So’nggi yangiliklar

02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Birinchi liga. Bugundan ikkinchi bosqichga start beriladi Yangiliklar

Birinchi liga. Bugundan ikkinchi bosqichga start beriladi

Birinchi liga klublari malum muddatli tanaffusdan so'ng ikkinchi bosqich o'yinlarini boshlaydi.

Endi 16ta jamoa kurashga kirishadi. Bugun 1-turdan o'rin olgan 5ta o'yin bo'lib o'tadi. Quyida bo'lajak bahslar haqida to'xtalib o'tamiz.

“UzDongJu” – “Orol”. Imkoniyatlar 60X40
Hakamlar:
R. Lutfulin (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), F. Yormuhammedov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
Andijonliklar har qanday xolatda o'z maydonida g'alaba qozonishga urinadi. Qolaversa ushbu ikki jamoadagi sharoit va tayyorgarlik bir-biridan anchagina farq qiladi. SHuning evaziga ham “bo'yoqchilar”ning ustunligini tahmin qilish mumkin. Nematulla Qutiboev boshqaruvidagi “Orol” haminqadar ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rishga intildi. Jamoa ustozi bilan suhbatlashganimizda, tarkibda aytarli jiddiy o'zgarish qilinmaganini takidlab o'tdi. Bu jamoa o'tgan yili Andijonga tashrif buyurganida “UzDongJu”ga jiddiy tashvish tug'dira olgandi. Ko'ramiz bu safar nukusliklar qanday o'yin ko'rsatar ekan.

“Yozyovon-Lochinlari” – “Nasaf-2”. Imkoniyatlar 60X40
Hakamlar:
D. Muxtorov (Toshkent), S. Nishonboev (Toshkent), O. Umarov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Bu yil ligada debyut mavsumi bo'lishiga qaramay, asosan mahalliy o'yinchilar hisobiga kurashchan jamoa sifatida shakllanib borayotgan “Yozyovon-Lochinlari”da yaqinda kutilmaganda istefo yuz berdi. Bungacha “drijyorlik” vazifasini o'tab kelgan Abdusamad Do'rmonovni ishdan ketishini ochig'i kutmagandik. Aytishlaricha endilikda jamoani Islombek Ismoilov boshqarib boradi. Mahalliy yosh mutaxassis uchun tayyorgarlik o'zi istaganidek o'tmagan bo'lishi tayin. Boisi Ismoilov jamoani yaqindagina qabul qilib oldi. “Nasaf-2”ni esa taniqli sobiq futbolchi Nurali Sultonov boshqarib borayotganini etirof etish joizdir. Asosan akademiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan ushbu jamoaning asosiy maqsadi bosh klubga munosib o'yinchilarni tayyorlab, etkazib berishdir. SHu bois “Nasaf-2” natijadan ketidan quvmaydi. Bugun Yozyovonda mehmonlarga oson bo'lmasligi turgan gap.

“Cementchi” – “Lokomotiv-BFK”. Imkoniyatlar 70X30
Hakamlar:
B. Yulcharev (Guliston), F. Do'smatov (Guliston), T. Suyunov (Guliston)
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

Bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana birinchi ligaga qaytgan Quvasoyning “Cementchi” bu yil muxlis va mutaxassislarda iliq taassurot qoldirmoqda. Ikkinchi bosqichda ham bu jamoa hali raqiblariga jiddiy bosh og'riq bo'lsa ajab emas. Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi haqidagi yangiliklar haqida ochig'i, ko'p ham malumotga ega emasmiz. Aytishlaricha birinchi bosqichda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan Ilhom Suyunov tark etgan. Tajribali futbolchi katta extimol bilan “Andijon”ning ro'yxatidan o'tkazilgan. Ammo 32 yoshli himoyachi shunga qaramay hozircha “burgutlar” safiga kelib qo'shilgani yo'q. SHuningdek chap qanot yarim himoyachisi Isroil Ershaev ham “Xotira-79” jamoasiga ketgan. Bugungi bahsda bizningcha mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. Lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

“Xotira-79” – “Zomin”. Imkoniyatlar 50X50
Hakamlar:
O. To'ychiboev (Toshkent), SH. Mirjalolov (Toshkent), Z. Erkinov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Uychiliklar ikkinchi bosqichga boshqa klublar singari o'z imkoniyatidan kelib chiqqan xolda, tayyorgarlik ko'rdi. Tarkibda sezilarli o'zgarishlar yuz berdi.
Jamoa muxlislariga shuni malum qilamizki, bugun “Zomin”ga qarshi kechadigan bahs Namangan shahridagi “Bakamol avlod” stadionida o'tadi. Boisi Uychidagi “Paxtakor” stadioni qayta tamirdan chiqarilmoqda. Aytishlaricha “Xotira-79” o'z maydonida katta extimol bilan ikkinchi davradan o'ynay olishi mumkin. Bugungi uchrashuvda jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini teng baholashga qaror qildik. CHunki “Zomin”dan ham har narsa kutish mumkin.

“Kosonsoy” – “Obod”. Imkoniyatlar 50X50
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), I. Abdulakov (Toshkent vil.), I. Zoitov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Kosonsoyliklar o'z maydonida osonlikcha ochko ulashadigan jamoalardan emas. Mehmon Solixo'jaev boshqaruvidagi jamoaning birinchi bosqichdagi ishtirokini ijobiy baholash mumkin. Lekin aytishlaricha “Kosonsoy”ning PFLdan qarzdorligi mavjud. Uning bugungi raqibi “Obod”da esa aksincha. Hammasi ko'ngildagidek deyish mumkin. Xayrullo Abdiev va Farhod Safarov boshqaruvidagi Toshkent jamoasi o'z tarkibini etarlicha ijrochilar bilan kuchaytirib oldi. Bugun “Obod” safardan ochko olib qaytishi ham mumkin. Biroq vodiyda hech bir klubga oson bo'lmasligini ham takidlash joiz.

13 avgust (payshanba)
“Oq-tepa” – “Xorazm”
“NBU-Osiyo” – “Mashal-2”
14 avgust juma
“Paxtakor-2” – “G'ijduvon”


Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика