So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  3 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  9 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2

Birinchi liga. Mirza Quryozovning goli “Xorazm”ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Birinchi liga. Mirza Quryozovning goli “Xorazm”ga g'alaba keltirdi

O'tgan turda “Cementchi” o'z maydonida birinchilik peshqadami - toshkentning “Obod” jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.

Ushbu yutuq quvasoylik futbolchilarni safarda “Xorazm”ga qarshi bahsda ham ruhlantirishi tabiiy edi. SHuningdek, urganchlik futbolchilar ikkinchi bosqichning bo'lib o'tgan uch  o'yinida muvaffaqiyatga erishib, o'z muxlislarini quvontirishayotgandi. SHu jihatdan, ular g'alabali odimini bu safar ham davom ettirishini bashorat qilish mushkul emasdi.

Mubolag'a emas, uchrashuv tezkor hujumlar bilan boshlandi. Avvaliga, mehmonlar 3-daqiqada mezbonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Biroq, Azizxon Ibrahimov tepgan to'pni maydon egalarining tajribali  darvozaboni G'ayrat O'daev bartaraf etishni uddaladi. Oradan uch daqiqa o'tib, urganchlik futbolchilar qarshi hujumga kirishishdi. Bu gal Omadjon Toyloqov tomonidan amalga oshirilgan zarbani quvasoyliklar posboni Farruh Turdaliev qiyinchiliksiz qaytardi. 8-daqiqada esa urganchlik futbolchilar Omadjon Toyloqov – Nizomjon Norov tomonidan amalga oshirilgan kombinaciya gol bilan yakunlanishi mumkin edi. So'nggi pallada, quvasoylik darvozabon Nizomjon tepgan to'pni mahorat bilan darvoza to'sini ustidan oshirib yubordi. Bo'lim o'rtalariga kelib, juda qulay imkoniyatni mehmonlar vakili Jahongir Dadaboev qo'ldan chiqardi. U ushbu vaziyatda himoyachilar yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalana bilmadi.  Nihoyat, uchrashuvdagi hisob ochildi. Xususan, 33-daqiqada maydon egalarining navbatdagi qarshi hujumi samarali yakunlandi. Marks Quramboevning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini O. Toyloqov darvoza tomon yo'naltirdi. To'p esa himoyachilarga tegib Mirza Quryozovga etib bordi. O'z navbatida “Xorazm”liklarning iqtidorli yosh futbolchisi vaziyatni boy bermadi. Uning zarbasidan so'ng to'p darvozaning pastki chap burchagidan joy egalladi, 1:0.

Ikkinchi bo'lim ham nihoyatda qiziqarli kechdi. Asosan, maydondagi ustunlik mezbonlar tarafida saqlanib turgan bo'lsada, quvasoyliklar ham imkoniyat topilgan zahoti qarshi hujumga o'tishni kanda qilishmadi. Ayniqsf, “Cementchi” tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Elyorjon Akbarov, Alisher Fayzullaevlar tezkorligi bilan ajralib turishdi. Aynan, ular bir necha marotaba G'ayrat O'daev qo'riqlayotgan darvoza oldida xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. O'z navbatida urganchlik futbolchilar ham hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatlardan foydalana bilishmadi. Ushbu vaziyatlarda Nizomjon Norov va Ilyos Xayrovlar gol muallifi bo'lishi mumkin edi. SHu tariqa, Mirza Quryozov kiritgan yagona to'p “Xorazm” jamoasiga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

Ikkinchi bosqich.  4- tur. 28 avgust (juma)

“Xorazm” (Urganch) – “Cementchi” (Quvasoy) – 1:0 (1:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 1359 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) -8,0,  F . Usmonov(Qarshi) - 8,0,  D. Iskandarov (Nukus) - 8,1, A. Alimov - 8.   
 Nazoratchi:  M. SHaripov(Buxoro).   
Gol: M. Quryozov (33).
Ogohlantirish: A. Husinov(12), O. Toyloqov (41), G'. O'daev (hammasi “Xorazm”, 90+1).
“Xorazm”: 35. G'ayrat O'daev, 2.SHahzod Mannonov, 4.Jasur Otajonov, 5.Temur Ismoilov, 7.Marks Quramboev, 8.Xayrullajon Jakbarov(6. Dilshod Isoqulov, 55), 9. Nizomjon Norov(10. Temur Bekchanov, 66), 13. Mirza Quryozov(12.Nizomaddin Otaniyozov, 80), 15. Ilyos Xayrov(11.Oxunjon Razzoqov, 90), 17.Omadjon Toyloqov(Sardorbek Matmurotov,87), 18. Abror Husinov,
“Cementchi”: 99. Farruh Turdaliev, 2.Jo'rabek Yoqubov, 4.Rahmatullo Meliboev (23.Alisher Fayzullaev,50), 5.Abduxoliq Qurbonov, 8.Nodirxon Kamolov, 9.Jamshid Qobulov, 11.Azizxon Ibrahimov(21.Elyor Mamasoliev,58), 13.Dilshodjon Eminov(10.Elyorjon Akbarov,15), 17.Abdullajon Mirzaev(22. Ibrohim Numonov,80), 19.Jahongir Dadaboev(20.Davlatbek Yorbekov,70), 27.Davron Mamatov.

Ikrom  XUDOYBERGANOV

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика