So’nggi yangiliklar

13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  0 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  1 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   14 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  17 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  8 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  6 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  8 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  18 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11

Birinchi liga. Kutilgan natijani bermagan “NBU-Osiyo” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Kutilgan natijani bermagan “NBU-Osiyo” haqida

Birinchi liga klublarining statistikasini berishda davom etamiz.
“SHarq” mintaqasi ishtirokchisi Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasidan bu yil muxlislar ko'p narsa kutgandi. Biroq...
Jafar Irismetov boshchiligida mavsumda start olgan “bankirlar” o'z tarkibini mahoratli o'yinchilar bilan to'ldirib olgandi. Yuriy Coy, Ikrom Ibrgaimov, Aleksandr Xvostunov, Abdumajid Toirov, Aleksey Nikolaev, Leonid Koshelev, Timur Ayzatulov, Javodulla Ibragimov, Isroil Ergashev kabi o'z vaqtida oliy liga klublari sharafini himoya qilgan tajribali o'yinchilar bu yil aynan birinchi liga ishtirokchisi “NBU-Osiyo” uchun to'p tepmoqda. Bunday tarkib bilan Toshkent klubini ko'pchilik chempionatda karvonboshchilik qilishini tahmin qilgandi. Biroq “bankirlar” birinchi bosqichda 4-o'rinni egalladi. “NBU-Osiyo”ni bu yil birinchi ligada debyut mavsumini o'tkazayotgan “Obod”ga har ikkala o'yinda ham mag'lub bo'lganini sira tushunmadik.

Ravshan Bozorov boshqaruviga o'tgan “NBU-Osiyo” birinchi bosqichda raqiblari darvozasiga 44ta to'p kiritdi. Jamoa safida eng ko'p gol urgan futbolchi Abdulatif Abduqodirov bo'ldi. Mahoratli hujumchi o'z hisobiga 21ta gol yozdirib qo'yishga erishdi va shu bilan birga Abduqodirov “sharq” mintaqasida to'purarlik qildi.

“Bankirlar” o'z darvozasidan o'tkazib yuborgan gollariga etibor qaratadigan bo'lsak, ular 29ta gol qo'yvorgan. Aytish mumkinki, birinchi bosqichda uch nafar posbon: Yuriy Coy, Mixail Spiridonov hamda Sulaymon Ahmedkarimov navbatma-navbat darvozani qo'riqlagan. 

Kim qancha gol urdi?
Futbolchi   Gol   pen.
Abdulatif Abduqodirov   21   (2)
Aleksandr Lupashko   5   
Andrey Sidorov   4   
Leonid Koshelev   3   
Aleksey Nikolaev   2   
Javlon Guseynov   2   
Temur Ayzatullov   2   
Abdumajid Toirov   1   
Davron Valijonov   1   
Ikrom Ibragimov   1   
Isroil Ergashev   1   

Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar   22
Gollar   44
Uyda   26 (59,09%)
Safarda   18 (40,91%)
O'tkazib yuborilgan gollar   29
Uyda   16 (55,17%)
Safarda   13 (44,83%)
O'rtacha urilgan gollar   2
O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar   1,32
Uydagi ochkolar   20/33 (60,61 %)
Safardagi to'plangan ochkolar   19/33 (57,58 %)
Eng yirik g'alaba   4:0 – “Lokomotiv BFK”
Eng yirik mag'lubiyat   0:2 – “Kosonsoy”, “Ok-tepa”
Gol o'tkazmagan o'yinlar   6 (27,27%)
Gol ura olmagan o'yinlar   4 (18,18%)
Irodali g'alaba   2
Irodali durang   1
Irodasiz mag'lubiyat   2
Irodasiz durang   2
Yirik g'alaba   3
Yirik mag'lubiyat   0
Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)   1/1
Ogohlantirish (o'rtacha)   41 (1,86)
CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK   3 (0,14) - 2/1
Muxlislar (jami/o'rtacha)   9695/441

Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика