So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  20 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

Birinchi liga. 10-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 10-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga
2-3 oktyabr kunlari birinchi ligada ikkinchi bosqichning 10-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, yakunlangan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“ZOMIN”DAN “OBOD”GA SOVG'A YOXUD “OQ-TEPA” HAM MAG'LUBIYATGA UCHRADI
Ortda qolgan 10-turda ham muxlislar bir qator qiziqarli o'yinlarga guvoh bo'ldi. Bu safar barcha uchrashuvlar bo'lib o'tganini ham aytib o'tish kerak. 8ta bahsning 3tasida mehmon jamoalar muvaffaqiyat qozondi. Qolgan 5ta o'yinda esa mezbonlarning qo'li baland kelgan.

G'ijduvonga bu safar ham 11-12 nafar o'yinchi bilan tashrif buyurgan yozyovonliklar shunga qaramay, uch ochko bilan qaytganini alohida etirof etish joizdir. Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoaga aftidan safarga 12 nafar futbolchi bilan borish omadli shekilli. Yodingizda bo'lsa o'tgan safar ham “Yozyovon-Lochinlari” Nukusga borib, “Orol”ni mag'lub etib qaytgandi. So'nggi vaqtlarda oylik maosh nima ekanligini bilmay kelayotgan yozyovonlik futbolchilarning ko'rsatayotgan natijasi tahsinga loyiq ekanligini yana bir bor takidlab o'tmoqchimiz. “G'ijduvon”haqida esa shuni aytish mumkinki, jamoa endi har qancha urinmasin baribir ligani tark etadigan bo'ldi.  

Moliyaviy muammolarga burkanib qolgan “Orol”ning natijalari bu yil muxlislarini sira qanoatlantirmayapti. Safar o'yinlariga mablag' topa olmay, bormay qo'ya qolayotgan jamoadagi vaziyat juda ham achinarlidir. Futbolchilar bilan o'zaro suhbatlashganimizda, har xolda shunday tasavvurga ega bo'ldik.

Nukusliklar mazkur turda “Cementchi”ni qabul qildi. SHaroit bobida ikki xil vaziyatda bo'lgan bu ikki jamoa o'rtasidagi bahsda mehmonlar g'alabani ilib ketdi. Nukusliklar o'z maydonida muxlislarini quvontirish uchun har qancha urinmasin bari xarakatlar zoe ketdi. Yakunda esa quvasoyliklar uch ochkoni qo'lga kiritdi.
“Nasaf-2” jamoasi o'z maydonida “Xotira-79”ni qabul qilib, bu safar ham muvaffaqiyat qozondi. Yodingizda bo'lsa qarshiliklar birinchi davradag bahsda ham 3:2 hisobida raqibini mag'lubiyatga uchratgandi. Bu safar 1ta gol o'yin taqdirini hal etdi. Eshitimizga qaraganda, uychiliklarni ham safar o'yiniga mamuri olib borayotgan ekan. O'ylanib qolasan kishi, nahotki safarga 12-13 nafar futbolchi bilan borib o'ynab qaytish, birinchi ligada urfga aylanib qolayotgan bo'lsa?!
Birinchi ligada qolish uchun jiddiy kurashayotgan “Lokomotiv-BFK” bu gal “Kosonsoy”ni qabul qilib, o'z uchun kerakli bo'lgan natijani qo'lga kirita oldi.

Nihoyat turning markaziy uchrashuvi haqida. “Zomin” o'z uyida turnir peshqadami “Oq-tepa”ni qabul qildi. “Obod”ni o'zaro ikki o'yinda ham mag'lub etgan “Oq-tepa” Zominda “qoqildi”. Ildar Sakaev boshqaruvidagi jamoa “Zomin”ni birinchi davrada 6:1 hisobida taslim etgandi. Zominliklar ham bunga munosib ravishda javob qaytarishga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi va yakunda 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu esa “Obod”ga munosib sovg'a bo'ldi va asosiy raqibini taqib etishda davom etadi.   
10-turda muxlislar yana poytaxt derbisiga guvoh bo'ldi. Elitaga chiqishdan umidini uzmayotgan “Obod” o'z maydonida “bankirlar”ni qabul qilib, g'alabaga erishdi.
“Xorazm” esa Jasur Abduraimovsiz qolgan “Paxtakor-2”ni qabul qildi. Aftidan toshkentliklarga bosh murabbiyning yo'qligi tasir o'tkazmoqda. Boisi “Paxtakor-2” so'nggi paytlarda o'ziga o'xshamayapti. Urganchda kechgan bahsda ham 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

Turning kutilmagan natijasi Muborakda qayd etildi. Ochig'i ko'pchilik “Mashal-2”ning o'z uyida ochko yo'qotmasligiga ishonch bilan qaragandi. CHunki Andijonda o'tgan dastlabki bahsda tomonlar nursiz durangga erishgandi. Bu gal esa “gazchilar”ning muvaffaqiyati tahmin qilingandi. Qaysidir manoda “UzDongJu”ning ham safardan ochko bilan qaytishiga umid qilganlar ham yo'q emasdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmagach ham ikkinchi taymda 5ta to'p kiritilishini ko'pchilik kutmagan bo'lsa ajab emas. Ammo andijonliklar buni uddasidan chiqdi. “Bo'yoqchilar”ning to'purar hujumchisi Islom Karimov gollar shousini o'zi boshlab, uning o'zi tugatib bergani ham etiborga molikdir. Ushbu g'alabadan so'ng “UzDongJu” turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.   

G'ijduvon  – Yozyovon-Lochinlari  – 2:4.
Orol – Cementchi – 1:2.
Nasaf-2 – Xotira-79 – 1:0.
Lokomotiv-BFK – Kosonsoy – 3:1.
Zomin – Oq-tepa – 2:0.
Obod – NBU-Osiyo – 1:0.
Xorazm – Paxtakor-2 – 2:0.
Mashal-2 – UzDongJu – 0:5.


GOLLAR
* 10-turning bo'lib o'tgan 8ta o'yinida jami 24ta gol kiritildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 12tani tashkil etdi.
* Qolgan 12 gol esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollari soni 9tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa sermahsullik ortdi va yana 15ta to'p kiritildi.
* Turning eng tezkor goli 8-daqiqaga to'g'ri keldi. “Obod” hujumchisi SHoxruz Norxonov ushbu soniyada “NBU-Osiyo” darvozasini ishg'ol etgan.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90+2-daqiqada sodir bo'ldi. “UzDongJu” futbolchisi Islom Karimov “Mashal-2” darvozasiga o'zining ikkinchi, jamoasining esa beshinchi to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
* 3ta dubl! “Yozyovon-Lochinlari”ning ikki o'yinchisi SHarif Mirzaev bilan Bekzod Maxpraliev ushbu turda dubl qayd etib, jamoasining safardagi g'alabasini taminladi. SHuningdek “UzDongJu” hujumchisi Islom Karimov ham ushbu turda o'z hisobga ikkita gol yozdirib qo'ydi.
* Mazkur turda eng ko'p gol urgan jamoa “UzDongJu” bo'ldi, 5ta!
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa “Mashal-2”bo'ldi.
* Gollar haqida gap ketganida “G'ijduvon”ning antipekordini aytib o'tish lozim. SHerzod Sattorov jamoasi so'nggi uch o'yindan buyon o'z darvozasidan 4tadan to'p o'tkazib yubormoqda. “Zomin” esa oxirgi uch turdan beri o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormayapti. Ko'ramiz, ushbu quruq seriyani ular nechanchi turga qadar davom ettira olarkin. “Cementchi” jamoasi so'nggi 5 o'yindan beri o'z darvozasidan bir xilda 1tadan to'p o'tkazib kelmoqda.
* 2ta penalti! Ushbu turda belgilangan ikkita penalti ham bitta o'yinda qayd etildi. Yanada etiborlisi ularning har ikkisi ham noaniq amalga oshirilgan. “Zomin” hujumchisi Doston Toshmatov va “Oq-tepa” to'purari Temur Hakimovdan bu safar omad yuz o'girdi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 37ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 4,625tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbonlarga 22ta sariq kartochka ko'rsatildi.
* Qolgan 15ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida hakamlar jami 15 nafar futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi.
* Ikkinchi taymda esa yana 22ta o'yinchi ogohlantirildi.
* Ushbu turda birorta ham sariq kartochka olmagan yagona klub – “Paxtakor-2” bo'ldi. “SHerlar” garchi 10-turda mag'lub bo'lgan ersada, tartib-intizom borasida boshqalarga namuna bo'ldi.
* “Zomin” bilan “Obod” jamoalaridan esa 4 nafar o'yinchi sariq kartochka bilan “siylandi”. Bu borada ular boshqalarni “ortda qoldirdi”.
* “Obod” – “NBU-Osiyo” uchrashuvida jami 7ta sariq kartochka qayd etildi. SHuningdek “Zomin” – “Oq-tepa” bahsi ham qo'polliklarga boy terzda kechgani, unda qayd etilgan kartochkalardan bilsa bo'ladi. 7ta sariq va 1ta qizil kartochka!
* “Xorazm” – “Paxtakor-2” va “Mashal-2” – “UzDongJu” uchrashuvida esa 3tadan sariq kartochka qayd etilib, bu borada mazkur o'yinlar nisbatan tartibli o'tgan bahslar sarasiga kirdi.
* 2ta qizil kartochka! Asiljon Mansurov (“Zomin”) bilan Nizomiddin Otaniyozov (“Xorazm”) uchrashuvning ikkinchi bo'limida hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib olib, maydonni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi. Endi ushbu futbolchilar keyingi turni o'tkazib yuborishga majbur.

ENG YUQORI BALL ERGASHEVDA. RASULOVDA ESA AKSINCHA
* Ushbu turda ishlagan bosh hakamlarning olgan ballariga etibor qartamiz.
* Bu borada toshkentlik Ahmad Ergashev boshqalarga nisbatan eng yuqori ballni olganini ko'rish mumkin. Nukusda kechgan “Orol” – “Cementchi” (1:2) bahsini boshqarib borgan Ergashevning hatti-xarakatini nazoratchi Mahmud SHaripov 8,3 ballga munosib deya baholadi.
* “Zomin” – “Oq-tepa” (2:0) uchrashuvida ishlagan Komiljon Rasulov esa boshqalarga nisbatan eng past olgan bosh hakam bo'ldi. Nazoratchi Andrey Klepikov qashqadaryorlik hakamning ishiga 7,6 ball qo'ydi.  

G'ijduvon  – Yozyovon-Lochinlari  – 2:4.
Hakamlar:
A. Najafaliev (Toshkent) – 8,1, D. Akmalov (Toshkent) – 8,0, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,1, U. Jumaev - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

 Orol – Cementchi – 1:2.
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent) – 8,3, SH. Rajabov (Buxoro) – 8,1, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,2, D. Iskandarov - 8
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).
 
Nasaf-2 – Xotira-79 – 1:0.
Hakamlar:
B.Yulcharaev (Guliston) – 8,0, F.Do'smatov (Guliston) – 8,2, T.Suyunov (Guliston) – 8,2, F.Norsafarov - 9
Nazoratchi: O.Dachev (Toshkent).
 
Lokomotiv-BFK – Kosonsoy – 3:1.
Hakamlar:
A.SHukurullaev (Toshkent) – 7,7, SH.Qayumov (Jizzax) – 8,0, U.Bobomurodov (Navoiy) – 8,3, A.Sidorov - 9
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).
 
Zomin – Oq-tepa – 2:0.
Hakamlar
: K.Rasulov (Qarshi) – 7,6, X.Otamurotov (Urganch) – 8,0, D.Jumaniyazov (Urganch) – 8,0, SH.Fayziev - 8
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Obod – NBU-Osiyo – 1:0.
Hakamlar:
A.Risqullaev (Toshkent) – 8,1, N.Anfinogenov (Toshkent) – 8,7, S.Nishonboev (Toshkent) – 8,7, D.Saylalov - 8
Nazoratchi: S.Zaylobidinov (Farg'ona).

Xorazm – Paxtakor-2 – 2:0. 312 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus) – 8,0, D. Sarsenov (Nukus) – 8,2, B. Kannazarov (Nukus) – 8,2, A. Alimov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Mashal-2 – UzDongJu – 0:5. 105 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 8,2, SH. Yuldashev (Guliston) – 8,0, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,3, N. Qosimov - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

MUXLISLAR
* 8ta o'yinga jami 4248 nafar tomoshabin qadam ranjida qildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 531tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz yana Zominda qayd etildi.
* Toshkentda esa aksincha.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Lokomotiv-BFK – Kosonsoy – 3:1. 36 tomoshabin.
Mashal-2 – UzDongJu – 0:5. 105 tomoshabin.
Nasaf-2 – Xotira-79 – 1:0. 123 tomoshabin.
G'ijduvon  – Yozyovon-Lochinlari  – 2:4. 152 tomoshabin.
Obod – NBU-Osiyo – 1:0. 152 tomoshabin.
Xorazm – Paxtakor-2 – 2:0. 312 tomoshabin.
Orol – Cementchi – 1:2. 842 tomoshabin.
Zomin – Oq-tepa – 2:0. 2526 tomoshabin.



TURNIR JADVALI



TO'PURARLAR:

Alisher Azizov (“Obod”) – 20ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 18ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 17ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 17ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 16ta
Davron Isoqov (“Kosonsoy”/ “Navbahor”) – 15ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 15ta


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
9 oktyabr (juma)
“UzDongJu” – “Xorazm”
“Yozyovon-Lochinlari” – “Mashal-2”
“Cementchi” – “G'ijduvon”
“Xotira-79” – “Orol”
“Kosonsoy” – “Nasaf-2”
“Oq-tepa” – “Lokomotiv-BFK“
“NBU-Osiyo” – “Zomin”
 10 oktyabr (shanba)
“Paxtakor-2” – “Obod”

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика