So’nggi yangiliklar

00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  6 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1 18:33Сеулдаги баҳсда "Бавария" "Тоттенхэм"ни таслим қилди  1 17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  3 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  3

Birinchi liga. 4-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 4-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga4-tur
27-28 avgust kunlari birinchi liganing 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi turga start beriladi.

Quyida esa ortda qolgan uchrashuvlarga nazar tashlagan xolda, etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“OBOD”NING ISHTAHASI OCHILMOQDA YOXUD “XORAZM” XAM KURASHGA QO'SHILDI
Bu yil birinchi ligada ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan Toshkentning “Obod” jamoasi turnir peshqadamiga aylanib oldi. Ushbu jamoa futbolchilari 4ta o'yinda jami 20ta gol urdi. Har bir bahsga o'rtacha 5tadan to'p demakdir. Farhod Safarov va Xayrulla Abdiev boshqaruvidagi “Obod” 4-turda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini qabul qilib, javobsiz naqd 9ta (!) to'p kiritishga erishdi. Bu bilan ular to'plar nisbatini anchagina yaxshilab oldi.

27 avgust kuni Toshkentda kichik derbi bo'lib o'tdi. “Lokomotiv-BFK” o'z maydonida “Paxtakor-2”ni qabul qildi. Ushbu bahsda tajriba va mahorat yakunda o'z so'zini aytib, omad Jasur Abduraimov jamoasiga kulib boqdi.   

“Zomin” ham ushbu turni o'z uyida o'tkazdi. Bu jamoa o'z maydonida xar qanday raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatgan xolda, osonlikcha ochko ulashmaydiganlardandir. Dilmurod Qodirov boshqaruvidagi zominliklar bu safar “UzDongJu”ni qabul qildi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Etiborlisi birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, mehmonlar maydonda bir kishi kam bo'lib xarakat qildi. Mezbonlar esa to'rtta golni ham ikkinchi bo'limda kiritdi.

Vali Sultonov boshchiligidagi “Xorazm” ham aftidan elita yo'llanmasi uchun kurashga qo'shilgan ko'rinadi. Urganchliklar ikkinchi bosqichni hozircha ijobiy o'tkazmoqda deyish mumkin. Bu safar “Xorazm” o'z uyida “Cementchi”ni qabul qildi va Mirzo Quryozovning yagona goli evaziga g'alaba qozondi.

“Mashal-2”ning qarshisida bu safar “Xotira-79” gavdalandi. Har yili ikkinchi bosqichga kelganda sezilarli pasayish qiladigan uychiliklarning mazkur bahsda ochko olishi juda qiyin vazifa edi. Negaki Dilshod Andaev boshchiligidagi muboraklik yoshlar o'tgan turda yodingizda bo'lsa “Oq-tepa”ni ham uch ochkodan mahrum qilgandi. Bu gal ular “Xotira-79”ni yirik hisobda taslim etdi.

Mehmon Solixo'jaev boshqaruvidagi “Kosonsoy” 4-turda G'ijduvonga safar uyushtirib tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Aslida mehmonlar shu kuni uch ochko bilan ham qaytishi mumkin edi. Biroq Mansur Otaqulov ikkinchi golini ham kiritib, mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Orol” – “Oq-tepa” bahsida ko'pchilik qatori o'zimiz ham mezbonlarning g'alabasini tahmin qilgandik. CHunki o'tgan yili ham toshkentliklar Nukusdan quruq qo'l bilan qaytgandi. “Orol”ning tarkibi o'sha-o'sha. Hech qanday o'zgarish yo'q. “Oq-tepa” esa garchi tarkibini taniqli nomlar bilan kuchaytirib olgan bo'lsada, ikkinchi bosqichni u qadar omadli boshlay olmadi. SHu bois 4-turda ham Eldor Sakaev jamoasini ochko yo'qotishini tahmin qilgandik. Lekin futbolda tahminlar hamisha o'zini oqlayvermasligini Ildar Magdeev o'zining yagona gol bilan isbotlab qo'ydi. Biroq shu kuni “Orol”ning uch nafar o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatilgani ham etiborimizni tortmasdan qolmadi.

Nurali Sultonov ustozlik qilayotgan “Nasaf-2” ushbu turda liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan “NBU-Osiyo”ni qabul qildi va birgina gol evaziga uch ochkoni qo'lga kiritdi. Etiborga molik jihati qarshiliklar ikkinchi bo'limni 10 kishi bo'lib o'tkazishga majbur bo'lgan.
 
Obod (Toshkent) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 9:0.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 0:3.
Zomin (Zomin) – Uz-Dong-Ju (Andijon) – 4:1.
Xorazm (Urganch) – Cementchi (Quvasoy) – 1:0.
Mashal-2 (Muborak) – Xotira-79 (Uychi)- 3:0.
G'ijduvon (G'ijduvon) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 2:2.
Orol (Nukus) – Oqtepa (Toshkent) – 0:1.
Nasaf-2 (Qarshi) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0.

GOLLAR
* Ushbu turda urilgan gollar soni jami 27tani tashkil etdi.

* Har bir bahsga o'rtacha 3,375dan gol demakdir.

* Eng ko'p gol urgan jamoa “Obod” bo'ldi, 9ta.

* “Yozyovon-Lochinlari” esa aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi.

* Mezbon jamoalar hisobiga 20ta gol yozilgan bo'lsa, qolgan 7ta to'pni mehmonlar kiritgan.

* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar 11tani tashkil etdi.

* Ikkinchi taymda esa sermahsullik yanada ortdi va muxlislar 16ta golga guvoh bo'ldi.

* Turning eng tezkor goli 2-daqiqada urildi. Obid Hakimov “Obod” – “Yozyovon-Lochinlari” bahsida mehmonlar darvozasiga tezkor gol kiritib, hisobni ochishga erishdi.

* Aksincha turda eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol esa 90-daqiqada yuz bergan. “Paxtakor-2” futbolchisi S.Sindarov “Lokomotiv-BFK” darvozasiga jamoasining uchinchi golini kiritib, g'alabani rasmiylashtirdi.

* 6ta penalti! Mehmon va mezbonlar darvozasiga bir xil 3tadan penalti belgilandi.

* Dilmurod Qodirov (“Paxtakor-2”) – aniq
Fehruz Salohitdinov (“UzDongJu”) – aniq
Mansur Otaqulov (“G'ijduvon”) – aniq
Sardor Sotvoldiev (“Kosonsoy”) – aniq
Sunnat Saidov (“Lokomotiv-BFK”) - noaniq
Botir Karimjonov (“Xotira-79”) – noaniq

* 3ta dubl! SHokir Yuldashev (“Mashal-2”), Mansur Otaqulov (“G'ijduvon”) hamda Obid Hakimov (“Obod”) mazkur turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga erishdi. Etiborlisi ularning jamoasi ushbu turda mag'lubiyatga uchramadi.

* 1ta xet-trik! Bir o'yinda uchta gol urgan futbolchi ham “Obod” – “Yozyovon-Lochinlari” (9:0) bahsida qayd etildi. SHoxruz Norxonov bu safar 3ta to'p kiritdi ikkinchi bosqichda hozircha 7ta goli bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi. Darvoqe, ushbu 22 yoshli futbolchi yaqin orada OTJ yig'inlariga ham jalb etilsa ajab emas.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

* 4-turning 8ta o'yinida hakamlar o'z cho'ntagidan jami 35 marotaba sariq kartochka chiqarishga qaror qildi.

* Har bir uchrashuvga o'rtacha 4,375tadan ogohlantirish demakdir.  

* Mezbon jamoalardan 20 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan bo'lsa, mehmonlarda bu borada ko'rsatkich 15tani tashkil etdi.

* Eng ko'p sariq kartchoka “Orol” futbolchilariga ko'rsatilgan. “Orol” – “Oq-tepa” uchrashuvini boshqarib borgan Baxtiyor Yulcharaev 6ta sariqni ham mezbonlarning o'yinchilariga ko'rsatgani etiborga molikdir. SHuningdek nukusliklar 3ta qizil kartochka ham olib bu borada “peshqadam” bo'ldi!

* “Yozyovon-Lochinlari” bilan “Cementchi” esa safarda o'ynab, mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, bu jamoalarning birorta o'yinchisi ham sariq kartochka olmadi. Bu bilan ular boshqalarga tartib-intizom borasida namuna ko'rsatdi.

* CHetlatish – 6ta! Yuqorida aytib o'tdik, nukusliklarning 3ta o'yinchisi uchrashuv yakunlanmay turiboq, maydonni majburiy ravishda erta tark etdi. Keyingi turda endi Nematulla Qutiboevga tarkib tanlashda qiyin bo'lishi turgan gap.

Navbatdagi turni o'tkazib yuboradilar:

Maqsud Hayitov  (“UzDongJu”)
Mirjamol Jamolov  (“Kosonsoy”)
Miras Karliboev (“Orol”)
Murot Abdumurotov (“Orol”)
Nurlibek Talasboev (“Orol”)
Aziz Malikov (“Nasaf-2”)

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turda eng yuqori ball 8,4 bo'lib, Elyor Tursunov (Buxoro) bilan Olim Tolibjonov (Toshkent)ning xarakati ushbu ballga munosib deya baholandi.
* Aksincha eng past ballni esa gulistonlik Baxtiyor Yulcharaev oldi, 6,5. Nazoratchi Baxtiyor Tog'aev shu kuni bosh hakamning ishini past bahoga loyiq ko'rdi.  

Lokomotiv-BFK  – Paxtakor-2  – 0:3.
Hakamlar
: A. SHukurullaev (Toshkent) – 7,7, N. Afinogenov (Toshkent) – 7,8, S. Nishonbaev (Toshkent) – 8,1, D. Muxtorov - 7
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

Obod  – Yozyovon-Lochinlari  – 9:0.
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi) – 8,2, X. Atamuratov (Urganch) – 8,0, D. Jumaniyazov (Urganch) – 8,1, A. Najafaliev - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Zomin – UzDongJu – 4:1.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent) – 8,4, S. Ulfatov (Toshkent vil.) – 8,0, X. O'rolov (Toshkent vil.) – 8,0, SH. Fayziev - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

Xorazm – Cementchi – 1:0.
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) – 8,0, F. Usmonov (Qarshi) – 8,0, D. Iskandarov (Nukus) – 8,1, A. Alimov - 8
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Mashal-2 – Xotira-79 - 3:0.
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent) – 8,2, B. Kannazarov (Nukus) – 8,1, D. Sarsenov (Nukus) – 8,1, A. Kalinin - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

G'ijduvon – Kosonsoy – 2:2.
Hakamlar:
D. Djalimov (Nukus) – 8,0, O.Umarov (Toshkent vil.) – 8,2, U. Bobomurodov (Navoiy) – 8,2, A. Tillaev - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Orol – Oq-tepa – 0:1.
Hakamlar:
B. Yulcharaev (Guliston) – 6,5, SH. Yo'ldoshev (Guliston) – 7,0, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,3, T. Arzibekov - 7
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Nasaf-2  – NBU-Osiyo  – 1:0.
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro) – 8,4, SH. Rajabov (Buxoro) – 8,6, SH. Raxmatov (Buxoro) – 8,6, K. Rasulov - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

MUXLISLAR
* 4-turning 8ta o'yiniga tashrif buyurgan muxlislar soni umumiy 5537tani tashkil etdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha miqdorda 692tadan ishqiboz demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin Zomindagi bahsga tashrif buyurdi, 2256ta.
* Aksincha xolat esa Muborakda qayd etildi, 54ta.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Lokomotiv-BFK  – Paxtakor-2  – 0:3. 76 tomoshabin.
Obod  – Yozyovon-Lochinlari  – 9:0. 73 tomoshabin.
Zomin – UzDongJu – 4:1. 2256 tomoshabin.
Xorazm – Cementchi – 1:0. 1359 tomoshabin.
Mashal-2 – Xotira-79 - 3:0. 54 tomoshabin.
G'ijduvon – Kosonsoy – 2:2. 155 tomoshabin.
Orol – Oq-tepa – 0:1. 1500 tomoshabin.
Nasaf-2  – NBU-Osiyo  – 1:0. 64 tomoshabin.

TURNIR JADVALI


Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика