So’nggi yangiliklar

13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  1 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  2 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  5 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  5 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4

Birinchi liga. 14-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 14-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga14-tur
27 oktyabr kuni birinchi liganing ikkinchi bosqichidan o'rin olgan 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Bugun esa navbatdagi tur bahslariga start beriladi. Odatga ko'ra yakuniga etgan o'yinlardagi etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

AUTSAYDERLAR INTRIGASI HAM DAVOM ETADI
14-turning 8ta o'yinidan 4tasida mezbon jamoalar g'alaba qozongan. 3ta bahsda esa mehmonlar zafar quchgan bo'lsa, qolgan 1ta uchrashuvda esa durang qayd etildi.
Aytish lozimki autsayderlar o'rtasida kechayotgan intriga ham tobora qizib bormoqda. Ligada “jon saqlab” qolishga xarakat qilayotgan “Lokomotiv-BFK” ushbu turda o'z uyida “UzDongJu”ni qabul qilib, qimmatli ochkolarni boy berdi. Aksiga olib uning asosiy raqobatchisi bo'lgan “Orol” esa o'tgan haftada “NBU-Osiyo”ni mag'ulb etdi. Natijada nukusliklar xavfli zonadan biroz bo'lsada uzoqlashishga muvaffaq bo'ldi.

Turnir jadvalida “Oq-tepa” bilan “Obod”ning ham bir-birini quvishi hamon davom etmoqda. Bu esa tabiiyki ishqibozlarning qiziqishini orttirib yubormoqda deyish mumkin. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bir ochkolik farq har ikki klub azolarini ham katta hayajon ostida ushlab turibdi. “Obod” asosiy taqibchisi “Oq-tepa”ni “qoqilishini” kutayotgan bo'lsa, “Oq-tepa” jamoasi esa qolgan 2ta o'yinda 100 foizlik natija qayd etishga xarakat qilmoqda. Ko'ramiz bu borada kimning omadi choparkin.

Lokomotiv-BFK – UzDongJu – 0:2.
Mashal-2 – Kosonsoy – 2:0.
Obod – Cementchi – 6:3.
Nasaf-2 – Paxtakor-2 – 2:3.
Xorazm – Xotira-79 – 4:1.
Orol – NBU-Osiyo – 2:1.
G'ijduvon – Oq-tepa – 0:1.
Zomin – Yozyovon-Lochinlari – 1:1.

GOLLAR
* Ushbu turdagi 8ta o'yinda jami 29ta gol qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan to'p demakdir.
* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 17tani tashkil etdi.
* Qolgan 12ta to'p esa mehmonlar hisobiga yozildi.  
* Uchrashuvlarning birinchi taymida kiritilgan gollar soni 11ta bo'ldi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik birmuncha ortdi va yana 18ta gol qayd etildi.
* Turning eng tezkor goli 5-daqiqada kiritildi. “UzDongJu” yarim himoyachisi Muhammadyusuf Abdumajidov ushbu soniyada “Lokomotiv-BFK” darvozasini ishg'ol etdi.
* Turning eng so'nggi goli esa 90+3-daqiqada urildi. “Paxtakor-2” o'yinchisi Ramziddin To'xtanazarov jamoasining “Nasaf-2”ga qarshi kechgan bahsida g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'ldi.  
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Obod” bo'ldi. Poytaxtlik futbolchilar “Cementchi”ga qarshi bahsda 6ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.  
* “UzDongJu”, “Mashal-2” va “Oq-tepa” jamoalari esa ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
* 3ta dubl. Sanjar Qodirqulov, Alisher Azizov (“Obod”) va Temur Bekjonov (“Xorazm”) ushbu turda ikkitadan gol urgan futbolchilar bo'ldi.   
* 3ta penalti belgilandi. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan. Adham Ahmadjonov (“Paxtakor-2”), Alisher Azizov (“Obod”) va Maqsud Mahmudov (“Mashal-2”) nuqtadan adashmadi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 30ta sariq kartochka qayd etildi.  
* Har bir bahsga o'rtacha miqdorda 3tadan ogohlantirish demakdir.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 14 nafar futbolchi sariq kartochka bilan “siylandi”.
* Qolgan 16ta sariq kartochka esa ikkinchi bo'limda qayd etildi.
* Mezbon jamoalarning 17ta nafar o'yinchisi sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
* Mehmonlardan esa 13ta futbolchi.
* Etiborlisi “Xorazm” – “Xotira-79” uchrashuvida birorat ham sariq yoki qizil kartochka kuzatilmadi. SHu tariqa ular boshqa jamoalarga namuna ko'rsatdi.
* SHuningdek safarda o'ynagan “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi ham tartib-intizom borasida qolganlarga o'rnak bo'ldi.
* “Nasaf-2” – “Paxtakor-2” (2:3) va “Orol” – “NBU-Osiyo” (2:1) uchrashuvida esa boshqalarga nisbatan eng ko'p sariq kartochka qayd etildi. Har bir jamoaning uchtadan futbolchisiga ogohlantirish.  

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Eng yuqori ballni Igor Xudaydatov oldi. “Xorazm” – “Xotira-79” (4:1) uchrashuvini boshqarib borgan hakamning ishini nazoratchi Andrey Klepikov 8,5 ballga munosib baholadi.  
* “Zomin” – “Yozyovon-Lochinlari” (1:1) bahsini boshqargan Firdavs Norsafarov esa 8,0 ball oldi va bu borada u nisbatan eng past bahoga ishladi.  

Nasaf-2 – Paxtakor-2 – 2:3.
Hakamlar:
E. Tursunov – 8,2, X. Otamurotov – 8,0, D. Jumaniyozov – 8,0, K. Ismoilov – 8
Nazoratchi: B. Tog'aev.

Lokomotiv-BFK – UzDongJu – 0:2.
Hakamlar:
D. Karimov – 8,2, F. Usmonov – 7,7, Z. Eliboev – 7,7, I. Garmashov – 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov.

Zomin – Yozyovon-Lochinlari – 1:1.
Hakamlar:
F. Norsafarov – 8,0, SH. Rajabov – 8,0, SH. Rahmatov – 8,0, SH. Fayziev – 8
Nazoratchi: X. Muxtorov.

Obod – Cementchi – 6:3.
Hakamlar:
J. Muxtorov – 8,3, D. Akmalov – 8,4, S. Abdurahmonov – 8,6, A. Najafaliev – 9
Nazoratchi: A. Tambovcev.

Xorazm – Xotira-79 – 4:1.
Hakamlar:
I. Xudaydatov – 8,5, D. Iskandarov – 8,4, T. Suyunov – 8,3, A. Alimov – 8
Nazoratchi: A. Klepikov.

Mashal-2 – Kosonsoy – 2:0.
Hakamlar
: A. SHukurullaev – 8, 1, S. Nishonboev – 7,7, N. Anfinogenov – 8,4, A. Kalinin – 8
Nazoratchi: M. SHaripov.

G'ijduvon – Oq-tepa – 0:1.
Hakamlar:
I. Ibragimov – 8,2, B. Konnazarov – 8,3, D. Sarsenov – 8,4, B. Qodirov – 9
Nazoratchi: E. Musaev.
 
Orol – NBU-Osiyo – 2:1.
Hakamlar:
N. Qosimov – 8,2, SH. Yuldashev – 8,4, D. Ubaydullaev – 8,6, A. Orzibekov – 9
Nazoratchi: M. Ismoilov.

MUXLISLAR

* 14-turning 8ta o'yiniga jami 4484 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 560tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz “Zomin” – “Yozyovon-Lochinlari” bahsida kuzatildi.
* Aksincha “Lokomotiv-BFK” esa bu borada antirekord qayd etishda davom etmoqda.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Lokomotiv-BFK – UzDongJu – 0:2. 56 tomoshabin.
Mashal-2 – Kosonsoy – 2:0. 89 tomoshabin.
Obod – Cementchi – 6:3. 107 tomoshabin.
Nasaf-2 – Paxtakor-2 – 2:3. 115 tomoshabin.
Xorazm – Xotira-79 – 4:1. 156 tomoshabin.
Orol – NBU-Osiyo – 2:1. 621 tomoshabin.
G'ijduvon – Oq-tepa – 0:1. 1542 tomoshabin.
Zomin – Yozyovon-Lochinlari – 1:1. 1642 tomoshabin.


TURNIR JADVALI



TO'PURARLAR
Alisher Azizov (“Obod”) – 24ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 21ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 20ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 19ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 18ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 17ta


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
15-tur. 2 noyabr (dushanba)
“Paxtakor-2” – “Orol”
“UzDongJu” – “Nasaf-2”
“Yozyovan-Lochinlari” - “Lokomotiv-BFK”
“Cementchi” – “Zomin”
“Xotira-79” – “Obod”
“Kosonsoy” – “Xorazm”
“Oq-tepa” – “Mashal-2”
3 noyabr (seshanba)
“NBU-Osiyo” – “G'ijduvon”


Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика