So’nggi yangiliklar

17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  1 17:32Про-лига. "Дўстлик" - "Олимпик Mobiuz". Асосий таркиблар маълум  0 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  9 16:44"Реал" бугун "Барселона"дан ўтиб кетиши ва навбатдаги рекордларни ўрнатиши мумкин  6 16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  16 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  7 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  11 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  7 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  13 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  9 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  8 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  12 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  12

Birinchi liga. Bo'lajak uchrashuvlarda kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bo'lajak uchrashuvlarda kimda imkoniyat qanday?

Teglar :  Birinchi liga
13 aprel kuni “NBU-Osiyo” – “Paxtakor-2” (2:1) uchrashuvi bilan 3-tur o'yinlari start olgandi.

Endi 17-18 aprel kunlari qolgan o'yinlar bo'lib o'tadi. Xo'sh, bo'lajak uchrashuvlar oldidan kimda imkoniyat qanday? Quyida shu haqda fikr yuritamiz.  

“Kosonsoy” – “Yozyovon-Lochinlari”. Imkoniyatlar 60x40
Kosonsoyliklar chempionatdagi dastlabki ikki mag'lubiyatdan so'ng bu safar o'z uyida muxlislarini quvontirish uchun astoydil xarakat qilishi turgan gap. “Yozyovon-Lochinlari” ham imkon qadar safardan quruq qo'l bilan qaytmaslikka urinishi turgan gap. Lekin mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyat yuqoridek ko'rinmoqda. Boz ustiga o'tgan yili ushbu jamoalarning Kosonsoyda kechgan bahsida Mehmon Solixo'jaev jamoasi 5:1 hisobida zafar quchgan. Agarda Yozyovonliklar bu safar g'alaba bilan qaytishsa, u xolda shubhasiz turning sensacion natijasi bo'lishi aniq.

“Xotira-79” – “Cementchi”. Imkoniyatlar 45x55
Mazkur uchrashuv qiziqarli va shiddatga boy tarzda o'tishi kutilmoqda. Rustam Do'rmonov boshqaruvidagi “Xotira-79” o'z uyida osonlikcha ochko ulashmaslikka urinishi aniq. Ammo “Cementchi” tajriba borasida raqibidan ustunroqdek. Boz ustiga quvasoyliklar ayni damda juda yaxshi kayfiyatda. Boisi chempionatning ikki turida ham g'alaba qozongan Abdumalik Hakimov shogirdlari shubhasiz Uychiga ham uch ochko olish maqsadida borishi aniq. Lekin o'tgan yili “Xotira-79” o'z uyida quvasoyliklar ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonganini ham aytib o'tish lozim.

“Zomin” – “UzDongJu”. Imkoniyatlar 50x50
SHubhasiz turning markaziy uchrashuvidir. Avval xabar berganimizdek, o'yin Yangierdagi stadionda kechadi. SHu bois g'alabaga bo'lgan imkoniyatni teng baholadik. Zominliklar safarda o'tgan ikki bahsda 3 ochko jamg'ardi. “UzDongJu” esa hozircha yuz foizlik natija bilan ketmoqda. Yodingizdami, o'tgan yili Zominda kechgan uchrashuvda mezbonlarning 4:1 hisobida muvaffaqiyat qozongani? Ammo bu yil har ikki jamoa tarkibida ham o'ziga yarasha o'zgarishlar yuz berdi. Qolaversa uchrashuv ham boshqa stadionda o'tadi. Ko'ramiz bu safar kimning ko'chasida bayram bo'larkin.

“Dinamo” – “Norin”. Imkoniyatlar 60x40
O'tgan mavsum oliy liga ishtirokchisi bo'lgan “Dinamo” joriy yil chempionatda muxlislari kutganichalik start olmadi. Balki Ilhom SHaripov o'zi istaganchalik jamoa tuza olmagandir. Avvaliga “Cementchi”ga imkoniyatni boy berib, keyinchalik “Yozyovon-Lochinlari” bilan nursiz durang qayd etgan samarqandliklar tarkibida o'z vaqtida oliy ligada xarakat qilgan futbolchilar jamlangan bo'lsada, hamon ular bir-birlarini tushunishi qiyin kechayotgandek go'yo. O'z vaqtida “Dinamo”da futbolchi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ravshan Bozorov sobiq jamoasiga qarshi qanday taktika ishlab chiqqanini o'yin ko'rsatib beradi.   

“Mashal-2” – “Orol”. Imkoniyatlar 45x55
Mazkur uchrashuvda mehmonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqoriroq baholadik. Boisi “Orol” o'tgan turda yirik hisobda g'alaba qozongan va ularning kayfiyati yuqori. “Mashal-2” futbolchilari ham dastlabki o'yinda yomon taassurot qoldirmadi. Lekin nukusliklar tajriba borasida ham yutib ketishi mumkin. O'tgan yili Muborakda kechgan uchrashuvda “Orol” 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

“Nasaf-2” – “Xorazm”. Imkoniyatlar 60x40
Qarshiliklarga oson bo'lmasligi turgan gap. Ammo ularning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. Nurali Sultonov shogirdlari o'tgan turda “UzDongJu”ga ham jiddiy qarshilik ko'rsatgandi. Agarda bugun ham o'sha o'yinni namoyish eta olishsa, “Xorazm” mag'lub etilishi mumkin. Lekin urganchliklar ham safardan kamida bir ochko bilan qaytishga xarakat qilishi aniq. Ushbu jamoalarning o'tgan mavsumda Qarshidagi to'qnashuvida mezbonlar yirik – 4:0 hisobida zafar quchgan.  

18 aprel (dushanba)
“Lokomotiv-BFK” – “Nurafshon”. Imkoniyatlar 50x50
Ushbu bahs ham qiziqarli o'tishi kutilmoqda. O'tgan turda “Oq-tepa”ni mag'lub etgan “Lokomotiv-BFK” endi bu safar yana bir favorit bilan to'qnash keladi. Vohid Xolboev boshqaruvidagi “temiryo'lchilar”katta extimol bilan o'z maydonida yutqazmaydi. CHunki bu yil ular o'z tarkibiga oliy ligada o'ynagan futbolchilarni qo'shib oldi. SHerzod SHaripov, SHavkat Raimqulov shular jumlasidandir. Ammo “Nurafshon” ham bu borada raqibidan sira qolishmaydi. Qisqasi qiziqarli va jangavor o'yin bo'ladi. SHuni aytib o'tish lozimki, ushbu jamoalar tarixda ilk bor to'qnash kelmoqda.   

“Oq-tepa” – “G'ijduvon”. Imkoniyatlar 70x30
Etibor bering 3-turda “Oq-tepa”ning imkoniyatini boshqalarnikiga nisbatan biroz yuqori baholadik. CHunki haqiqatdan ham mazkur uchrashuvda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori. Tarkibida etarlicha tajribali o'yinchilarga ega bo'lgan toshkentliklar katta extimol bilan chempionatdagi ilk g'alabasini aynan “G'ijduvon” bilan bahsda qo'lga kiritadi. SHerzod Sattorov boshqaruvidagi g'ijduvonliklarni kamsitmoqchi emasmiz. Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, bu uchrashuvda mezbonlarning imkoniyati yuqori. Extimol mehmon jamoa futbolchilari ushbu tahminlarimizni yo'qqa chiqarish uchun astoydil xarakat qilib, sensaciya qayd etar. Albatta buni vaqt ko'rsatadi. Aytish kerakki, o'tgan yili “Oq-tepa” o'z uyida “G'ijduvon” darvozasiga javobsiz 7 (!)ta to'p kiritgandi.  

Islombek Rustambekov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика