So’nggi yangiliklar

08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  3 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   12 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  15 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 2-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 2-tur statistikasi

9 aprel kuni birinchi liganing “g'arb” mintaqasi ishtirokchilari 2-tur o'yinlarini o'tkazishdi. Odatdagidek turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
O'YINLAR
Ortda qolgan turning 5ta o'yiniga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, unda bir nechta sensacion natijalar qayd etilganini ko'rish mumkin. Bo'lib o'tgan 5ta o'yinning 2tasida mehmonlar zafar quchgan. Bu borada omad “Nasaf-2” va “Lokomotiv-BFK” jamoalariga kulib boqdi.
Etiborlisi ushbu turda durang qayd etilmadi.

Obod (Toshkent) – SHerdor (Samarkand) – 1:0.
Toshkentliklar o'z maydonida o'ynagani bois ham ustunlik ko'proq ular tomonida bo'lgani shubhasiz. Lekin “SHerdor” ham osonlikcha taslim bo'lmadi. Uchrashuvda yagona kiritilgan gol yakunda “Obod” kichik hisobda g'alabasini taminladi. Muhimi uch ochko qo'lga kiritildi.  

Zomin (Zomin) – Mashal-2 (Muborak) – 2:1.
Mazkur uchrashuv avvaliga mehmonlar uchun omadli boshlangandi. Konstantin Boev 6-daqiqadayoq hisobni ochishga erishgandi. Ammo zominliklar oradan hech qancha vaqt o'tmay, javob to'pini kiritdi. Ikkinchi bo'limda esa yana bitta gol urib, yakunda mezbonlar g'olib chiqdi. Muboraklik yoshlar esa g'alabani o'zida saqlab qola bilmadi.

G'ijduvon (G'ijduvon) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:1.
O'tgan turda safarda bir ochko qo'lga kiritgan g'ijduvonliklar 9 aprel oqshomida o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi. “Lokomotiv-BFK” esa aksincha o'tgan gal o'z maydonidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng to'g'ri xulosa chiqarib, bu turda g'alaba nashidasini surdi.  

Alanga (Koson) – Nasaf-2 (Qarshi) – 0:4.
Qashqadaryo derbisida bu safar “Nasaf-2”ning qo'li baland keldi. Yodingizda bo'lsa ushbu jamoalar yaqinda O'zbekiston Kubogi-2015 saralash bosqichida Qarshida to'qnash kelgandi. SHunda penaltilar seriyasida kosonliklar muvaffaqiyat qozongandi. Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” jamoasi chempionatda munosib revansh oldi deyish mumkin.  

Xorazm (Urganch) – Orol (Nukus) – 2:0.
CHempionatni o'z maydonida boshlab, yirik hisobda (9:0) g'alaba qozongan “Orol”dan bu turda ham muxlislar g'alaba kutgandi. Ammo urganchliklar ham ishqibozlari qarshisida ochko yo'qotmaslikka etibor qaratib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

GOLLAR
* 5-turda kiritilgan umumiy gollar soni 11tani tashkil etmoqda.
* Mezbon jamoalar 5ta gol urgan.
* Mehmonlar esa 6ta to'p kiritgan.
* O'yinlarning birinchi taymida 8ta gol kiritildi.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 3ta gol qayd etildi.
* Eng ko'p gol urgan jamoa - “Nasaf-2”. 4ta gol!
* Aksincha o'z darvozasidan eng to'p o'tkazib yuborgan jamoa “Alanga” bo'ldi.
* 2ta penalti! Etiborlisi ularning ikkisi ham bitta o'yinda, bitta jamoa darvoazasi tomon belgilangan. “Nasaf-2” futbolchilari “Alanga” darvozasiga belgilangan penaltidan bittasini aniq amalga oshirgan bo'lsa, ikkinchisi noaniq ko'rinish olgan.  
* Dubl! Bitta uchrashuvda ikkita gol urgan futbolchi ham “Nasaf-2” azosi bo'lgani etiborga molikdir. Najmiddin Normurodov “Alanga” bilan o'yinda o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi. 

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Mazkur turning 5ta o'yinida hakamlar jami 17ta nafar o'yinchini sariq kartochka bilan siyladi.
* Bu har bir bahsga o'rtacha 3,4tadan sariq kartochka demakdir.
* Mezbon jamoa futbolchilaridan 9 nafariga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Qolgan 8ta sariq esa mehmon jamoa futbolchilari tomon ko'rsatilgan.
* O'yinlarning birinchi taymida hakamlar 8 nafar o'yinchini sariq kartochka bilan jazolagan.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 9ta o'yinchi sariq kartochka bilan siylandi.
* Bundan ko'rinib turibdiki, o'yinlarning ikkinchi bo'limi nisbatan qo'polliklarga boy bo'lgan.
* “G'ijduvon” – “Lokomotiv-BFK” bahsida birorta ham futbolchi kartochka olmagani etiborga molikdir.  
* SHuningdek ushbu turda sariq va qizil kartochka olmasdan boshqalarga o'rnak bo'lgan “G'ijduvon”, “Lokomotiv-BFK” jamoalari qatoriga “Nasaf-2”ni ham qo'shish mumkin. Boisi qarshiliklar ham 2-turni tartibli o'tkazib, boshqalarga namuna bo'ldi.
* Aksincha qo'polliklarga boy bo'lgan o'yin deb Urganchda kechgan “Xorazm” – “Orol” bahsini ko'rsatish mumkin.
* Sababi mazkur uchrashuvda bosh hakam o'z cho'ntagidan 7marotaba sariq kartochka chiqarishga qaror qilgan. Mezbonlardan 3 nafar o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, nukusliklarning 4ta o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan.  

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Igor Gormashov mazkur turdagi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar orasida eng yuqori ball olgan referi bo'ldi.
* Nazoratchi: M.SHaripov toshkentlik hakamning ishini 8,1 ballga munosib ko'rdi.
* Aytish lozimki, Gormashov ushbu turda eng ko'p sariq kartochka ko'rsatgan hakam bo'lib tarixda qoladigan bo'ldi.
* Aksincha eng past ball olgan hakam Abdurahim Mo'minov bo'ldi.
* Samarqandlik nazoratchi Elbek Musaev “G'ijduvon” – “Lokomotiv-BFK” bahsini boshqarib borgan hakam Mo'minovning hatti-xarakatlarini 7,8 ball bilan baholadi.
* Etiborlisi qolgan uch nafar referi - Axrol Risqullaev, Baxtiyor Yulcharaev va Komil Rasulov bir xil – 8,0 ball olgan!

Obod (Tashkent) – SHerdor (Samarkand) – 1:0.
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent) – 8,0, F. Dostonov (Jizzax) – 8,2, M. Turdiev (Jizzax) – 8,0, D. Akmalov – 8.
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Zomin (Zomin) – Mashal-2 (Muborak) – 2:1.
Hakamlar:
B. Yulcharaev (Guliston) – 8,0, T. Suyunov (Guliston) – 8,3, SH. Yuldashev (Guliston) – 8,3, SH. Fayziev – 9.
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

G'ijduvon (G'ijduvon) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:1.
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent viloyati) – 7,8, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 8,0, S. Sirazov (Toshkent viloyati) – 8,0, N. Qosimov – 9.
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

Alanga (Koson) – Nasaf-2 (Qarshi) – 0:4.
Hakamlar
: K. Rasulov (Qarshi) – 8,0, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,0, F. Xayrullaev (Buxoro) – 7,8, N. Qosimov – 9.
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

Xorazm (Urganch) – Orol (Nukus) – 2:0.
Hakamlar
: I. Garmashov (Toshkent) – 8,1, A. Kalinin (Qarshi) – 8,0, Z. Eliboev (Qarshi) – 7,5, A. Alimov - 8
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

MUXLISLAR
* 5-turning jami 5ta o'yiniga hammasi bo'lib, 4295ta tomoshabin kirgan.
* Har bahsga o'rtacha 859tadan ishqiboz demakdir.
* Eng ko'p muxlis “Xorazm” – “Orol” bahsiga tashrif buyurgan.
* Aksincha Kosonda bo'lgan “Alanga” – “Nasaf-2” bahsiga esa nisbatan eng kam muxlis qadam ranjida qildi.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Xorazm (Urganch) – Orol (Nukus) – 2:0. 2017 tomoshabin.
G'ijduvon (G'ijduvon) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:1. 1701 tomoshabin. Zomin (Zomin) – Mashal-2 (Muborak) – 2:1. 230 tomoshabin.
Obod (Tashkent) – SHerdor (Samarkand) – 1:0. 189 tomoshabin.
Alanga (Koson) – Nasaf-2 (Qarshi) – 0:4. 158 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Zomin 2 2 0 0 4 - 1 3 6
2 Nasaf-2 2 1 1 0 5 - 1 4 4
3 Xorazm 2 1 1 0 2 - 0 2 4
4 Obod 2 1 1 0 1 - 0 1 4
5 Orol 2 1 0 1 9 - 2 7 3
6 Mashal-2 2 1 0 1 5 - 2 3 3
7 Lokomotiv BFK 2 1 0 1 1 - 2 -1 3
8 G'ijduvon 2 0 1 1 1 - 2 -1 1
9 SHerdor 2 0 0 2 0 - 5 -5 0
10 Alanga 2 0 0 2 0 - 13 -13 0


BUGUN UCHRASHADILAR

Bugun 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. SHubhasiz markaziy uchrashuv deb Nukusda kechadigan “Orol” – “Obod” bahsini aytish mumkin. Mezbonlar o'z muxlislari qarshisida o'ynashini inobatga olsak, “Obod” jamoasiga qiyin bo'lishi tayin.

“SHerdor” – “Zomin” to'qnashuvi ham qiziqarli o'tishi aniq. Qo'shnilarning navbatdagi bahsida kimning qo'li baland keladi? Bu haqda o'yindan so'ng bilib olamiz. Xo'sh, siz 3-tur uchrashuvlaridan qanday natija kutyapsiz?

3-tur. 14 aprel (seshanba)
“Orol” – “Obod”
“Nasaf-2” – “Xorazm”
“Lokomotiv-BFK” – “Alanga”
“Mashal-2” – “G'ijduvon”
“SHerdor” – “Zomin”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика