 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14

Birinchi liga. Pley-off uchrashuvlari haqida ikki og'iz Yangiliklar

Birinchi liga. Pley-off uchrashuvlari haqida ikki og'iz

Teglar :  Birinchi liga
Birinchi ligada mavsumning murakkab pallasidan o'tib bo'lindi, tez orada g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Jamoalar allaqachon pley-off va yarim final uchrashuvlarini o'tkazmoqda.

Birinchi ligada chempionat uchrashuvlari yakunlandi va navbat pley-off bellashuvlariga. Bu yildan etiboran mazkur ligada ishtirok etish uchun viloyat futbol akademiyalari ham qo'shildi va ikki mintaqaga bo'lingan holda chempionat tashkil qilindi. Lekin etiboringizni bir narsaga qaratmoqchiman. Siz uyqudan turgan holda nonushta qilayotgan, o'qishga ishga chog'lanayotgan vaqtingizda Birinchi ligada futbol uchrashuvi bo'lib o'tyapti. "Bunyodkor-Farm" - "Jayxun" o'yini 9:30da boshlandi. SHu narsa bizning etiborimizni tortdi. 

Uyg'onish

Organizm erta tongda jismonan 90 va undan ko'p daqiqa futbol o'ynashga tayyor bo'lmasligi ayon. O'zim bilgan malumotlarga ko'ra, tongda ko'proq aqliy mehnat samara keltiradi va bunda miya faolroq ishlaydi. Endi tasavvur qiling 9:30 da maydonga tushish uchun futbolchi soat nechida turishi kerak? Taxminan 6:30 yoki undan vaqtliroq. Nonushta va yo'lga otlanish bilan 1,5 soat vaqt sarflanadi. Maydonda esa 8:30da bo'lish kerak. Bunday pallada asosan tiklanish jarayoni ketayotgan bo'ladi. Tabiiyki, o'zini o'zi tiklab ulgurmagan organizmga yana 2 soatlik yuklama tushadi. Xo'sh, bunga nima deysiz? Tibbiyot qonunlarini ham chetlab o'tgan holda tashkil qilinayotgan chempionat orqali professional futbolchi chiqaza olamizmi? Menimcha yo'q. "Jayxun" bir kun avval kelgan yaxshi ham. Uchrashuv shaharning narigi chekkasida ekanligini hisobga olsak yo'l vaqti ham 1 soatga yaqin bo'ladi. 

Tashkilotchilik 

Buni infratuzilma yoki stadionlar bilan bog'lash mumkindir. Lekin pley-off bellashuvlarini markazlashgan tarzda o'tkazish PFLning ishi va bunda hech bir klubning aybi yo'q. Demak tashkilotchi bosh tashabbuskor. 1/4 finaldan o'rin olgan barcha o'yinlar bir kunda o'tkazilgan. Ularning eng vaqtlisi 9:30da boshlangan. Demak, buni yaxshilab o'ylab ko'rish mumkin edi. Toshkentda faqat bitta stadion bor emas. 

U-19 chempionatida yuz bergan holat haqida

13 iyun kuni U-19 chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Aral" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bunday holat o'tgan yili ham sodir bo'lgandi va aynan "Aral"ning o'yinida. Uchrashuv 8:00 da boshlangan. Futbolni ilm va fan sifatida qabul qilmasak, futbolchining organizmi, uni fiziologik holati, jismoniy xususiyatlari, biologik sifatlarini tahlil qilmasak, erta tongdan turib uyquga to'yinmagan organizmga yuklama tushirib iqtidorni yo'q qilishimiz mumkin. Qars ikki qo'ldan chiqadi. PFLdan taqvim, o'yinlar vaqtini jamoalarga qulay qilib chiqarsa bundan faqat futbol yutadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика