So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  1 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Birinchi liga. "Mashal" yirik hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

Birinchi liga. "Mashal" yirik hisobda g'alaba qozondi

Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqichidan o'rin olgan 3-tur bellashuvlari davom ettirildi.
O'z maydonida Toshkentning “Istiqlol” jamoasini qabul qilgan “Mashal” raqib ustidan yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Xabaringiz bor, o'tgan turda “Mashal” kutilmaganda “Oqtepa”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. SHu bois muborakliklar bu uchrashuvga birmuncha jiddiy hozirlik ko'rishdi. Bu esa o'z mevasini bermay qo'ymadi.

O'yinning 24-daqasiga kelib hisob ochildi. Bu vaziyatda jarima to'pi amalga oshirilgach, Jahongir Abdumo'minov bosh bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. 59-daqiqada “Mashal”ning kombinacion hujumi gol bilan yakun topdi. Avvaliga maydon markazida to'pni raqibdan olib qo'ygan Abdumo'minov oldinga intilib, to'pni chap tomondan yorib kirayotgan Jamshid Hasanovga etkazib berdi. Jamshid esa to'pni vaqtida jarima maydonchasi ichida payt poylab turgan Eldor SHomurodovga uzatdi. Va bu vaziyatda SHomurodov bexato zarba yo'llab, hisobni 2:0ga etkazdi.

84-daqiqaga kelib esa hisob 3:0 ko'rinishini oldi. Bu vaziyatda raqib darvozaboni to'pni tepib yuboraman deb xatoga yo'l qo'ydi. Aniqrog'i, uning tepgan to'pi Zohir Qo'ziboevga tegib darvoza tomon yo'l oldi. Zohir esa himoyachidan o'zib ketgan holda to'pni darvoza to'riga to'g'irlab qo'ya qoldi. SHunday qilib “gazchilar” navbatdagi bahsni 3:0 hisobida o'z foydalariga hal etishdi.

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich. 3-tur
MASH'AL – ISTIQLOL – 3:0
Gollar: J.Abdumo'minov, 24. E.SHomurodov, 59. Z.Qo'ziboev, 84.
“Mashal”: Sanjar Quvvatov, Dilyaver Vaniev (Iskandar SHayqulov, 87), Oybek Polvonov (SHahzod SHaymanov, 75), Jahongir Abdumo'minov (Durbek Kamolov, 63), Bahodir Murtazoev (Ixtiyor Toshpo'latov, 46), Jamshid Hasanov, Eldor SHomurodov (Zohir Qo'ziboev, 70), Abbos SHodmonov, Mirzohid G'ofurov, SHerzod Fayziev, Salamat Quttiboev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика