So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Birinchi liga. “Andijon” mavsumni qanday o'tkazgani raqamlarda Yangiliklar

Birinchi liga. “Andijon” mavsumni qanday o'tkazgani raqamlarda

Teglar :  Andijon
O'zbekiston birinchi liga chempionati ham yaqinda poyoniga etdi.

Endi mavsumni sarhisob qilish payti keldi. Joriy mavsum kuchlilar safiga chiqish uchun astoydil kurash olib borgan andijonliklar yakunda 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

“Burgutlar” avvaliga bosh murabbiy Vitaliy Legay boshchiligida mavsumni boshlab, mavsum o'rtasiga kelib uning o'rniga Usmon Toshevni olib kelishni lozim topdi. Vitaliy Aleksandrovich davrida “Andijon” 14ta o'yin o'tkazib, jami 28 ochko jamg'ardi. Usmon Toshev qo'li ostidagi jamoa esa 20ta uchrashuvda maydonga tushib, umumiy hisobda 44 ochko qo'lga kiritdi.

Quyidagi jadval orqali jamoaning umumiy statistikasi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.


O'yinlar

34

Umumiy gollar

73

Uyda

45 (61,64%)

Safarda

28 (38,36%)

O'tkazib yuborilgan gollar

32

Uyda

14 (43,75%)

Safarda

18 (56,25%)

Urilgan o'rtacha gollar

2,15

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

0,94

Uydagi ochkolar

40/51 (78,43 %)

Safardagi ochkolar

32/51 (62,75 %)

Eng yirik g'alaba

5:0 – “Xotira-79”

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – “Cementchi”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

13 (38,24%)

Golsiz o'yinlar

3 (8,82%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

5

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

4

Yirik g'alaba

9

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

69 (2,03)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK

6 (0,18) - 5/1

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

58136/1710

Muxlislar tashrifi borasida “Andijon” etakchi

Bu yilgi birinchi liga o'yinlarida tomoshabinlar tashrifi borasida “Andijon” etakchilik qildi. Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, “burgutlar” o'tkazgan 34ta o'yinida jami 58136 nafar tomoshabin yig'gan. Har bir bahsga o'rtacha 1710ta tomoshabin demakdir. Boshqa klublarga nisbatan uyda va safardagi bahslarda eng ko'p tomoshabin yig'gan jamoa “Andijon” ekanligini ko'rish mumkin.


Kim nechta gol urdi?

Andijonliklar joriy yilgi chempionatda raqiblari darvozasiga jami 73ta to'p kiritgan. Har bir uchrashuvga o'rtacha 2tadan gol demakdir.

Jamoa to'purari SHahboz Jumaboev bo'ldi. 25 yoshli futbolchi o'z aktiviga 15ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Bundan tashqari Alisher Abduvohidov va Anvar Berdiev 10tadan to'p kiritib, kuchli uchlikni yakunlab berdi.

SHuningdek “burgutlar” 34ta o'yinda o'z darvozasidan 32ta gol o'tkazib yubordi. Malumot uchun bu yil “Andijon” darvozasini, Abdukarim Muhamedov, Lochin Dolimov, Barakatillo Isroilov, Akmal Ortiqov va Eldor Isaboev singari posbonlar qo'riqlab bordi.


Futbolchi

Gol

Pen.

SHahboz Jumaboev

15

(3)

Alisher Abduvohidov

10

Anvar Berdiev

10

Firdavs Asadov

9

(1)

Akmal Xolmatov

5

Farruh SHotursunov

4

(1)

Qahramon Maxamadjonov

3

Siroj Hamroev

3

(1)

Baxtiyor Qosimov

2

Ibrohim Otaxonov

2

Muhammadyusuf Abdumajidov

2

Oybek Nurmatov

2

Sobir Hamidov

2

Sanjar Asqaraliev

1

Furkat Hasanboev

1

Hamza Karimov

1

SHahzod Karimov

1

(1)

Islombek Rustambekov tayyorladi. 


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика