So’nggi yangiliklar

00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция - Бельгия  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  1 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  6 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  10 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  14 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  3

Birinchi liga. 6-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 6-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga6-tur
28-29-30 aprel kunlari birinchi liganing 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, yakuniga etgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

O'YINLAR
* Ushbu turda Buxoroning ikki jamoasi “Nurafshon” bilan “G'ijduvon” dam olganini aytib o'tish kerak.  
* 6-turda jami 8ta o'yin bo'lib o'tdi.
* 5ta uchrashuvda mezbon jamoalar g'alaba qozongan.
* Safarda g'alaba qozongan jamoa esa “Dinamo” bilan “Zomin” bo'ldi.
* Toshkentda kechgan “Paxtakor-2” – “Mashal-2” bahsida esa durang qayd etilgan.
* Turning sensacion natijasi Yozyovonda qayd etildi. Bu bilan mezbonlarning g'alabasiga ajablanayotganimiz yo'q, shunchaki “Oq-tepa”ni 3:1 hisobida etganiga qoyil qoldik. Har yili kuchlilar safiga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib kelgan “Oq-tepa” negadir bu yil tarkibini kuchaytirishga erishgan bo'lsada, sira o'ziga o'hshamayapti.  
* Ushbu turda eng yirik hisobda g'alaba qozongan jamoa “Cementchi” bo'ldi.


Yozyovon-Lochinlari  – Oq-tepa  – 3:1.
Cementchi – Lokomotiv-BFK  – 5:1.
UzDongJu – Xotira-79 – 2:1.
Norin – Kosonsoy – 1:0.
Orol – Dinamo – 2:3.
Xorazm – Zomin – 0:1.
NBU-Osiyo – Nasaf-2 – 1:0.
Paxtakor-2 – Mashal-2 – 1:1.

DUBL, AVTOGOL, PENALTI
* 8ta o'yinda jami 23ta gol qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 2,875 tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 15tani tashkil etdi.
* Qolgan 8ta to'p mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Cementchi” jamoasi bo'ldi. 5ta!
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa esa “Lokomotiv-BFK” bo'ldi.
* “Norin”, “Zomin” hamda ”NBU-Osiyo” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 9ta bo'ldi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik ortdi va yana 14ta gol qayd etildi.
* Eng tezkor goli “Cementchi” – “Lokomotiv-BFK” (5:1) uchrashuvida qayd etildi. 11-daqiqada “temiryo'lchilar” azosi SHukurjon Mo'minov kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.
* Aksincha eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol “UzDongJu” – “Xotira-79” (2:1) bahsida yuz berdi. Mezbonlar hujumchisi Islom Karimov 90+6-daqiqada (!) uychiliklar darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi va shu tariqa jamoasiga uch ochko keltirdi.
* 1ta dubl! “Yozyovon-Lochinlari” sardori Zohid Ismoilov jamoasining “Oq-tepa”ga qarshi o'tkazgan o'yinida ikkita to'p kiritib, g'alabaga katta hissa qo'shdi.
* 4ta penalti! Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.

Anvar Rahimov (“Oq-tepa”)   
Omad Toyloqov (“Dinamo”)   
Sanjar Ahmedov (“Mashal-2”)
Andrey Sidorov (“Paxtakor-2”)

* 2ta avtogol! Ahamiyatlisi ikkisi ham “Lokomotiv-BFK” futbolchilaridir. Avvaliga SHukurjon Mo'minov so'ngra Rustam Yaraliev birinchi taymning o'zidayoq o'z darvozalariga bittadan to'p kiritib yuborishgan. Yakunda shuning hisobiga “Cementchi” yirik hisobda g'alaba qozondi.  


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 8ta o'yinda 36ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 4,5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 16 nafar futbolchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
* Qolgan 20ta sariq kartochka esa mehmon jamoa futbolchilari tomon ko'rsatilgan.
* Birinchi bo'limda 8 nafar futbolchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
* Ikkinchi taymda qoida buzlishlar nisbatan ko'p uchradi chog'i. Sababi yana 28ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatildi.
* “Orol” – “Dinamo” (2:3) uchrashuvi qo'polliklarga boy tarzda kechdi deyish mumkin. Sababi uchrashuv bosh hakami har ikki jamoadan 3tadan futbolchiga sariq, 1tadan sariq kartochka ko'rsatdi.
* 2ta qizil kartochka qayd etildi. Rasul Musaev (“Orol”) bilan Islom SHaripov (“Dinamo”) kamida keyingi turni o'tkazib yuborishga majbur.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turda eng yuqori ball 8,5 bo'ldi. “NBU-Osiyo” – “Nasaf-2” (1:0) uchrashuvini boshqarib borgan Dmitriy Pisleginning hatti xarakatlarini nazoratchi Xushvaqt Muxtorov 8,5 ballga munosib baholadi.
* Aksincha eng past ball 8,0 bo'ldi. Igor Xudoydotov bilan Komiljon Rasulovning ishi shu bahoga munosib ko'rildi.

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Oq-tepa (Toshkent) – 3:1.
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon) – 8,2, I. Jo'raev (Toshkent viloyati) – 8,2, X. Xudoyberdiev (Toshkent viloyati) – 8,0, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
 
Cementchi (Quvasoy) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 5:1.
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi) – 8,3, O. Jumaev (Navoiy) – 8.5, S. SHoyusupov (Toshkent) – 8,5, SH. Azamov - 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
 
UzDongJu (Andijon) – Xotira-79 (Uychi) – 2:1.
Hakamlar:
I. Xudaydatov (Toshkent) – 8,0, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,5, B. Bahromov (Toshkent) – 8,2, B. Ro'zimatov - 9
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
 
Norin (Haqqulobod) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0.
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent) – 8,3, B. SHavkatov (Toshkent) – 8,4, A. Xudoyberganov (Toshkent) – 8,4, I. Nosirov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Orol (Nukus) – Dinamo (Samarqand) – 2:3.
Hakamlar:
K. Rasulov (Qarshi) – 8,0, N. Boltaev (Navoiy) – 8,4, S. Sattorov (Qarshi) – 8,1, D. Iskandarov - 8
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

Xorazm (Urganch) – Zomin (Zomin) – 0:1.
Hakamlar:
SH. Rajabov (Buxoro) – 8,1, D. Sarsenov (Nukus) – 8,3, B. Kannazarov (Nukus) – 8,3, A. Alimov - 8
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

NBU-Osiyo (Toshkent) – Nasaf-2 (Qarshi) – 1:0.
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent) – 8,5, R. Nugmanov (Toshkent) – 8,4, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,3, A. SHukurullaev - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

Paxtakor-2 (Toshkent) – Mashal-2 (Muborak) – 1:1.
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent) – 8,2, A. Burov (Buxoro) – 8,0, S. Hakimov (Samarqand) – 8,0, A. Risqullaev - 9
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).



MUXLISLAR
* 6-turning 8ta o'yiniga jami 10226 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1278 nafar muxlis demakdir.
* Eng ko'p muxlis yana “Norin”ning uy uchrashuviga tashrif buyurdi. Haqqulobodda kechgan Namagan derbisi “Norin” – “Kosonsoy” (1:0) bahsiga 3211 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.  
* Toshkentda kechgan “NBU-Osiyo” – “Nasaf-2” (1:0) o'yiniga esa aksincha eng kam muxlis kirgan. 31ta tomoshabin.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Yozyovon-Lochinlari  – Oq-tepa  – 3:1. 602 tomoshabin.
Cementchi – Lokomotiv-BFK  – 5:1. 2034 tomoshabin.
UzDongJu – Xotira-79 – 2:1. 135 tomoshabin.
Norin – Kosonsoy – 1:0. 3211 tomoshabin.
Orol – Dinamo – 2:3. 3127 tomoshabin.
Xorazm – Zomin – 0:1. 981 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Nasaf-2 – 1:0. 31 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Mashal-2 – 1:1. 105 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M T-N O
1          
 UzDongJu 6    
5     
0     
1     
9-4        
15     
2  Cementchi 6 4 2 0 11-1 14
3  Nurafshon 5 4 1 0 11-2 13
4  Dinamo 6 4 1 1 8-6 13
5 NBU-Osiyo 5 3 2 0 7-4 11
6  Norin 6 3 1 2 6-4 10
7  Nasaf-2 6 3 0 3 5-5 9
8  Yozyovon-Lochinlari     
6 2 2 2 7-7 8
9 Xotira-79 6 2 2 2 4-6 8
10  Mashal-2 6 1 4 1 9-7 7
11  Orol 6 2 1 3 14-14 7
12  Lokomotiv BFK 5 2 0 3 10-10 6
13  Zomin 6 2 0 4 6-8 6
14  Oq-tepa 5 1 1 3 6-9 4
15  Xorazm 6 1 1 4 4-8 4
16  G'ijduvon 5 1 1 3 2-13 4
17  Kosonsoy 6 0 2 4 2-6 2
18  Paxtakor-2 5 0 1 4 4-11 1


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
7-tur. 5 may (payshanba)
“Lokomotiv-BFK” – “UzDongJu”
“Oq-tepa” – “Norin”
“Nurafshon” – “Yozyovon-Lochinlari”
“G'ijduvon” – “Cementchi”
“Kosonsoy” – “Orol”
“Xotira-79” – “Xorazm”
“Zomin” – “NBU-Osiyo”
“Dinamo” – “Paxtakor-2”
“Mashal-2” – “Nasaf-2”


Islombek Rustambekov tayyorladi.   

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика