So’nggi yangiliklar

22:17"Реал" УЕФА Суперкубоги учун бошланғич таркибини эълон қилди. Мбаппе асосий таркибда!  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  1 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  0 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 21:07ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  5 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  1 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0 18:31Суперлига. 16-тур ўйинларини бошқариб борадиган ҳакамлар маълум  3 17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  4 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  16

Birinchi liga. 3-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 3-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga3-tur
13-17-18 aprel kunlari 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O'zi ham naqd uch kun bo'ldi.

Bunga nima sababligini bila olmadik, ochig'i. Etibor bersangiz, bitta tur o'yini kamida ikki kunga bo'lingan. Otdatga ko'ra yakuniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.   

O'YINLAR
* Aslida 3-turda 9ta o'yin bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo “Zomin”ga texnik mag'lubiyat yozildi. “UzDongJu” esa o'ynamasdan 3 ochkoni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. SHu tariqa muxlislar 8ta o'yinga guvoh bo'ldi.
* 5ta o'yinda mezbon jamoalar muvaffaqiyat qozongan bo'lsa. Ikkita uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekdi. “Nurafshon” esa safardan g'alaba bilan qaytgan yagona jamoa bo'ldi.
* Yirik hisobda g'alabaga erishgan jamoasi “Mashal-2” bo'ldi. Muborakliklar “Orol” darvozasiga javobsiz naqd 5ta to'p kiritishdi.


Zomin  – UzDongJu  – -/+

NBU-Osiyo  – Paxtakor-2  – 2:1.
 Kosonsoy  – Yozyovon -Lochinlari  – 1:1.
 Xotira-79 – Cementchi – 0:0.
 Dinamo – Norin – 2:1.
Mashal-2 – Orol – 5:0.
Nasaf-2 – Xorazm – 2:0.
Lokomotiv-BFK – Nurafshon – 0:3.
 Oq-tepa – G'ijduvon – 3:0.

GOLLAR
* Turning 8ta o'yinida jami 21ta gol qayd etildi.  
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 3 tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 15tani tashkil etdi.
* Qolgan 6ta to'p esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 9tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa yana 12ta gol qayd etildi.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Mashal-2” bo'ldi. 5ta to'p!
* “Orol” esa aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoaga aylandi.
* Turning eng tezkor goli 1-daqiqaga to'g'ri keladi. “Nurafshon” hujumchisi Bahrom Narzullaev jamoasining “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o'tkazgan o'yinida birinchi bo'lib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
* Etiborlisi turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli ham aynan yuqoridagi o'yinda yuz bergan. Aniqrog'i 90+5-daqiqada Ravshan Yangiev “Nurafshon”ning uchinchi goliga mualliflik qildi.
* 2ta penalti! “Kosonsoy” himoyachisi Sardor Asqarov “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi bahsda 88-daqiqada belgilangan penaltini aniq amal oshirib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
* “Nasaf-2” hujumchisi Asliddin Abdiev esa “Xorazm” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik to'pini aniq amalga oshira olmadi.
* 2ta dubl! “Dinamo” azosi Aminjon Safarov “Norin”ga qarshi bahsda o'zi hisobiga ikkita gol yozdirib qo'yishga erishdi. SHuningdek “Nasaf-2” jamoasining etakchisi bo'lgan Ilhom Alijonov ham “Xorazm”ga qarshi kechgan bahsda ikkita to'p kiritib, g'alabani taminladi.  
* Xet-trik! Ushbu turda uchta gol urgan yagona futbolchi Sanjar Ahmedov bo'ldi. “Mashal-2” safida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan iqtidorli hujumchi “Orol”ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo'limidayoq uchta gol urishni uddaladi.
* Gollar haqida gap borganida, Timur Usmonov (“NBU-Osiyo) va Bahrom Narzullaev (“Nurafshon”) o'rtasida kechayotgan o'zaro kurashni ham etirof etish lozim. Ushbu hujumchilar ketma-ket uchta o'yinni golsiz tark etmadi. Bu bilan Narzullaev va Usmonov to'purarlikka asosiy davogarlar ekanligini amalda isbotlab qo'yayotgandek. Malumot  uchun Bahrom Naruzllaev 1993 yilda tavallud topgan. O'tgan yili “Buxoro” safida xarakat qilgan. Timur Usmonov esa 1995 yil. Bungacha “Lokomotiv” yoshlar jamoasida xarakat qilgan.  



OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 3-tur o'yinlarida sariq kartochkalar soni jami 41tani tashkil etdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 15 nafar futbolchi ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 26ta sariq kartochka mehmon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan.  
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 17 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.
* Ikkinchi taymda esa yana 24 ta o'yinchi ogohlantirildi.
* “Lokomotiv-BFK” – “Nurafshon” (0:3) o'yinida birorta ham sariq yoki qizil kartochka qayd etilmagani, etiborga molikdir. Intizom borasida ushbu jamoalar boshqalarga namuna bo'ldi.   
* Eng sariq kartochka qayd etilgan bahs – “Oq-tepa” – “G'ijduvon” (3:0) o'yini bo'ldi. SHu kuni bosh hakam Jasur Muxtorov (Toshkent) mezbonlardan ikkita, mehmonlardan esa oltita futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi.
* G'ijduvonliklar sariq kartochka borasida “peshqadam” bo'ldi.
* CHetlatish! “Paxtakor-2” etakchisi Dilmurod Qodirov “NBU-Osiyo”ga qarshi bahsning 50-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan “siylandi” va maydonni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi. SHundan so'ng Qodirovning jamoasi yakunda mag'lubiyatga uchradi.   
* “Xotira-79” azosi SHuhrat Hamidov ham aftidan “Cementchi”ga qarshi o'yindan so'ng asablarini jilovlay olmagan ko'rinadi. Sababi bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev uchrashuvdan so'ng futbolchiga qizil kartochka ko'rsatgan.   

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turda eng yuqori ball 8,2ni tashkil etdi. “Nasaf-2” – “Xorazm” (2:0) bahsini boshqarib borgan toshkentlik Anatoliy Rubakovning ishi uchrashuv nazoratchisi Oleg Dachev tomonidan 8,2 ballga munosib ko'rildi.   
* Aksincha eng past ball esa 7,8 bo'ldi. Etiborlisi uchta hakam shu ballga munosib ko'rildi. Igor Gormashov (Toshkent), Akobirxo'ja SHukrullaev (Toshkent), Ahrol Risqullaev (Toshkent).



NBU-Osiyo  – Paxtakor-2  – 2:1.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 7,8, B. SHavkatov (Toshkent) – 7,7, A. Xudoyberganov (Toshkent) – 7,5, A. Sidorov - 8
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).
****************
Kosonsoy – Yozyovon -Lochinlari – 1:1.
Hakamlar:
A. Najafaliev (Toshkent) – 8,0, F. Yormuxamedov (Toshkent) – 8,1, B. Bahromov (Toshkent) – 8,2, A. Jabborov - 9
Nazoratchi: T. Abdullaev (Toshkent).
****************
Xotira-79 – Cementchi – 0:0.
Hakamlar
: A. SHukrullaev (Toshkent) – 7,8, I. Jo'raev (Toshkent viloyati) – 7,6, X. Xudoyberdiev (Toshkent viloyati) – 7,7, I. Nosirov - 8
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
****************
 Dinamo – Norin – 2:1.
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) – 8,0,  N. Boltaev (Navoiy) – 8,0, S. Sattorov (Qarshi) – 7,4, SH. Qamarov - 9
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
****************
 Mashal-2 – Orol – 5:0.
Hakamlar:
E. Tursunov (Buxoro) – 8,0, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,3, M. Turdiev (Jizzax) – 8,3, Z. Eliboev - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
****************
Nasaf-2 – Xorazm – 2:0.
Hakamlar
: A. Rubakov (Toshkent) – 8,2, S. Hakimov (Samarqand) – 8,0, A. Burov (Buxoro) – 8,0, A. Kalinin - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
****************
 Lokomotiv-BFK – Nurafshon – 0:3.
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent) – 7,8, A. Jabborov (Namangan) – 8,4, Q. Sobirov (Farg'ona) – 8,0, D. Saylalov - 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
****************
Oq-tepa – G'ijduvon – 3:0.
Hakamlar:
J. Muxtorov (Toshkent) – 8,1, U. Bobomurodov (Navoiy) – 8,0, D. Xusnudinov (Toshkent) – 8,0, O. Abduvosilov - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).



MUXLISLAR
* Turning 8ta o'yiniga jami 7515ta tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 939tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p muxlis Kosonsoydagi o'yinda kuzatildi. 2773ta ishqiboz!
* Aksincha eng kam tomoshabin Toshkent derbisida qayd etildi. “Bankirlar”ning “Jar”stadionidagi o'yiniga atiga 47 nafar muxlis kirgani PFLning o'yinlar qaydnomasida yozib ko'rsatilgan!

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
NBU-Osiyo  – Paxtakor-2  – 2:1. 47 tomoshabin.
 Kosonsoy  – Yozyovon -Lochinlari  – 1:1. 2773 tomoshabin.
 Xotira-79  – Cementchi  – 0:0. 2444 tomoshabin.
 Dinamo  – Norin – 2:1. 1713 tomoshabin.
Mashal-2 – Orol – 5:0. 165 tomoshabin.
Nasaf-2 – Xorazm – 2:0. 89 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK – Nurafshon – 0:3. 201 tomoshabin.
 Oq-tepa – G'ijduvon – 3:0. 83 tomoshabin.

TURNIR JADVALI



OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Bugun va ertaga navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda quyidagi jamoalar o'zaro kuch sinashadi.
4-tur. 20 aprel (chorshanba)
“Kosonsoy” – “Cementchi”
“Xotira-79” – “Yozyovon-Lochinlari”
“Zomin” – “Norin”
“Dinamo” – “UzDongJu”
“Mashal-2” – “Xorazm”
“Nasaf-2” – “Orol”
21 aprel (payshanba)
“Lokomotiv-BFK” – “G'ijduvon”
“Oq-tepa” – “Nurafshon”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика