So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  0 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  2 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  8 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  3 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2

Birinchi liga. “Lokomotiv-BFK” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. “Lokomotiv-BFK” haqida

Birinchi liga klublarining birinchi bosqich yakunlariga ko'ra, statistikasini berishda davom etamiz.
Navbat Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasiga etib keldi. SHu o'rinda aytib o'tish kerakki, ko'pchilik ushbu klubni oliy ligadagi “Lokomotiv”ni farm-klubi deb o'ylaydi. Aslida unday emas. “Lokomotiv-BFK” mustaqil jamoalar sarasiga kiradi. Bu jamoaning o'z yo'nalishi bor. Garchi ushbu ligada bir necha yillardan buyon ishtirok etib kelayotgan bo'lsada, jamoa negadir barqarorlikka erisha olmayapti. Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, yoshlarni ko'rish mumkin. To'g'ri, endi-endi katta futbolga qadam bosayotgan yoshlar bilan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Lekin o'sha “Paxtakor-2”, “Bunyodkor-2” ham “Lokomotiv-BFK”ga nisbatan ancha yoshargan tarkib bilan ishtirok etib kelmoqda.

Jamoani o'tgan yili 29 yoshli murabbiy Pavel Zaxarov boshqargandi. Birinchi bosqichda yo'qotilgan qimmatli ochkolar evaziga jamoa keyingi bosqichga chiqa olmay, ishtirokini to'xtatgandi. Keyinchalik pulkada qatnashib, bu yil birinchi ligada yana ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan “Lokomotiv-BFK” o'tgan mavsumda yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosalarni chiqarib olmagan ko'rinadi. Sababi jamoa yana ikkinchi bosqichga chiqa olmay, yarim yo'lda qolib ketdi.

Bizningcha jamoada moddiy muammolar yo'q bo'lsa kerak. CHunki bosh homiy o'z nomi bilan “O'zbekiston temiryo'llari DATK”.

Bilishimizcha bu yil jamoani Leonid Senkevich boshqargan. Yaqinda bu mutaxassis “Paxtakor” klubida selekciya ishlari bo'yicha faoliyat yurita boshladi. Demak, “Lokomotiv-BFK” rahbariyati yana bosh murabbiy qidiradi. Nomzodlarni tanlashda, qo'pol xatolarga yo'l qo'yilmasligi talab etiladi. Zero, har yili boshqaruv postiga yangi-yangi murabbiy olib kelaverish ham jamoaning natijalariga putur etkazadi.
Jamoa bu yil 22ta o'yin o'tkazdi. Lekin bitta “Oq-tepa”ga qarshi kechgan o'yindan so'ng jamoaga texnik-mag'lubiyat yozildi.

“Lokomotiv-BFK” tarkibida birinchi bosqichda yoshi katta futbolchi Vohid Xolboev bo'ldi. 34 yoshli himoyachi o'z vaqtida oliy ligada ham to'p tepgandi. Birinchi liganing esa ipidan ignasigacha biladigan inson desa ham bo'ladi.
SHuningdek u bilan birga yana bir tajribali himoyachi Rustam Yoraliev ham birinchi bosqichda “Lokomotiv-BFK” sharafini himoya qildi.  

Jamoa tarkibida eng yosh o'yinchi 18 yoshli Vladimir Vaselev bo'ldi.
 
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Jahongir Isoqov

6

(3)

Elyor Mo'ydinov

4

Botir Latipov

4

(4)

Azamat Komiljonov

3

Fotix Vosiqov

3

Hurshid Najimov

3

Sarvar Safarov

2

(1)

Evgeniy Trusov

1

Javlon Egamov

1

Temur Tursunov

1

 
Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

21

Gollar

30

Uyda

19 (63,33%)

Safarda

11 (36,67%)

O'tkazib yuborilgan gollar

38

Uyda

22 (57,89%)

Safarda

16 (42,11%)

O'rtacha urilgan gollar

1,43

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,81

Uydagi ochkolar

10/30 (33,33 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

15/33 (45,45 %)

Eng yirik g'alaba

3:2 - Kosonsoy

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 - NBU-Osiyo

Gol o'tkazmagan o'yinlar

1 (4,76%)

Gol ura olmagan o'yinlar

6 (28,57%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

4

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

2/2

Ogohlantirish (o'rtacha)

53 (2,52)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

5 (0,24) - 3/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

17681/842

 
Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика