So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Birinchi liga. 6-tur o'yinlari boshlanmoqda. Taxminingiz qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 6-tur o'yinlari boshlanmoqda. Taxminingiz qanday?

Teglar :  Birinchi liga6-tur
Yana bir necha soatlardan so'ng birinchi liganing ikkinchi bosqich, 6-tur o'yinlari start oladi.

Ishqibozlarni bu safar ham bir-biridan qiziq o'yinlar kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmas. Bo'lajak bahslar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini ko'rib chiqamiz. Xo'sh, bu borada sizning tahminingiz qanday?

16:30. Obod (Toshkent) – Paxtakor-2 (Toshkent)

Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent), SH. Yuldashev (Guliston), D. Ubaydullaev (Guliston)

Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Mazkur Toshkent derbisi ham keskin kurashlar ostida o'tsa ajab emas. Bu kabi derbi maqomini olgan bahslar jamoalarning turnir jadvalida qay tariqa joylashuviga umuman tasir o'tkazmaydi. Aksincha maydonda jiddiy kurash kechadi. Bizningcha “Obod” – “Paxtakor-2” uchrashuvi ham bundan mustasno bo'lmasa kerak. Lekin peshqadamni o'z maydonida faqat g'alabadan boshqa narsa qoniqtirmasligi turgan gap. Taqvimga ko'ra mehmon sifatida o'ynaydigan “Paxtakor-2” ham o'tgan turda o'z maydonida yo'qotgan ochkolarni qaytarish yo'lida astoydil o'ynashi aniq. 

Imkoniyatlar: 60x40

 

17:00. Xorazm (Urganch) – UzDongJu (Andijon)

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro), SH. Rahmatov (Buxoro)

Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

Ushbu o'yin har ikki klubning nimaga qodir ekanligini ko'rsatib bersa ajab emas. Oliy liga chiqish yo'lida kurashga qo'shilgan “Xorazm” agarda o'z maydonida mag'lub bo'lsa u xolda jamoaning elita yo'llanmasi uchun kurashda imkoniyati sezilarli ravishda pastlashi aniq. “UzDongJu”da ham huddi shunday. Bu jamoa ham oliy liga yo'llanmasi uchun bir kurashib qo'rmoqchi. Buning uchun ular ushbu oqshom mag'lub bo'lmasligi lozim. 

Imkoniyatlar: 55x45


16:30. Mashal-2 (Muborak) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon)

Hakamlar: D. Muxtorov (Toshkent), N. Anfinogenov (Toshkent), S. Nishonboev (Toshkent)

Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

Muborakliklar o'z maydonida osonlikcha ochko ulashib yuboradigan jamoalardan emasligini oldingi turlarda ham isbotlagandi. Lekin yozyovonliklardan ham har narsa kutish mumkin. Negaki, Islomjon Ismoilov boshqaruvidagi jamoa ikkinchi bosqich o'yinlarini kutilmaganda, muvaffaqiyatli boshlab, ko'pchilikni hayron qoldirgandi. Balki ular bugun ham safardan ochko bilan qaytar. Lekin yuqorida aytib o'tganimizdek, “Mashal-2”ning ustunligi bu – o'z maydonida o'ynashidir. Qolaversa tarkibdagi futbolchilar ham bugungi kunga kelib, bir-birlarini so'zsiz tushunib etishadi. Dilshod Andaev boshchiligidagi jamoada jiddiy yo'qotish mavjud bo'lib bu iqtidorli hujumchi Tursunmurod Hamdamov diskvalifikaciya tufayli bugun maydonga tusha olmaydi. 

Imkoniyatlar: 60x40


17:00. G'ijduvon (G'ijduvon) – Cementchi (Quvasoy)

Hakamlar: K. Rasulov (Qarshi), X. Otamurotov (Urganch), D. Jumaniyozov (Urganch)

Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

CHempionat autsayderiga aylanib qolgan “G'ijduvon”ning ishlari negadir yurishib ketmayapti. Bugun ularni o'z maydonida yana bir jiddiy raqib bilan o'yin kutib turibdi. Tarkib va boshqa jihatlar borasida raqibidan biroz bo'lsada, ustunlik qiladigan quvasoyliklar ushbu oqshom safardan g'alaba bilan qaytishi ham hech gap emas. Yoki maydon egalari ushbu tahminlarimizni yo'qqa chiqarishi ham mumkinligini aytish lozim. 

Imkoniyatlar: 45x55


16:00. Orol (Nukus) – Xotira-79 (Uychi)

Hakamlar: F. Norsafarov (Qarshi), F. Usmonov (Qarshi), Z. Eliboev (Qarshi)

Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

O'tgan turda yirik hisobda mag'lub bo'lgan “Orol” bugun o'z maydonida muxlislarini g'alaba bilan quvontirish uchun astoydil tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa ajab emas. “Xotira-79”ning safardagi bahslarda u qadar omadi chopmayapti. Boz ustiga Nukusdan ochko olib qaytish ham oson emasligini aytish darkor. O'tgan turda diskvalifikaciya tufayli “Orol”ga yordam bera olmagan bir necha futbolchilar bugun maydonga tushishi mumkindir. 

Imkoniyatlar: 70x30


16:30. Nasaf-2 (Qarshi) – Kosonsoy (Kosonsoy)

Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus)

Nazoratchi: M. Ismailov (Toshkent).

Tobora o'z o'yinini topib borish barobarida natijalarini ham yaxshi tomonga o'zgartirib borayotgan “Nasaf-2” o'z maydonidagi bahslarda osonlikcha taslim bo'lmayapti. SHu bois bugun “Kosonsoy”ga ham mezbonlar tomonidan jiddiy qarshilik bo'lishini tahmin qilish mumkin. Lekin Mehmon Solixo'jaev shogirdlari ham qarab turmasa kerak. O'tgan turdagi yirik hisobli g'alaba kosonsoyliklarga ruhan dalda bo'lgan ersa ajab emas. 

Imkoniyatlar: 50x50


16:30. Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Oq-tepa (Toshkent)

Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), X. O'rolov (Toshkent viloyati), S. Ulfatov (Toshkent viloyati)

Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Bugun muxlislar poytaxtda yana bir derbiga guovh bo'ladi. Xohlovchilar ushbu bahsga borsin. Bunisi ham yuqorisidagidan qolishmaydi. CHunki “Oq-tepa” ham rasmiy jihatdan mehmon bo'lsada, g'alaba ishtiyoqida o'ynashi turgan gap. Ammo “Lokomotiv-BFK” ham o'z maydonida jiddiy tashvish tug'dirishini aytish mumkin. Taqibchilaridan qochib ketish uchun ko'proq “Oq-tepa”ga g'alaba zarur. 

Imkoniyatlar: 45x55


16:30. Zomin (Zomin) – NBU-Osiyo (Toshkent)

Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi), O. Umarov (Toshkent viloyati), D. Iskandarov (Nukus)

Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Mazkur to'qnashuvni turning markaziy o'yini deyish mumkin. Zominliklar har qanday xaolatda ham o'z uyida kamdan-kam yutqazadi. Lekin “bankirlar” ham safardan quruq qo'l bilan qaytmaslik ilinjida astoydil o'ynashi tabiiy. G'alabaga bo'lgan imkoniyat maydon egalarida nisbatan ko'proq deya tahmin qilamiz. Xullas maydonda jiddiy kurash kechishini tahmin qilish mumkin. Qolganini o'yindan keyin bilib olamiz. 

Imkoniyatlar: 60x40


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика