So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  1 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Birinchi liga. 12-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 12-tur statistikasi

8-9 oktyabr kunlari birinchi liganing 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi turga start beriladi. Odatdagidek, bo'lib o'tgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“ZOMIN”NING XATOSI TAYYOR G'ALABANI BARBOD QILDI YOXUD “SHO'RTAN” OLIY LIGANI RASMIYLASHTIRDI
Ortda qolgan turda bo'lib o'tgan bahslarga qisqacha to'xtalib o'tamiz. O'z maydonida Toshkentning “Istiqlol” jamoasini qabul qilgan “Zomin” 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Ammo yakunda bu chippakka chiqarildi. Boisi zominliklar sariq kartochkasi 4taga etgan o'yinchisini maydonga tushirib yuborgan. Bu esa “Istiqlol”ga texnik g'alaba keltirdi. SHu tariqa “Zomin” hisobidan 3 ochko olib tashlandi. 

Ikkinchi bosqichda muxlislarini ajablantirib kelayotgan “G'allakor-Avtomobilchi” hamon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. CHorshanba oqshomida “Paxtakor-2”ni qabul qilgan g'allaorolliklar garchi uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishgan bo'lsada, keyinchalik o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchradi.
Vali Sultonov jamoasi “Xorazm” ham barqarorlikka erishishi qiyin kechmoqda. Urganchliklar bu safar mag'lub bo'ldi.  

O'tgan turda o'z maydonida ochko yo'qotgan “Orol” bu safar g'alabaga erishdi. “Xotira-79”ning aslida ham mehmonda uch ochko bilan qaytishiga ishonish qiyin edi.

G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi 12-turga kelib oliy ligani rasmiylashtirdi. “Oq-tepa”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozongan holda, joriy mavsumdagi vazifasini bajardi.

“Mashal-2” o'z maydonida “NBU-Osiyo”ni qabul qildi. Uchrashuvda esa hisob ochilmadi va tomonlar o'zaro durangga imzo chekdi.

 “Obod” oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Qo'qon-1912”ni ortidan quvishda davom etmoqda. Xayrulla Abdiev boshchiligidagi toshkentliklar bu safar “SHerdor” maydoniga safar uyushtirib g'alabaga erishdi.

Kosonda sensaciya yuz berishiga bir bahya qoldi. Sababi “Alanga” – “Qo'qon-1912” uchrashuvida birinchi bo'lib mezbonlar hisobni ochishga erishdi. Oradan 15-20 daqiqa o'tgach esa mehmonlar hisobni tenglashtirishga erishdi va keyinroq yana ikkita gol kiritib, g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi.
   
 12-tur. 8 oktyabr (chorshanba)
“Zomin” – “Istiqlol” – /+
G'allakor-Avtomobilchi” – “Paxtakor-2” 1:2
“Xorazm” – “UzDongJu” 1:2
“Orol” – “Xotira-79” 2:1
“SHo'rtan” – “Oq-tepa” 3:1
“Mashal-2” – “NBU-Osiyo” 0:0
9 oktyabr (payshanba)
“SHerdor” – “Obod” 1:2
“Alanga” – “Qo'qon-1912” 1:3

GOLLAR
* Ushbu turda kiritilgan umumiy gollar soni 20tani tashkil etdi.
* Har bir o'yinga o'rtacha 2,5tadan gol demakdir.
* Mezbonlar tomonidan urilgan gollar 9ta.
* Mehmonlar hisobiga esa 11 gol yozildi.
* Birinchi bo'limda kiritilgan umumiy gollar soni 4tani tashkil etdi.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 16ta to'p kiritilgani qayd etilgan.
* Bundan ko'rinib turibdiki, uchrashuvlarning ikkinchi taymi nisbatan gollarga boy bo'lgan.
* Turning eng tezkor goli 4-daqiqada sodir bo'ldi. “Xotira-79” himoyachisi G'ulomjon Otavaliev ushbu daqiqada o'z darvozasiga kutilmaganda to'p kiritib yubordi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli 86-daqiqada kiritildi. “Qo'qon-1912” hujumchisi Doniyor Usmonov ushbu daqiqada “Alanga” darvozasiga o'zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini kiritdi.
* 2ta dubl! Viktor Klishin va Doniyor Usmonov ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga erishdi.
* 4ta penalti! Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.
* Fehruz Salohitdinov (“UzDongJu”), Viktor Klishin (“SHo'rtan”), Berumiy Abdunabiev (“Oq-tepa”), Dilshod Isoqulov (“SHerdor”) bu borada nuqtadan adashmadi.
* 2ta avtogol! Qizig'i ularning ikkisi ham bitta uchrashuvda yuz berdi. Avvaliga “Xotira-79” himoyachisi G'ulomjon Otavaliev o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan bo'lsa, keyinroq “Orol” azosi Islom Seytnazarov ham avtogol muallifiga aylandi.
 
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 33ta sariq kartochka!
* Har bir bahsga o'rtacha 4,125tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning futbolchilaridan 17tasi ogohlantirilgan.
* Qolgan 16ta sariq kartochka esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Birinchi bo'limdagi sariq kartochkalar soni 11tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa yana 22ta o'yinchi ogohlantirilgan.
* Bundan ko'rinib turibdiki, uchrashuvlarning ikkinchi bo'limi asabiy va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan.
* “Alanga” – “Qo'qon-1912” bahsida bosh hakam Doniyor Dosanov birorta ham futbolchiga kartochka ko'rsatmagani etiborga molikdir.
* SHuningdek ushbu turda “UzDongJu” futbolchilari ham kartochka olmagan. Mazkur jamoalar ushbu turda bu borada boshqalarga o'rnak bo'ldi.
* “Mashal-2” – “NBU-Osiyo” bahsi esa aksincha kartochkalarga boy bo'ldi. Bosh hakam Dauletboy Jalimov mezbonlarning 3 nafar o'yinchisini, mehmonlardan esa 5ta futbolchini sariq kartochka bilan siyladi.
* 3ta chetlatish! Ikrom Ibragimov (“NBU-Osiyo”), Suhrob Sarimsoqov (“Zomin”) hamda Rasul Rahmonberdiev (“Istiqlol”) hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi va maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi.   

MUXLISLAR
* 12-tur o'yinlariga muxlislar tashrifi umumiy miqdorda 5636tani tashkil etdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 704tadan tomoshabin demakdir.
* Muxlislar tashrifi borasida G'arbda “Orol” bir necha turdan buyon peshqadam bo'lib kelmoqda. Bu safar ham Nukusdagi o'yinga nisbatan ko'p ishqiboz qadam ranjida qilgan.
* Bu borada har galgidek “SHerdor” “faollik” ko'rsatmoqda.   
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Zomin – Istiqlol – 4:1. 453 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Paxtakor-2 – 1:2. 103 tomoshabin.
Xorazm – UzDongJu – 1:2. 506 tomoshabin.
Orol – Xotira-79  – 2:1. 2247 tomoshabin.
SHo'rtan  – Oq-tepa  – 3:1. 1875 tomoshabin.
Mashal-2  – NBU-Osiyo  – 0:0. 157 tomoshabin.
SHerdor – Obod – 1:2. 77 tomoshabin.
Alanga – Qo'qon-1912 – 1:3. 218 tomoshabin.


TURNIR JADVALI

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1SHo'rtan26231282 - 156770
2Qo'qon-191226202467 - 244362
3Obod26172754 - 312353
4Oq-tepa26164658 - 362252
5UzDongJu261411138 - 34443
6NBU-Osiyo261151044 - 38638
7Mashal-2261141124 - 37-1337
8Orol261041229 - 28134
9Paxtakor-2261041243 - 52-934
10Zomin26961133 - 35-233
11Xorazm26881033 - 38-532
12Istiqlol26911649 - 59-1028
13Alanga26841432 - 48-1628
14SHerdor26651516 - 53-3723
15Xotira-7926561533 - 52-1921
16G'allakor Avtomobilchi26132227 - 82-556

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
13-tur. 15 oktyabr (chorshanba)

“Istiqlol” – “Alanga”
“Paxtakor-2” – “SHerdor”
“UzDongJu” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“Xotira-79” – “Zomin”
“Obod” – “Mashal-2”
“Qo'qon-1912” – “SHo'rtan”
16 oktyabr (payshanba)
“Oq-tepa” – “Orol”
“NBU-Osiyo” – “Xorazm”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика