So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  1 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Birinchi liga. 5-tur oldidan kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 5-tur oldidan kimda imkoniyat qanday?

Teglar :  Birinchi liga5-tur
Bugun birinchi ligada 5-tur o'yinlariga start beriladi. Ushbu turda 9ta o'yin bo'lib o'tadi. Taqvimga ko'ra 4ta uchrashuv bugun kechsa, 26-27 aprel kunlari yana qolgan bahslar bo'lib o'tadi.

5-tur. 25 aprel (dushanba)
16:00. “Yozyovon-Lochinlari” – “Lokomotiv-BFK”. Imkoniyat 50x40.
Mazkur bellashuvda g'alabaga bo'lgan imkoniyat tengdek ko'rinmoqda. Yozyovonliklar bugun o'z maydonida g'alaba qozonish uchun jiddiy kurashadi. O'tgan turdagi alamli mag'lubiyatdan so'ng futbolchilar bugun uch ochko oliy istagida astoydil xarakat qiladi. Tarkib bo'yicha oliy qaraydigan bo'lsak, “Lokomotiv-BFK” kuchliroq. Boisi “temiryo'lchilar” tarkibida taniqli nomlar xarakat qilayotganini guvohi bo'lmoqdamiz. Ushbu jamoalarning o'tgan yilgi to'qnashuvida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

16:00. “Norin” – “Xotira-79”. Imkoniyat 60x40.
Namangan viloyati derbisida shubhasiz mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. Haqqulobodliklar o'tgan turda “Zomin”ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgandi. SHu bois ularda hozir ruhiy tayyorgarlik ham ko'ngildagidek. Lekin bugungi o'yin derbi maqomidagi uchrashuvdir. Bilasiz derbida keskin va murosasisz kurash kechadi. Uychiliklar ham tabiiyki ochko jamg'arish niyatida tashrif buyuradi. Ushbu jamoalar tarixda ilk marotaba kuch sinashmoqda.  

16:30. “Cementchi” – “Oq-tepa”. Imkoniyat 60x40.
Turning markaziy o'yinida mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq. CHunki quvasoyliklar o'z maydonida o'ynaydi. Ishqibozlarning daldasi ham ularga qo'shimcha kuch bag'ishlashi turgan gap. To'g'ri, “Oq-tepa” tarkibida etakchi ijrochilar etarlicha topiladi. Ammo ular bugun baribir safarda o'ynaydi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili Quvasoyda “Cementchi” bugungi raqibi “Oq-tepa”ni 2:1 hisobida mag'lub etishni uddasidan chiqqandi.

16:30. “UzDongJu” – “Kosonsoy”. Imkoniyat 60x40.
Ko'pincha “UzDongJu” o'z maydonidagi uchrashuvlarda g'alaba qozonadi. Bugungi bahsda ham “bo'yoqchilar”ning imkoniyati yuqori deyish mumkin. O'tgan turda “Dinamo”dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin andijonliklar bu safar o'z maydonida yutish uchun astoydil xarakat qilishi tabiiy. Lekin kosonsoylikla ham qarab turmasa kerak. O'tgan yili ushbu jamoalarning Andijondagi to'qnashuvida mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

26 aprel (seshanba)
17:00. “Orol” – “Zomin”. Imkoniyat 50x50.
Ushbu bahs ham qiziqarli kechsa kerak. CHunki nukusliklarni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. “Zomin”ning ayni damdagi xolati esa havas qilgudek emas. SHu bois har ikki jamoaga ham g'alaba suv va havodek zarur. O'tgan yili zominliklar safarda “Orol”ni 1:0 hisobda mag'lub etib ketgandi.   

17:00. “Xorazm” – “Dinamo”. Imkoniyat 50x50.
Safarda unchalik ham omadi chopmayotgan “Dinamo”ning haqiqiy kuchi ushbu turda bilinadi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'tgan turda samarqandliklar “UzDongJu”ni penaltidan kiritilgan gol evaziga mag'lub etgandi. Ko'ramiz bu safar ular Urganchda ham g'alaba qozona olarmikin. Jamoaning ashaddiy ishqibozlari shu yilning o'zidayoq “Dinamo”ni yana elitaga qaytishini istamoqda. Urganchliklarda moliyaviy muammolar bo'lishiga qaramay futbolchilar har bir uchrashuvda ochko jamg'arish maqsadida astoydil xarakat qilayotganini etirof etish lozim. Ular endi o'z uyida “Dinamo”ni mag'lub etish uchun jiddiy kurashadi.   

16:00. “Nurafshon” – “G'ijduvon”. Imkoniyat 60x40.
Ertaga Buxoroda ham derbi bo'lib o'tadi. Mazkur to'qnashuvda so'zsiz mezbonlar favorit. “Nurafshon” oliy ligaga chiqish uchun kurashmoqda. “G'ijduvon”ning maqsadi esa raqibinikidan keskin farq qiladi. Qolaversa o'yin “Nurafshon” maydonida kechadi. Har tomonlama ular favorit. Lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Extimol g'ijduvonliklar sensaciya qayd etar. Ushbu jamoalar tarixda birinchi bor to'qnash keladi.

27 aprel (chorshanba)
16:30. “NBU-Osiyo” – “Mashal-2”. Imkoniyat 50x50.
“Bankirlar” o'z uyida osonlikcha ochko ulashib yuboradigan jamoa emas. Doimo etakchilar qatorida yurishga intiladigan “NBU-Osiyo” tabiiyki g'alaba ilinjida maydonga chiqadi. Lekin muborakliklardan ham har narsa kutish mumkin. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili Toshkentda kechgan bahsda Rufat Akramxo'jaev shogirdlari 3:1 hisobida “gazchilar”ni mag'lub etgandi. Etiborlisi joriy mavsumni ham toshkentliklar tarkibida o'tkazayotgan tajribali Muzaffar Umrzoqov o'tgan yilgi to'qnashuvda dubl qayd etgandi.   

16:00. “Paxtakor-2” – “Nasaf-2”. Imkoniyat 55x45.
Ikki farm klub o'rtasida kechadigan bahsda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati biroz yuqori. Ammo “Nasaf-2” jamoasi ham safardan kamida bir ochko bilan qaytish maqsadida keladi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili nursiz durang qayd etilgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика