So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  3 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  1 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  3 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Birinchi liga. Ko'pchilikni hayratlantirgan “Zomin” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Ko'pchilikni hayratlantirgan “Zomin” haqida

Jizzax viloyatining Zomin tumani jamoasi bu yil ko'pchilikni hayratlantirmoqda.
O'tgan yili hattoki ikkinchi bosqichga ham chiqa olmagan jamoa aftidan yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosalarni chiqarib olgan ko'rinadi. Spartak Murtazoev jamoasining hozircha birorta ham o'yinini ko'rmadik. Lekin natijalar shuni ko'rsatyaptiki, jamoa qisqa vaqt ichida raqiblariga jiddiy tashvish tug'dira olmoqda. Bejizga “Zomin” birinchi bosqichda “G'arb” mintaqasida 2-o'rinni band etmagan. Jamoa o'tkazilgan 22ta o'yindan 13tasini o'z foydasiga hal etib, 4ta bahsda durang qayd etgan. Qolgan 5 uchrashuvda esa raqibiga imkoniyatni boy bergan. Jami 43 ochko bilan “Zomin” keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jamoa tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, asosan yoshlar ekanligini ko'rish mumkin. Aytgancha bu jamoadan Sirojiddin Allaev degan o'yinchi yaqinda SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi yig'iniga taklif etildi.

“Zomin” ortda qolgan birinchi bosqichda o'z hisobiga 36ta gol yozdirib qo'ydi. SHundan 30tasini jamoa o'zi urgan bo'lsa, qolgan 6ta to'p texnik g'alabalar natijasiga ko'ra qo'lga kiritilgan. Jamoa safida eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Doston Nurullaev bo'ldi, 7ta. Darvoqe, o'tgan yili ham “Zomin”da Doston ismli futbolchi to'purarlik mahoratini namoyish etgandi. Biroq Doston Toshmatov bu yil negadir ko'rinish bermayapti. Balki familiyasini o'zgartirganmikin, kim biladi deysiz?

CHalg'imaymiz, zominliklar o'tkazilgan 22ta o'yinda o'z darvozasidan 14ta gol o'tkazib yuborgan.  

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Doston Nurullaev

7

Doniyor Ismoilov

6

(2)

Umid Ernazarov

4

(1)

Bekzod Raximov

2

SHoxrux Kurbonov

2

SHukrullo Jonikulov

2

Umid Abdullaev

2

(2)

Akmal Ergashev

1

Jalol Maripov

1

Nurbek Nuritdinov

1

Sirojiddin Allaev

1

Eldor Karimov

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

O'yinlar

20

Gollar

30

Uyda

20 (66,67%)

Safarda

10 (33,33%)

O'tkazib yuborilgan gollar

14

Uyda

4 (28,57%)

Safarda

10 (71,43%)

O'rtacha urilgan gollar

1,5

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

0,7

Uydagi ochkolar

24/27 (88,89 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

15/33 (45,45 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 – “Mashal-2”, “SHerdor”

Eng yirik mag'lubiyat

0:5 - SHurtan

Gol o'tkazmagan o'yinlar

10 (50%)

Gol ura olmagan o'yinlar

6 (30%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

4

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

48 (2,4)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

3 (0,15) - 1/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

46371/2319



Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика