So’nggi yangiliklar

23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  4 23:00ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Жалолиддин Машарипов ва Остон Ўрунов жамоалари ўйини бошланди  3 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  5 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  9 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  5 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0 19:43"Ал Васл" устози: "Пахтакор" жорий мавсум кўп гол урмаган бўлса ҳам, кам гол ўтказган, яъни жамоа ўйинида тартиб бор"   2 19:35Зайниддин Тожиев: "Пахтакор" яхши ўйнамоқда, аммо жамоага ҳужумчи етишмаяпти"  9 19:33Денис Коростиченко: "Йигитлар натижа сабаб озроқ қўрқув билан ўйнаяпти"  0 19:22Григорий Колосовский: "Металлург"ни Суперлигада сақлаб қолиш? Албатта, муддатидан олдин таслим бўлмаймиз"  5

Birinchi liga. 2-turda kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 2-turda kimda imkoniyat qanday?

Teglar :  Birinchi liga
Bugun birinchi liganing navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bo'lajak bahslar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini tahmin qilib ko'ramiz.

16:30. “Nurafshon” – “Xotira-79”. Imkoniyatlar 55x45
Gennadiy Kochnev boshqaruvidagi “Nurafshon” yana avvalgi qaddini tiklamoqda. CHempionatning ochilish uchrashuvida nurafshonliklar arang g'alabaga erishdi. Aniqrog'i 90+3-daqiqada “Kosonsoy” o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib, durangni qo'ldan chiqardi. Ushbu g'alabadan so'ng bugungi o'yinda mezbonlarning ruhiy xolati yaxshi bo'lishi turgan gap. Ammo “Xotira-79” ham chempionatni yomon boshlamadi. “G'ijuvon”ga qarshi kechgan bahsda nursiz durangga erishdi. SHu bois Rustam Do'rmonov boshqaruvidagi jamoaning ham kayfiyatini yomon deb bo'lmaydi. Lekin “Nurafshon” mezbonligi bois ularning g'alabaga bo'lgan imkoniyati biroz yuqoriroqdek tuyumoqda.   

16:00. “G'ijduvon” – “Kosonsoy”. Imkoniyatlar 50x50
Tarkibi asosan mahalliy futbolchilardan tashkil topgan g'ijduvonliklarga tajriba etishmasligi pand berib qo'ymoqda. Jamoa o'tgan mavsum ancha qiynaldi. SHunga qaramay tarkib bu yil sezilarli darajada kuchaytirilmaganini ko'rish mumkin. “Kosonsoy” esa har xolda ilgari oliy va birinchi ligada o'ynagan yigitlarni o'z safiga qo'shib olishga erishdi. Garchi Mehmon Solixo'jaev boshchiligidagi kosonsoyliklar o'tgan turda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, bugun katta extimol bilan yutqazmaydi deyish mumkin. Yana kim biladi deysiz. O'tgan turda ushub jamoalarning G'ijduvonda kechgan bahsida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

15:00. “Yozyovon-Lochinlari” – “Dinamo”. Imkoniyatlar 45x55.
Yozyovonlik muxlislar imkoniyatlarni ko'rib, ajablanishi mumkin. Ammo vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, bugun samarqandliklarning kamida durang bilan qaytish extimoli yuqori. Lekin mezbonlarning yosh murabbiyi Islombek Ismoilov ham raqibni dog'da qoldirish uchun shunga yarasha taktika ishlab chiqishi aniq. Boz ustiga yozyovonliklar o'tgan turda “Zomin”ga imkoniyatni boy bergandi. Muxlislarning tashrifi ham ularga etarli bo'lmadi. Ilhom SHaripov jamoasi ham chempionatni mag'lubiyat bilan boshlaganini aytish joiz. Bugun har ikki jamoaga ham ochko zarur. Mehmonlar tarkibida nisbatan tajribali futbolchilar borligini inobatga olsak, bugun ularning kuni bo'lsa kerak degan tahminimiz bor. Qolganini o'yin ko'rsatadi.   

16:00. “Cementchi” – “Zomin”. Imkoniyatlar 55x45.
SHubhasiz turning markaziy o'yinidir. Quvasoyliklar yangi mavsumda ajoyib start oldi. O'z uyida hattoki oliy liga jamoalariga jiddiy tashvish tug'dira oladigan “Cementchi” bugungi o'yinda favorit sanaladi. “Zomin” ham buni yaxshi tushunib turgan bo'lsa kerak. SHu bois ular o'z omadlarini qarshi hujumda sinab ko'radi. O'tgan mavsum ushbu jamoalarning Quvasoydagi o'yinida mezbonlar 5:0 hisobida g'alaba qozonganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak.   

16:30. “UzDongJu” – “Nasaf-2”. Imkoniyatlar 60x40.
Andijonliklar ham o'z uyida osonlikcha ochko ulashib yuboradiganlardan emas. O'tgan turda yirik hisobda g'alaba qozongan “UzDongJu” bugun ham o'z muxlislarini uch ochko bilan quvontirishiga shubha yo'q. Lekin qarshiliklar ham imkon qadar safardan ochko bilan qaytib ketishga urinadi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili Andijonda kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ammo “bo'yoqchilar” bu safar ancha sergak.   

15:00. “Norin” – “Mashal-2”. Imkoniyatlar 50x50
Mazkur uchrashuvda imkoniyatlarni teng baholadik. CHunki Muborakliklarning o'tgan turdagi o'yinini bevosita stadionda turib kuzatib, shunga amin bo'ldikki, futbolchilarda ishtiyoq yuqori. Ular “UzDongJu”ga o'ynab yutqazdi. Bugun ham ana shunday shiddatni namoyish eta olishsa, Haqquloboddan ochko bilan qaytishi mumkin. Ammo Ravshan Bozorov ham shogirdlarini mazkur uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorlagan bo'lsa kerak.  

16:00. “Orol” – “Paxtakor-2”. Imkoniyatlar 55x45
O'tgan turda o'z maydonida “NBU-Osiyo” bilan durang qayd etgan nukusliklar bu safar g'alaba uchun maydonga chiqishi aniq. Bu borada mezbonlarning imkoniyati biroz yuqoriroq ko'rinmoqda. “Paxtakor-2” ham imkon qadar safardan ochko bilan qaytishga urinishi aniq. O'tgan yili Nukusda kechgan uchrashuvda “paxtakorchilar” 3:2 hisobida g'alaba qozongan.

15:00. “Xorazm” – “NBU-Osiyo”. Imkoniyatlar 50x50
Turning markaziy o'yini. Urganchliklarga bugun qiyin bo'ladi. Sababi “NBU-Osiyo” jiddiy qarshilik ko'rsatsa kerak degan tahmin bor. O'tgan turda Nukusda durang qayd etgan Rufat Akramxo'jaev shogirdlari bu safar ham imkon qadar yutqazmaslikka urinishi aniq. Lekin Mezbonlar ham qarab turmasa kerak. O'tgan yili Urganchda kechgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.  

7 aprel (payshanba)
“Lokomotiv-BFK” – “Oq-tepa”. Imkoniyatlar 50x50
Turning mazkur uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi. Toshkent derbisi maqomini olgan o'yinda imkoniyatlar teng. “Oq-tepa”ning tarkibi biroz nomdorroq bo'lsada, “Lokomotiv-BFK” yoshlari ham chempionatni g'alaba bilan boshlash uchun astoydil xarakat qilishi aniq.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика