So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

Birinchi liga. 9-tur oldidan taxminingiz qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 9-tur oldidan taxminingiz qanday?

Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, ikkinchi davra o'yinlariga start beriladi.
Taqvimga ko'ra 6ta bugun bo'lib o'tsa, qolgan ikki o'yin juma kuni o'tkaziladi.

Xo'sh, bo'lajak bahslar oldidan kimning imkoniyatini qanday baholaysiz?

16:00. “Istiqlol” – “Orol”. 40x60.
Yodingizda bo'lsa, bu jamoalarning birinchi davradagi bahsi o'tkazilmadi. Yani “Orol”ga texnik g'alaba yozilgandi. Bugun ertalab nukusliklar ustozi Nematulla Qutiboev bilan suhbatlashganimda, jamoasi Toshkentda ekanligini va faqat g'alaba uchun maydonga chiqishlarini aytib o'tdi. Mazkur uchrashuvdashaxsan menga  ko'proq mehmonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq ko'rinmoqda. Darhaqiqat, bu yil “Orol”ning o'yinida o'sish ko'zga tashlanganiga guvoh bo'lyapman.
   
16:00. “Paxtakor-2” – “Xorazm” 60x40.
Bugun katta extimol bilan maydon egalari g'alaba qozonadi. “Paxtakor-2” bosh murabbiyligiga No'mon Hasanov kelgach, negadir jamoaning ishlari unchalik yurishmay qolgandek. Extimol omadsizlikka bugungi o'yina chek qo'yilar. Urganchliklar ham safardan quruq qo'l bilan qaytmaslikka urinishi aniq. Jamoalarning dastlabki to'qnashuvida “Xorazm” 2:0 hisobida zafar quchgandi.

16:00. “UzDongJu” – “Mashal-2” 70x30.
Andijonda qiziqarli o'yin bo'lishiga umid qilamiz. Har ikkala jamoa tarkibi ham mahalliy yoshlardan tashkil topgan. Muborakdagi bahsda mezbonlar arang g'alaba qozongandi. Bugun andijonliklar o'z muxlislari qarshisida o'tgan turdagi mag'lubiyat uchun revansh olsa ajab emas. SHaxsan o'zim mazkur uchrashuvni stadionga borib bevosita kuzataman.

16:00. “Xotira-79” – “SHo'rtan”. 30x70.
Uychida mezbonlarga yana qiyin bo'ladi. Ochig'ini aytganda, turnir peshqadami “SHo'rtan” raqibidan har jihatdan kuchli. Bugun tribuna to'lishi aniq. CHunki mahalliy muxlislar “SHo'rtan” bilan o'yinni o'tkazib yuborishni istamasligi turgan gap. Uychilik muxlislar uchun qanchalik achchiq bo'lmasin g'alabga bo'lgan imkoniyat “SHo'rtan”da yuqori. Aytish lozimki, “Xotira-79” ikkinchi bosqichda biror marotaba ham g'alaba qozonmay kelmoqda.  
   
16:00. “Obod” – “G'allakor-Avtomobilchi”. 80x20.
Liga debyutanti “Obod”ning parvozi hozircha nisbatan yuqori bo'lmoqda. Toshkent jamoasi birinchi mavsumidayoq etakchilar orasiga qo'shilib keta oldi. Xayrulla Abdiev jamoasi bugungi raqibini o'z maydonida osonlikcha taslim eta olsa kerak degan tahminim bor. CHunki g'allorolliklar safarda juda bo'sh o'yin ko'rsatmoqda. Oldingi natijalar buni isbotlab turibdi. Qolaersa “G'allakor-A” ikkinchi bosqichda hozirgacha g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
 
16:30. “Qo'qon-1912” – “Zomin” 70x30.
Bugungi o'yinlarning eng kech boshlanadigani. Tabiiyki qo'qonlik muxlislar bugun sevimli jamoasidan g'alaba kutmoqda. Lekin Rustam Abdullaev boshqaruvidagi jamoaga oson bo'lmasligi aniq. CHunki “Zomin” safarda yaxshi natija ko'rsatib kelmoqda. O'z uyingda devorlar ham yordam beradigan degan gapni ham unutmaylik.
 
26 sentyabr (juma)
16:00. “NBU-Osiyo” – “SHerdor” 70x30.
16:30. “Oq-tepa” – “Alanga” 80x20.

Juma kuni bo'ladigan mazkur o'yinlarning har ikkisiga ham bitta taxmin yozaman. Bu uchrashuvlarda mezbonlar uch ochkoni qo'lga kiritadi!

Bu shunchaki mening taxminlarim edi. Qolganini o'yindan keyin bilib olamiz. Salomat bo'ling!
 

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика