Birinchi liga. Bugungi o'yinlardan oldin kimning imkoniyati yuqori?
28 avg 2014 16:34
Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlardan oldin kimning imkoniyati yuqori?
Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqichi doirasidagi 4-tur o'yinlari start oladi.
O'yinlardan oldin qaysi jamoalarning imkoniyatlari yuqoriroqligini taxmin qilib ko'ramiz.
“Zomin” – “Xotira 79”
Bu ikkala jamoa ham ikkinchi bosqichni ko'ngildagidek o'tkaza olishmayapti. Bunga bir qancha sabablar bo'lishi mumkin. Lekin uychilik futbolchilar o'tgan turda safarda ochko olishga muvaffaq bo'ldilar. Bu ham ularga dalda bo'lishi mumkin. "Zomin" esa avvalgi turda ikkita o'yinchisi qizil kartochka olganligi bois, bugungi turda maydonga tusha olmaydi. Bu uchrashuv qiziqarli o'tishi kutilyapti.
Imkoniyatlar: 60-40
"Orol" - "Oqtepa"
Nukusdagi uchrashuvga qiziqish juda yuqori. "Orol" avvalgi turda durang natija qayd etgandi. Bu turda muhlislariga g'alaba tortiq etishga harakat qilsa ajab emas. Raqib ham anoyi jamoalardan emas. "Oqtepa" ham bu turda natija uchun maydonga tushadi. Toshkentliklarni jiddiy sinov kutib turibdi deb bemalol ayta olamiz.
Imkoniyatlar: 50-50
"Xorazm" – “NBU Osiyo"
Bu uchrashuv ham ko'pchilik muhlislarni qiziqishlariga sabab bo'lishi mumkin. CHunki ikkala jamoa ham teng kuchli deb bemalol ayta olamiz. Birinchi liga jamoalari o'z uylarida safardagiga qaraganda ishonchli o'yin namoyish etishlarini hisobga olib aytadigan bo'lsak, "Xorazm" bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. Ular uchun g'alabalar juda kerak. Toshkentliklar ham tajribali o'yinchilari evaziga natija ko'rsata olishadi deb o'ylayman.
Imkoniyatlar: 50-50
"SHo'rtan" - "Qo'qon-1912"
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvi G'uzorda bo'lib o'tadi. U erdagi o'yingoh chiroyli o'yinlarni sog'inib qolgan bo'lsa kerak. Stadion muxlislar bilan to'lsa kerak deb o'ylayman. CHiroyli, shiddatli bahslarga boy kechadigan uchrashuv hech kimning etiboridan chetda qolmaydi deb o'ylayman.
Imkoniyatlar: 60-40
"Mashal2" - "Obod"
Bu jamoalar o'rtasidagi bahs ham boshqa uchrashuvlarnikidan farq qilmaydi. SHiddatni va qiziqarlilikni bemalol taqdim etib bera oladi. Yoshlardan iborat jamoaga qarshi bahsda toshkentliklarga oson bo'lmasligi aniq.

Fikrlar