So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  109 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Birinchi liga 18-tur o'yinlariga PREVYU Yangiliklar

Birinchi liga 18-tur o'yinlariga PREVYU

Teglar :  Birinchi ligaPrevyu
Bugun O'zbekiston chempionati birinchi liga 18-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Ushbu tur birinchi davraga yakun yasab beradi.

“Istiqlol” – “Yangier”

-  Yangierning “Yangier” klubi “Andijon”ga qarshi uchrashuvdan so'ng Farg'onada “Istiqlol” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Yangier” bundan avvalgi turda safarda “Andijon” bilan bo'lib o'tgan bahsda durang natija qayd etgan edi. Bugun yangierliklar vodiyning yana bir jamoasi “Istiqlol” klubidan ochko olishga harakat qiladi.

-  Farg'onaning “Istiqlol” klubi kuni kecha Toshkentning “NBU-Osiyo” klubini o'z uyida qabul qilib yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi. “Istiqlol” shu kungacha 8ta uchrashuvnisafarda 8ta uchrashuvni uyda o'tkazgan. Bundan avvalgi 2ta turni o'z uylarida o'tkazgan farg'onaliklar bugun “Yangier” jamoasini qabul qiladi. “Istiqlol” shu paytgacha 16ta uchrashuv o'tkazgan bo'lsa shularning 8tasida g'alaba qozongan bo'lsa shulardan 5ta bahsda mag'lubiyatga uchratgan. 3ta uchrashuvda esa tomonlar muroza yo'lini tanlashgan.

-  Ushbu jamoalar ishtirokidagi uchrashuvga nazar tashlaydigan bo'lsak, musobaqa boshlanishi bilan “Yangier” ketma-ket 8ta uchrashuvda ketma-ket mag'lubiyatga uchragan va bo'r yo'g'i 3ta o'yinda g'alaba qozongan. Bundan olib qaraydigan bo'lsak bugun ustunlik ko'proq “Istiqlol” jamoasi tarafida bo'lishiga shubha yo'q.


“Andijon” – “NBU-Osiyo”

-  Bir necha turdan beri ochko yo'qotib kelayotgan Andijonning “Andijon” klubi bugun Toshkentning “NBU – Osiyo” jamoasini o'z uyida qabul qiladi. Bundan avvalgi turda “Andijon” safarda Farg'onaning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi 1:1.  Oliy ligadan tushib ketgandan beri 1-ligada “Andijon”ning ishlari u darajada yurishmayapti. Jamoada murabbiy ham almashtirildi. Tajribali mutaxassis Usmon Toshev bugun o'zining uchinchi uchrashuvini o'tkazadi. Xabar qilishlaricha murabbiyga 3ta uchrashuvda g'alaba qozonish vazifasi topshirilgandi. Usmon Toshev jamoa qabul qilib olgandan so'ng “Andijon” ikki uchrashuvda durang natija qayd etdi. Bundan buyog'iga “Andijon”ning ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Bugun Usmon Toshev birinchi g'alabasini qo'lga kiritadimi? Toshkentliklar bunga qanday javob beradi? Uchrashuvdan so'ng bilib olamiz.

-  Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi safarda jami 7ta uchrashuv o'tkazib shulardan 4tasida g'alaba qozongan 2ta uchrashuvda mag'lub bo'lgan va bittasida durang natidja qayd etgan. Bankchilar Toshkentda 9ta uchrashuv o'tkazgan shulardan 6tasida zafar quchgan 3ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan. “NBU-Osiyo” birinchi davrada “Andijon”ga qaraganda yaxshi natija qayd etmoqda va musobaqa jadvalida ikkinchi pog'onani band etib turipti.

-  Toshkentliklar bugun safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'lsa turnir jadvalidagi o'rnini yana ham yaxshilab oladi. “Andijon” esa oliy ligaga chiqish imkoniyatini biroz pasaytiradi. SHunday bo'lsada oldinda butun boshli ikkinchi davra turipti. 


Nasaf-2 (Qarshi) - G'allaorol (G'allaorol)

-  Qarshining “Nasaf-2” klubi turnir jadvalida aydi damda 17 ochko bilan 13 pog'onani band etib turipti. Bundan avvalgi turda qarshiliklar “Zomin” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi 1:1. “Nasaf-2” klubi bugun o'z uyida “G'allaorol” jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahsda qarshiliklarning imkoniyatlari biroz ko'proq. CHunki “Nasaf-2” o'z uyida musobaqa jadvalida yuqori o'rinda turgan jamoalarni ham mag'lubiyatga uchratib kelmoqda.

-  “G'allaorol” bundan avvalgi turda Termizning “Surxon” jamoasi mehmoni bo'ldi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jizzaxliklar musobaqa fjadvalida 12 ochko jamg'argan holda so'nggi pog'onalardan birini egallab turipti. Bugun “G'allaorol” safarda “Nasaf-2” klubi mehmoni bo'ladi. Jizzaxliklar iloji boricha bugun mehmondan ochko bilan qaytishlari kerak. Agarda ikkinchi davrada ham shunday ketishda davom etsa Jizzax klubi quyi ligaga tushib ketishi ham mumkin.


Surxon (Termiz) – Zomin (Zomin)

-  Termizning “Surxon” jamoasi o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Bundan avvalgi turda “Surxon” o'z uyida Jizzaxning “G'allaorol” klubini qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng “Surxon” musobaqa jadvalida 31 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.

-  Jizzaxning “Zomin” klubi bugun safarda “Surxon” jamoasi mehmoni bo'ladi. Jizzaxliklar turnir javdalida o'zidan oldingi raqiblaridan 3-4 ochkoga ortda bormoqda. Agrada bugun “Zomin” safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'lsa “Surxon” jamoasidan oldinga o'tib ketadi. Bundan avvalgi turda “Zomin” safarda Qarshining “Nasaf-2” klubiga qarshi bahs olib borib durang natija qayd etgandi 1:1.

-  Bugungi bahsda “Surxon” g'alaba qozonishi mumkin. Sababi termizliklar o'z uylarida 1ta uchrashuvda ma-lubiyatga uchragan. Qolgan uy o'yinlarida yoki g'alaba qozongan yoki bo'lmasam durang natija qayd etgan. “Zomin” jamoasi safardan ochko bilan qaytishi dargumon.


Orol (Nukus) – Lokomotiv-BFK (Toshkent)

-  Toshkentning “Lokomotiv-BFK” klubi bugun safarda Nukusning “Orol” jamoasi mehmoni bo'ladi. Bundan avvalgi turda “temiryo'lchilar” safarda “Xorazm” jamoasi bilan bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bundan bir necha tur avval Toshkentning boshqa bir jamoasi “NBU-Osiyo” klubi “Orol” mehmoni bo'lgan va 3:1 hisobida raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Bugun “temiryo'lchilar” hamshaharlari qayd etgan natijasini takrorlay oladimi? Bunga “Orol” yo'l qo'yib bermasligi aniq. Ikkala jamoaga ham bugungi bahs qiyin o'tishi aniq. Takidlash kerakki ushbu jamoalar turnir jadvalida bir xil 20 ochkodan jamg'argan holda ketma-ket o'rinlarni egallab turishibdi.

-  Avvalgi turda “Orol” Uychining “Xotira-79” jamoasini qabul qilib yirik 8:2 hisobida g'alaba qozonishgan. “Xotira-79” ustidan qozonilgan yirik g'alaba “Lokomotiv-BFK”ga qarshi uchrashuvda nukusliklarga ruhiy ustunlik taqdim etishi mumkin.

  

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Cementchi (Quvasoy)

-  Vodiyning ikki jamoasi bugun maydonda o'zaro hisob-kitob qilishadi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Cementchi” safarda “Yozyovon-lochinlari”ga qarshi bahs olib boradi. “Yozyovon-lochinlari” bundan avvalgi turda “Andijon” jamoasi bilan bahs olib borishi kerak edi. Ammo bazi bir sabablarga ko'ra ushbu uchrashuv 29 iyun sanasiga ko'chirildi. “Yozyovon-lochinlari” bugun turnir peshqadamidan ochko olishga harakat qilib ko'radi. Ammo bu ish yozyovonliklar uchun juda ham qiyin bo'ladi. Sababi “Cementchi” 13ta uchrashuvda zafar quchgan, shularda 6tasini safarda qo'lga kiritgan.

-  Bugun “Yozyovon-lochinlari” g'alaba qozonsa ham “Cementchi” peshqadamlikni taqib qilib kelayotgan jamoaga berib qo'ymaydi. CHunki ikkinchi o'rinni egallab turgan jamoa bilan “Cementchi” o'rtasidagi ochkolar farqi 7 ochkoni tashkil etadi. SHu bois Quvasoy jamoasi birinchi davra g'olibi bo'ldi.


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика