Birinchi liga. 7-tur statistikasi
17 sen 2014 15:42
Yangiliklar

Birinchi liga. 7-tur statistikasi
Yakshanba va dushanba kunlari ikkinchi bosqichning 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi turga start beriladi. Odatdagidek, bo'lib o'tgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“OROL”NING YIRIK G'ALABASI YOXUD “UZDONGJU”NING MAG'LUBIYATSIZ SERIYASIGA CHEK QO'YILDI
7-turda nukusliklarning quvonchi cheksiz bo'ldi. Boisi “Orol” o'z maydonida “Paxtakor-2”ni qabul qilib, yirik 7:0 hisobida zafar quchdi. Bu esa mahalliy ishqibozlarga olam-olam quvonch taqdim etgani shubhasizdir.
Ikkinchi bosqichning dastlabki 6 o'yinida mag'lub bo'lmagan “UzDongJu” 7-turga kelib, mag'lubiyatsiz yurishini to'xtatdi. Turnir peshqadami “SHo'rtan” mehmoni bo'lgan andijonliklar 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Kosonning “Alanga” jamoasi esa kutilmaganda o'z maydonida “NBU-Osiyo”dan mag'lubiyatga uchradi.
Debyutant “Obod” esa “Zomin”ni safarda mag'lub etib qaytdi.
Uychining “Xotira-79” jamoasi esa Muborakda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi va shu tariqa quruq qo'l bilan qaytishga majbur bo'ldi.
Avvalgi ikki turda o'z darvozasidan 7tadan to'p o'tkazib yuborib, ko'pchilikni ajablantirgan “G'allakor-Avtomobilchi” bu safar o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni qabul qildi va jiddiy qarshilik ko'rsatdi.
14 sentyabr (yakshanba)
“SHerdor” – “Oq-tepa” 0:0.
“Alanga” – “NBU-Osiyo” 1:2.
15 sentyabr (dushanba)
“Xorazm” – “Istiqlol” 2:2.
“Orol” – “Paxtakor-2” 7:0.
“SHo'rtan” – “UzDongJu” 3:1.
“Mashal-2” – “Xotira-79” 2:1.
“Zomin” – “Obod” 0:1.
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Qo'qon-1912” 2:3.
GOLLAR
* 7-turda urilgan jami gollari soni 27tani tashkil etdi.
* Bu har bir o'yinga o'rtacha 3,375dan gol demakdir.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 15ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi taymda esa muxlislar yana 12ta golga guvoh bo'ldi.
* Kiritilgan umumiy gollardan 17tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan.
* Qolgan 10ta to'pni esa mehmonlar kiritgan.
* Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa “Orol” bo'ldi, 7ta!
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa “Paxtakor-2” bo'ldi.
* SHuningdek mazkur turda “SHerdor”, “Oq-tepa”, “Orol”, “Obod” jamoalari o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
* Turning eng tezkor goli 5-daqiqaga to'g'ri keldi. “SHo'rtan” futbolchisi Elyor Intizomov aynan ushbu daqiqada “UzDongJu” darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 89-daqiqada urilgan. “Mashal-2” azosi Sanjar Ahmedov ushbu daqiqada “Xotira-79” darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga muhim uch ochkoni keltirdi.
* Turning bitta o'yinida gol kuzatilmadi. Yani “SHerdor” – “Oq-tepa” bahsida nursiz durang qayd etilgan.
* 7-turning bitta uchrashuvida penalti belgilangan. “G'allakor-Avtomobilchi” azosi Abdurasul Abdug'aniev ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, “Qo'qon-1912” darvozasini ishg'ol etgan.
* SHuningdek mazkur turda bitta avtogol ham kuzatildi. “Paxtakor-2” o'yinchisi Viktor Grigorev “Orol” bilan o'yinda o'z darvozasiga kutilmaganda to'p kiritib yuborgan.
* Etiborlisi shundan so'ng nukusliklarning ishtaxasi ochilib ketgan va yana 6ta gol urilgan.
* Bitta o'yinda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'ygan futbolchilar soni 3tani tashkil etdi.
* Bahodir Akramov (“Qo'qon-1912”), Elyor Intizomov (“SHo'rtan”) hamda Sanjar Ahmedov (“Mashal-2”) ushbu turda dubl qayd etdi.
* Xet-trikka erishgan futbolchi Navro'zbek Haipov bo'ldi. “Orol”ning to'purar hujumchisi dushanba kuni “Paxtakor-2”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga 3ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.
* Ajab emas Haipovni kelasi mavsum oliy ligada uchratib qolsak.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 7-turning bo'lib o'tgan 8ta o'yinida jami 31 nafar futbolchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
* Har bir o'yinga o'rtacha 3,875tadan ogohlantirish demakdir.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 16ta sariq kartochka kuzatildi.
* Ikkinchi taymda esa hakamlar yana 15ta futbolchi ogohlantirilgan.
* Sariq kartochkalarning 13tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan.
* Qolgan 18ta sariq kartochka esa mehmonlar tomon ko'rsatilgan.
* Mazkur turda eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa “Xotira-79” bo'ldi, 4ta!
* Aksincha “Orol” bu borada boshqalarga namuna ko'rsatdi. Nukusliklar bu turda birorta ham sariq kartochka olmagan.
* Turning eng qo'pol o'yini ham “Mashal-2” – “Xotira-79” (2:1) bahsi bo'ldi. Bosh hakam Dilshod Karimov shu kuni jami 6 nafar o'yinchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* SHuningdek 7-turda 2 nafar o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatildi. Avvaliga “SHerdor” bilan bahsdan so'ng “Oq-tepa” azosi Sergey Rekun chetlatilgan bo'lsa, ertasi kuni “Istiqlol” hujumchisi SHoxruz Norxonov ketma-ket ikki bor sariq kartochka olib, maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi.
* Mazkur futbolchilar endi navbatdagi turda jamoasiga yordam bera olmaydi.
MUXLISLAR
* 7-tur o'yinlariga jami 6687 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 835tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz Nukusda qayd etildi. “Orol” – “Paxtakor-2” bahsini stadionda 2135ta muxlis bevosita kuzatib borgani o'yin qaydnomasida yozib ko'rsatilgan.
* Bu borada aksincha natija qayd etgan o'yin “SHerdor” – “Oq-tepa” bo'ldi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
SHerdor – Oq-tepa – 0:0. 78 tomoshabin.
Alanga – NBU-Osiyo – 1:2. 152 tomoshabin.
Xorazm – Istiqlol – 2:2. 357 tomoshabin.
Orol – Paxtakor-2 – 7:0. 2135 tomoshabin.
SHo'rtan – UzDongJu – 3:1. 825 tomoshabin.
Mashal-2 – Xotira-79 – 2:1. 163 tomoshabin.
Zomin – Obod – 0:1. 1855 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Qo'qon-1912 – 2:3. 1122 tomoshabin.
TURNIR JADVALI
8-TURDA UCHRASHADILAR
17 sentyabr (chorshanba)
“Alanga” – “Oq-tepa”
“SHerdor” – “NBU-Osiyo”
18 sentyabr (payshanba)
“Orol” – “Istiqlol”
“Xorazm” – “Paxtakor-2”
“Mashal-2” – “UzDongJu”
“SHo'rtan” – “Xotira-79”
“G'allakor-Avtomobilchi – “Obod”
“Zomin” – “Qo'qon-1912”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | SHo'rtan | 21 | 18 | 1 | 2 | 65 - 11 | 54 | 55 |
2 | Qo'qon-1912 | 21 | 15 | 2 | 4 | 46 - 21 | 25 | 47 |
3 | Oq-tepa | 21 | 12 | 4 | 5 | 45 - 30 | 15 | 40 |
4 | Obod | 21 | 12 | 2 | 7 | 35 - 26 | 9 | 38 |
5 | UzDongJu | 21 | 11 | 1 | 9 | 31 - 28 | 3 | 34 |
6 | NBU-Osiyo | 21 | 10 | 4 | 7 | 40 - 32 | 8 | 34 |
7 | Mashal-2 | 21 | 9 | 3 | 9 | 17 - 29 | -12 | 30 |
8 | Zomin | 21 | 8 | 6 | 7 | 30 - 23 | 7 | 30 |
9 | Orol | 21 | 8 | 4 | 9 | 26 - 23 | 3 | 28 |
10 | Paxtakor-2 | 21 | 7 | 4 | 10 | 37 - 46 | -9 | 25 |
11 | Alanga | 21 | 7 | 4 | 10 | 27 - 37 | -10 | 25 |
12 | Xorazm | 21 | 6 | 7 | 8 | 26 - 31 | -5 | 25 |
13 | Xotira-79 | 21 | 5 | 5 | 11 | 26 - 37 | -11 | 20 |
14 | SHerdor | 21 | 5 | 5 | 11 | 13 - 36 | -23 | 20 |
15 | Istiqlol | 21 | 6 | 1 | 14 | 44 - 56 | -12 | 19 |
16 | G'allakor Avtomobilchi | 21 | 1 | 3 | 17 | 22 - 64 | -42 | 6 |
8-TURDA UCHRASHADILAR
17 sentyabr (chorshanba)
“Alanga” – “Oq-tepa”
“SHerdor” – “NBU-Osiyo”
18 sentyabr (payshanba)
“Orol” – “Istiqlol”
“Xorazm” – “Paxtakor-2”
“Mashal-2” – “UzDongJu”
“SHo'rtan” – “Xotira-79”
“G'allakor-Avtomobilchi – “Obod”
“Zomin” – “Qo'qon-1912”
Islombek Rustambekov tayyorladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar