Birinchi liga hakamlari uchun seminar boshlandi
03 iyu 2016 23:15
Yangiliklar
Birinchi liga hakamlari uchun seminar boshlandi
FIFA instruktori Farhod Abdullaev va FIFA referisi Vladislav Ceytlin boshchilik qilayotgan mazkur seminarda 50 nafarga yaqin hakam ishtirok etmoqda. Seminarning ilk kunida ishtirokchilar ham amaliy ham nazariy imtihon topshirishdi. Amaliy imtihonlar “Yoshlik” stadionida bo'lib o'tdi. Unda hakamlar jismoniy yuklamalar bo'yicha imtihondan o'tishdi. Kuning ikkinchi qismida esa, video lavhalar asosida har bir ishtirokchi 20tadan test topshirdi. Aytish kerak, barcha ishtirokchilar imtihonni ijobiy baholarga topshirdi.
Seminar ertaga ham davom ettiriladi. Rejaga ko'ra, ishtirokchilar kunning birinchi yarmida nazariy bilimlarini boyitib olishsa, tushdan so'ng, maydonda amaliy mashg'ulotlar o'tkazishadi. Seminarning nazariy qismi O'FF majlislar zalida va amaliy qismi esa, suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar