So’nggi yangiliklar

20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  0 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  0 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  1 18:00ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар (матнли трансляция)  211 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  5 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1

Birinchi liga. 10-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 10-tur statistikasi

O'tgan hafta birinchi liganing 10-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi turga start beriladi.
Odatimizga ko'ra, ortda qolgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

SENSACIYA KUZATILMADI
Mazkur turda rejadagidek, 8ta uchrashuv bo'lib o'tdi. O'yinlar uch kunda bo'ldi. 10-turning 4ta bahsida mezbonlar zafar quchgan bo'lsa, qolgan yana 4ta o'yinda mehmonlar muvaffaqiyat qozongan. Etiborlisi durang qayd etilmadi.
“Istiqlol” o'z maydonida “Xorazm”ni qabul qilib tayyor g'alabani qo'ldan boy berdi. Garchi uchrashuvda dastlab hisobni toshkentliklar ochishga erishgan bo'lsada, keyinchalik mehmonlar 2ta to'p kiritib g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi. SHu tariqa Vali Sultonov jamoasi safardan muhim uch ochko bilan qaytdi.
“Paxtakor-2” esa “Orol”ni qabul qildi. Penaltidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi.
“UzDongJu”ni bu turda o'ziga xos imtihon kutib turgandi. Sababi andijonliklar o'z maydonida turnir peshqadami “SHo'rtan”ni qabul qildi. “Bo'yoqchilar”ning haqiqiy kuchi mazkur o'yinda bilinadi degan tahmin yo'q emasdi. Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi g'uzorliklar Klishin va Muhammadjonov tomonidan kiritilgan gollar evaziga g'alaba qozondi.

“Xotira-79” hamon o'z muxlislarini ranjitishda davom etmoqda. Uychiliklar bu safar “Mashal-2”ni qabul qilib, raqibga imkoniyatni boy berdi. Dilshod Andaev boshchiligidagi muborakliklar vodiydagi ikkita o'yinda jami 3 ochko jamg'ardi. Aytish lozimki, “gazchilar” safida darvozabon Xusan Olimjonov juda iliq taassurot qoldirdi. Oldingi turda “UzDongJu” bilan bahsda jamoasini bir nechta muqarrar gollardan saqlab qolgan Olimjonov “Xotira-79”ga uchrashuvda penaltini qaytarishga erishgan.

Yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashda davom etayotgan “G'allakor-Avtomobilchi” 10-turda Qo'qonga tashrif buyurdi. Mezbonlar shu kuni jami 6ta gol kiritgan. SHundan bittasi g'allaorolliklar hisobiga yozildi.

Toshkentning “Obod” jamoasi raqiblarini ortiqcha ayab o'tirmayapti. Xayrulla Abdiev ilk mavsumdayoq kurashchan jamoa shakllantira oldi. CHunki “Obod” debyutant bo'lishiga qaramay, o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. “Zomin”ni qabul qilgan toshkentliklar raqib darvozasiga javobsiz naqd 4ta to'p kiritib, yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi.

Oliy ligaga chiqish borasida imkoniyati pasayib borayotgan “Oq-tepa” yakshanba kuni “SHerdor”ni mehmon qildi. Furqat Esonboev shogirdlari samarqandliklar darvozasiga 6ta to'p kiritib, yirik hisobda g'alabaga erishdi. 

“Bankirlar” ajablantirishda davom etmoqda. Ravshan Bozorov jamoasi bu safar “Alanga”ni qabul qildi. Uchrashuvda Akbar Ismatullaevning kiritgan yagona goli kosonliklarga uch ochko keltirdi.  

10-tur. 27 sentyabr (shanba)
“Istiqlol” – “Xorazm” 1:2.
“Paxtakor-2” – “Orol” 1:0.
“UzDongJu” – “SHo'rtan” 0:2.
“Xotira-79” – “Mashal-2” 2:3.
“Qo'qon-1912” – “G'allakor-Avtomobilchi” 5:1.
28 sentyabr (yakshanba)
“Obod” – “Zomin” 4:0.
29 sentyabr (dushanba)
“Oq-tepa” – “SHerdor” 6:0.
“NBU-Osiyo” – “Alanga” 0:1.

GOLLAR
* Mazkur turda kiritilgan umumiy gollari soni 28tani tashkil etdi.
* Bu har bir o'yinga o'rtacha 3,5tadan gol demakdir.
* Turning eng tezkor goli 7-daqiqada SHoxruz Norxonov (“Istiqlol”) tomonidan kiritildi.
* Aksincha turning eng so'nggi daqiqada urilgan goli 90+3-daqiqaga to'g'ri keldi. “Oq-tepa” himoyachisi Maqsud Hayitov ushbu daqiqada “SHerdor” darvozasini ishg'ol etdi.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar miqdori 19ta.
* Mehmonlar esa 9ta gol urgan.
* Birinchi bo'limda 12ta to'p kiritilgan.
* Ikkinchi taymda esa yana 16ta gol urilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, uchrashuvlarning ikkinchi bo'limi nisbatan sermahsul o'tgan.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Oq-tepa” bo'ldi, 6ta!
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa esa “SHerdor”.
* “Paxtakor-2”, “SHo'rtan”, “Alanga”, “Obod” va “Oq-tepa” o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
* 5ta penalti! SHundan 3tasi aniq tepilgan. Temur Tolipov (“Paxtakor-2”), Doniyor Usmonov (“Qo'qon-1912”) va Zokir Mirzaahmedov (“Oq-tepa”) bu borada nuqtadan adashmagan. SHahboz Jumaboev (“UzDongJu”) bilan Abdurazzoq Jo'raev (“Xotira-79”) esa 11 metrlik nuqtadan samarali foydalana olmadi.  
* 1ta avtogol. “Qo'qon-1912” himoyachisi Hasanboy Ergashev jamoasining “G'allakor-Avtomobilchi”ga kechgan o'yinida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan.
* 3ta dubl! SHokir Yuldashev (“Mashal-2”), Doniyor Usmonov (“Qo'qon-1912”) hamda Berumiy Abdunabiev (“Oq-tepa”) ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga erishdi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushbu turning bo'lib o'tgan 8ta o'yinida hakamlar jami 37ta sariq kartochka ishlatgan!
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 4,6tadan ogohlantirish demakdir.
* Birinchi bo'limda ko'rsatilgan sariq kartochkalar soni 10tani tashkil etdi.\
* O'yinlarning ikkinchi taymida esa yana 27ta futbolchi ogohlantirildi.
* Bundan ko'rinib turibdiki, o'yinlarning ikkinchi bo'limi keskin kurashlar ostida o'tgan.
* Mezbon jamoa futbolchilarining 17tasi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
* Qolgan 20ta sariq kartochka mehmon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan.
* “Xotira-79” va “Alanga” jamoasi futbolchilari bu turda birorta ham sariq kartochka olmasdan, bu borada boshqalarga namuna bo'lishdi.
* “Orol” bilan “Mashal-2” esa 4tadan sariq kartochka ishlab olib, nisbatan eng ko'p ogohlantirilgan jamoalar bo'lishdi.
* “Istiqlol” – “Xorazm” va “Obod” – “Zomin” bahsida nisbatan eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan. 6tadan!
* 4ta chetlatish!
* Mazkur turda hakamlar 4 nafar o'yinchini barvaqt maydonni tark etishga majbur qildi. * Birinchi bo'limda “UzDongJu” azosi Ulug'bek Usmonov chetlatilgan bo'lsa, o'yinlarning ikkinchi taymida Ulug'bek Qutiboev (“Orol”), Aziz Malikov (“G'allakor-A”) va Jahongir Qurbonov (“SHerdor”) ham qizil kartochka bilan “siylangan”.
* Etiborlisi qizil kartochkalarning 3tasi mehmon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan.
* SHuningdek maydondan chetlatilgan futbolchilarning jamoalari bu turda mag'lubiyatsha uchragan!
   
MUXLISLAR
* Bo'lib o'tgan 8ta o'yinga jami 5450 nafar muxlis tashrif buyurgan.
* Albatta bu juda ham achinarlidir.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 681tadan ishqiboz demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin yana “Qo'qon-1912” uy bahsiga tashrif buyurgan.
* Bu borada aksincha ko'rsatkich, “Istiqlol”ga tegishli.
* Afsuski Qo'qondagi o'yinni hisobga olmaganda, qolgan uchrashuvlarga kirgan ishqibozlar soni 300taga ham bormagan.
* Bu borada juda ko'p va xo'p yozildi. Lekin amalda ijobiy tomonga o'zgarish sezilmadi. Xulosa esa o'zingizdan...

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Istiqlol  – Xorazm  – 1:2. 57 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Orol – 1:0. 73 tomoshabin.
UzDongJu – SHo'rtan  – 0:2. 258 tomoshabin.
Xotira-79  – Mashal-2 – 2:3. 215 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – G'allakor-Avtomobilchi – 5:1. 4532 tomoshabin.
Obod – Zomin – 4:0. 115 tomoshabin.
Oq-tepa – SHerdor – 6:0. 113 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Alanga – 0:1. 87 tomoshabin.

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1SHo'rtan24211276 - 146264
2Qo'qon-191224182459 - 233656
3Oq-tepa24154555 - 322349
4Obod24152748 - 291947
5UzDongJu241211135 - 33237
6NBU-Osiyo24114944 - 35937
7Mashal-2241131023 - 35-1236
8Orol24941127 - 26131
9Paxtakor-224941141 - 49-831
10Xorazm2487931 - 35-431
11Zomin24861031 - 35-430
12Alanga24841230 - 41-1128
13SHerdor24651315 - 46-3123
14Istiqlol24711647 - 59-1222
15Xotira-7924551431 - 49-1820
16G'allakor Avtomobilchi24132026 - 78-526


11-TURDA UCHRASHADILAR
5 oktyabr (yakshanba)
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Istiqlol”
“Zomin” – “Paxtakor-2”
“Orol” – “UzDongJu”
“Xorazm” – “Xotira-79”
“Mashal-2” – “Oq-tepa”
“SHo'rtan” – “NBU-Osiyo”

6 oktyabr (dushanba)

“Alanga” – “Obod
“SHerdor” – “Qo'qon-1912”

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика