So’nggi yangiliklar

18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  0 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  0 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  1 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  4 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футзал бўйича Жаҳон чемпионати чипталари сотуви старт олди  0 16:23Элдор Шомуродов учун қийин танлов. Ҳамма гап 1,6 миллиард долларга қурилган стадионда  9 16:10Легионер мураббий, "Насаф" посбони ва "Металлург" ҳимоячиси — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  3 16:00ПРО-Лига. 16-тур расмийлари эълон қилинди  1 15:429 нафар гол урган футболчи — Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:19"Лестер" Бундеслига чемпионини ўз сафига қўшиб олишга яқин  2 14:56Сариқ олган Моуриньо, гол урган Алиқулов. Туркия Суперлигасида 1-тур қандай ўтди?  1 14:40⚡️ МЛС клуби Элдор Шомуродовни "Рома"дан сотиб олмоқчи  21 13:35"Боруссия Дортмунд" Байерни сотиб олди?!  3 13:13"Марсель" Ҳусановнинг жамоадоши учун 25 млн евро ва бонуслар ажратишга тайёр  1

Birinchi liga. 15-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 15-tur statistikasi

Yakshanba kuni birinchi liganing 15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek poyoniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“UZDONGJU” 5-O'RINNI RASMIYLASHTIRDI YOXUD 3-O'RIN UCHUN KURASH DAVOM ETADI
Bo'lib o'tgan 8ta o'yinning 4tasida mezbon jamoalar g'alaba qozondi. Qolgan 4ta uchrashuvda esa mehmonning qo'li baland kelgan. Etiborlisi 15-turda durang natijasi qayd etilmadi.

O'z maydonida “Istiqlol”ni qabul qilgan “Mashal-2” yakshanba kuni raqibini ayab o'tirmadi va javobsiz 6ta (!) gol kiritdi. Aytish kerakki, mazkur uchrashuv toshkentliklarning Muborakka biroz kech qolib borishi natijasida 14:30da boshlanganligi haqida malumot bor. Vaholanki reglamentga ko'ra, chempionatning oxirgi ikki turi bir vaqtda o'tkazilishi haqida yozib o'tilgan. SHunga qaramay Muborakdagi bahs 14:30da start oldi.

“SHo'rtan”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ygan “Paxtakor-2” ushbu turda G'uzorga tashrif buyurdi. Bu safar Muxtor Qurbonov jamoasi raqibdan revansh oldi.

Kosonning “Alanga” jamoasi o'z uyida qimmatli ochkoni boy berdi. Uning raqibi “UzDongJu” irodali g'alabaga erishib, chempionatni 5-o'rinda tugatadigan bo'ldi.

Uy jamoasiga aylanib qolgan “SHerdor” ushbu turda anchagina kuchsizlanib ketgan “Xotira-79”ni qabul qilib, arang g'alabaga erishdi. Garchi uchrashuvda birinchi bo'lib uychiliklar hisobni ochishgan bo'lsada, yakunda samarqandliklar 3ta to'p kiritib, g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi.  

“G'allakor-Avtomobilchi” hamon muxlislarini ajablantirishda davom etmoqda. Jamoa ikkinchi bosqichda raqiblariga ochko ulashishdan “charchamayapti”. Bu jamoa yodingizda bo'lsa, birinchi davrada Toshkentda “Oq-tepa”ga 10:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ikkinchi davradagi bahsda esa o'z maydonida 5:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Ketma-ket omadsizliklarga duch kelgan “Zomin” nihoyat 15-turga kelib o'zida kuch topa oldi va “NBU-Osiyo”ni mag'lubiyatga uchratdi. Bosh murabbiysiz qolgan bo'lishiga qaramay zominliklar yakshanba oqshomida muxlislarini g'alaba bilan xursand qila oldi.

Turning markaziy uchrashuvi Nukusda kechdi. Unda “Orol” liga debyutanti “Obod”ga imkoniyatni boy berdi.

Urganchda muxlislarning jamoadan ko'ngli sovub ketgan ko'rinadi. SHuning uchun ham “Qo'qon-1912”gar qarshi bahsga oz miqdorda tomoshabin kirgan. O'tgan turda oliy liga yo'llanmasini naqd qilgan qo'qonliklar shunga qaramay bu safar g'alabaga erishdi.  

15-tur. 26 oktyabr (yakshanba)
“Mashal-2” – “Istiqlol” 6:0
“SHo'rtan” – “Paxtakor-2” 2:0
“Alanga” – “UzDongJu” 1:2
“SHerdor” – “Xotira-79” 3:1
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Oq-tepa” 1:5
“Zomin” – “NBU-Osiyo” 2:1
“Orol” – “Obod” 1:2
“Xorazm” – “Qo'qon-1912” 0:3


GOLLAR
* Ortda qolgan turning 8ta o'ynida jami 30ta gol kiritilgan.
* Har bir bahsga o'rtacha 3,375tadan to'p demakdir.
* Mezbon jamoalar 16ta to'p kiritgan.
* Qolgan 14ta gol esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 4ta gol kiritilgan.
* Ikkinchi taymda esa sermahsullik oshdi va yana 26ta to'p qayd etildi.
* Turning eng tezkor goli 34-daqiqada urilgan. Uning muallifi “Qo'qon-1912” hujumchisi Doniyor Usmonov bo'ldi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli 90+3-daqiqada sodir bo'ldi. “SHerdor” azosi Jasur Qurbonov ushbu soniyada “Xotira-79” darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.
* 6ta penalti! Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.
Viktor Klishin (“SHo'rtan”) – aniq.
Fehruz Salohitdinov (“UzDongJu”) – aniq.
Akbar Ismatullaev (“Alanga”) – aniq.
Nurlibek Talasboev (“Orol”) – aniq.
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – aniq.
Dilshod Isoqulov (“SHerdor”) – aniq.
* 1ta dubl! “Qo'qon-1912” himoyachisi Rustam Ashurmatov “Xorazm” darvozasini ikki bor aniq nishonga ola bildi.
* 1ta poker! “Mashal-2” hujumchisi Humoyun Murtazovning ishtaxasi 15-turga kelib ochildi. Bungacha hisobida bitta gol bo'lgan futbolchi yakshanba kuni “Istiqlol” darvozasiga 4ta to'p kiritdi.
* “Mashal-2” jamoasi mazkur turda eng ko'p to'p kiritgan jamoaga aylandi, 6ta!
* “Istiqlol” esa bu borada aksincha natija qayd etdi.
* “SHo'rtan”, “Qo'qon-1912” hamda “Mashal-2” jamoalari ushbu turda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi.
 
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushb turda jami 29ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 3,625tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoa o'yinchilaridan 18 nafariga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Mehmonlar hisobiga esa 11ta ogohlantirish yozildi.
* Birinchi bo'limda qayd etilgan sariq kartochkalar soni 16tani tashkil etdi.   
* Ikkinchi taymda esa yana 13ta futbolchi ogohlantirilgan.
* Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa “Alanga” bo'ldi, 6ta!
* “Qo'qon-1912”, “Oq-tepa” va “Zomin” futbolchilaridan birortasi ham sariq kartochka olmadi va bu borada ular qolganlarga namuna bo'ldi.
 
8TA O'YINDA JAMI 2987 TA MUXLIS!!!
15-tur uchrashuvlari garchi yakshanba, dam olish kunida o'tkazilgan bo'lsada, ishqibozlarda u qadar katta qiziqish uyg'ota olmadi. Sababi turning 8ta o'yiniga jami 2987ta muxlis kirdi xolos! Albatta bu achinarlidir.
Eng ko'p tomoshabin kirgan bahs “SHo'rtan” – “Paxtakor-2” (2:0) bo'ldi.
Aksincha xolat esa Urganchda kuzatildi. O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan jamoaning bu yilgi xolati tabiiyki muxlislarni qoniqtirmayotgani ko'rinib turibdi.  
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Mashal-2 – Istiqlol – 6:0. 113 tomoshabin.
SHo'rtan  – Paxtakor-2  – 2:0. 1317 tomoshabin.
Alanga – UzDongJu – 1:2. 73 tomoshabin.
SHerdor – Xotira-79 – 3:1. 102 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Oq-tepa – 1:5. 450 tomoshabin.
Zomin – NBU-Osiyo - 2:1. 756 tomoshabin.
Orol – Obod – 1:2. 123 tomoshabin.
Xorazm – Qo'qon-1912 – 0:3. 53 tomoshabin.

TURNIR JADVALI
#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1SHo'rtan29242385 - 176874
2Qo'qon-191229222573 - 274668
3Oq-tepa29194668 - 383061
4Obod29193759 - 322760
5UzDongJu291711149 - 381152
6NBU-Osiyo291351154 - 441044
7Mashal-2291341232 - 41-943
8Paxtakor-2291151349 - 56-738
9Zomin291061336 - 42-636
10Orol291041532 - 36-434
11Alanga29951537 - 53-1632
12Xorazm29881336 - 49-1332
13Istiqlol291011853 - 68-1531
14Xotira-7929761639 - 58-1927
15SHerdor29751720 - 61-4126
16G'allakor Avtomobilchi29132533 - 95-626



OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Ertaga chempionatning so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda muxlislar quyidagi to'qnashuvlarga guvoh bo'ladi.
16-tur. 29 oktyabr (chorshanba)
14:00. “SHo'rtan” – “Istiqlol”
14:00. “Mashal-2” – “Paxtakor-2”
14:00. “SHerdor” – “UzDongJu”
14:00. “Alanga” – “Xotira-79”
14:00. “Zomin” – “Oq-tepa”
14:00. “G'allakor-Avtomobilchi” – “NBU-Osiyo”
14:00. “Xorazm” – “Obod”
14:00. “Orol” – “Qo'qon-1912”

Islombek Rustambekov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика