Birinchi liga. 1-tur statistikasi
19 avg 2014 12:01
Yangiliklar
Birinchi liga. 1-tur statistikasi
16-17 avgust kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek undagi etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.
“SHO'RTAN”NI TO'XTATIB QOLADIGAN RAQIB TOPILMAYAPTI
Oliy ligaga chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasini birinchi ligada to'xtabi qoladigan raqib topilmayapti. Muxtor Qurbonov jamoasini mavsumga shu tarzda tayyorgarlaganki, hanuz u jamoani biror-bir raqibi mag'lub eta olmayapti. Tarkib borasida joiz bo'lsa, oliy liganing aksariyat klublari bilan raqobatlasha oladigan “SHo'rtan” ikkinchi bosqichning ilk uchrashuvini safarda “Istiqlol”ga qarshi o'tkazib, yirik (3:0) g'alabaga erishdi.
Ikkinchi bosqichning 1-turida muxlislar ikki farm-klublarning o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'ldi. Toshkentda Dilshod Nuraliev boshchiligidagi “Paxtakor-2” jamoasi Muborakning “Mashal-2” klubini qabul qildi. Har ikkala jamoa safida ham asosan akademiya yoshlari to'p tepayotgani uchun ham bu o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori edi. SHuningdek bundan tashqari ushbu jamoalarning “akalari” yana oliy ligadagi “Paxtakor” – “Mashal” bahsi navbatdagi turda bo'lib o'tishini inobatga olib aytadigan bo'lsak, ulardan oldin farm-klublarning bahsiga qiziqish yuqori edi. Dilshod Andaev boshchiligidagi “Mashal-2” jamoasi ham chempionatda shunchaki ishtirok etmayotganini ko'rishimiz mumkin. Bu jamoa garchi safarda o'ynashiga qaramay, “Paxtakor-2” bilan nursiz qayd etdi. Ko'ramiz bu jamoalarning oliy ligadagi akalari o'rtasida kechadigan bahs qanday natija bilan yakunlanarkin.
Ikkinchi bosqichga puxta tayyorgarlik ko'rgan Andijonning “UzDongJu” jamoasi ushbu turda “SHerdor”ni qabul qildi. Mazkur o'yinni bevosita stadionda kuzatib shunga amin bo'ldikki, shu kuni mezbonlar haqiqatdan ham Samarqand jamoasidan kuchli ekanligi yaqqol ko'zga tashlandi. “Bo'yoqchilar” birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasini uch bor ishg'ol etib, o'yin taqdirini hal etib bo'lgandi.
Uychining “Xotira-79” jamoasi mavsum boshida muxlislarini quvontirayotgandi. Ammo jamoa safini etakchi o'yinchilar birin ketin tark etishi, uning o'yiniga ham salbiy tasir o'tkazmasdan qolmadi. Bu jamoa mazkur turda Kosonning “Alanga” jamoasini qabul qilib, kutilmaganda imkoniyatni boy berdi. Bundan ko'rinib turibdiki, “Xotira-79”da qandaydir muammolar bor. CHunki jamoaning o'yini va uning ko'rsatayotgan natijalarida keskin pasayish kuzatilmoqda.
Birinchi liga debyutanti “Obod” aftidan ikkinchi bosqichda ham etakchilarga jiddiy qarshilik ko'rsatadigan ko'rinadi. Toshkent jamoasi ikkinchi bosqichning ilk uchrashuvida “Xorazm”ni qabul qildi. “G'arb” mintaqasidan oliy ligaga chiqishi tahmin qilingan urganchliklar “Obod” mehmoni bo'lib, yirik (0:3) hisobda mag'lub bo'ldi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa “Xorazm” futbolchilari charchab qoldi shekilli, o'z darvozalaridan javobsiz 3ta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi.
Elitaga chiqishga asosiy davogarlardan yana biri “Qo'qon-1912” ikkinchi bosqichni g'alaba bilan boshladi. Garchi raqib jamoa “Orol” bo'lsada, qo'qonliklar shu kuni jiddiy qarshilikka duch keldi. Uchrashuvning 7-daqiqasida to'purar hujumchi Otabek Haydarov penaltidan unumli foydalana olmagani, jamoa o'yinini yanada murakkablashtirdi. 80-daqiqaga kelib esa Doniyor Usmonov hisobni ochib, yakunda “Qo'qon-1912”ga g'alaba keltirdi.
Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi ikkinchi bosqichga deyarli yangilangan tarkib bilan kirib keldi. Bu jamoa o'tgan yakshanba kuni “Zomin”ni qabul qilib, arang g'alabaga erishdi. Birinchi bo'limdan so'ng zominliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo'lishiga qaramay, mezbonlar iroda ko'rsatib yakunda g'alabani o'z tomonlariga og'dirib yubordi. Uchrashuvning oxirgi 8 daqiqasida “Oq-tepa” futbolchilari 3 ta to'p kiritib, “Zomin”ni o'z uyiga quruq qo'l bilan qaytishini “taminladi”.
Poytaxtning yana bir vakili “NBU-Osiyo” ham qiyinchilik bilan uch ochkoni qo'lga kiritdi. To'g'ri ligada oson o'yinlarning o'zi yo'q. Lekin “bankirlar” iroda namoyish etib, uch ochkoni qo'lga kiritdi. Uchrashuvda birinchi bo'lib “G'allakor-Avtomobilchi” futbolchilari hisobni ochgan bo'lsa-da, keyinchalik mezbonlar hisobni tenglashtirib, yakunda g'alabani ham o'z tomonlariga og'dira olishdi.
Umumiy aytganda 1-turda rejadagidek 8ta o'yin bo'lib o'tdi. “SHo'rtan” va “Alanga” safarda g'alabaga erishgan jamoalar bo'ldi. “Mashal-2” esa durangga erishdi. Bundan ko'rish mumkinki, Qashqadaryo jamoalari uchun tur omadli kechganligini. Qolgan 5ta o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan.
GOLLAR
* Ushbu turda umumiy gollar soni 24tani tashkil etdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan demakdir.
* Turning eng tezkor goli 2-daqiqada kiritildi. “UzDongJu” – “SHerdor” bahsida mezbonlar azosi Fehruz Salohitdinov raqib darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni ochishga erishgan.
* Aksincha 1-turning eng so'nggi goli esa 88-daqiqada kiritilgan. Unga “Oq-tepa”ning yangi azosi Sardor Soibov mualliflik qilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 8ta to'p kiritilgan.
* Qolgan 16ta gol esa ikkinchi taymda sodir bo'lgan. Bundan ko'rinib turibdiki o'yinlarning ikkinchi bo'limi serhmasul o'tgan.
* Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar jami 3ta penalti belgilagan. “Qo'qon-1912” hujumchisi Otabek Haydarov “Orol” posbonini bu borada chalg'ita olmagan bo'lsa, “Oq-tepa” vakili Sobir Usmonxo'jaev va chempionat to'purari Viktor Klishin bu borada nuqtadan adashmagan.
* Ushbu turda dubl qayd etgan futbolchi birgina Ozod Komilov bo'ldi. “UzDongJu”ning istedodli hujumchisi “SHerdor”ga qarshi bahsda raqib posbonini ikki bor ranjitgan.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 1-tur o'yinlari qo'polliklarga boy tarxda kechdi deyish mumkin. Sababi uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar jami 33 nafar futbolchini sariq kartochka bilan siylagan!
* SHundan 14tasi mezbon jamoa vakillariga nisbatan ko'rsatilgan.
* Qolgan 19ta sariq kartochka esa mehmon jamoa o'yinchilarining qo'polliklari uchun berilgan.
* Turning eng tartibsiz o'yin ko'rsatgan jamoasi “G'allakor-Avtomobilchi” bo'ldi. Bu jamoaning 6 nafar o'yinchisi bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan siylangan.
* Aksincha bu borada “SHo'rtan”, “UzDongJu”, “Alanga” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari boshqalarg namuna ko'rsatdi. Etiborlisi ushbu 4ta klubning birorta o'yinchisiga ham sariq kartochka ko'rsatilmagan.
* Turning eng keskin o'yini Toshkentda kechgan “NBU-Osiyo” – “G'allakor-Avtomobilchi” bahsi bo'ldi. Bosh hakam shu kuni futbolchilarni qo'polliklari uchun ortiqcha ayab o'tirmadi. Aniqrog'i uchrashuvda futbolchilarga jami 7 bor sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Aksincha Andijonda o'tgan “UzDongJu” – “SHerdor” bahsida atiga bir futbolchi ogohlantirilgan xolos.
* SHuningdek o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar 1-turda uchta futbochiga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatgan. Nodir Yuldashev (“Paxtakor-2”), Fozil Dehqonov (“Xotira-79”) hamda Jasur Otajonov (“Xorazm”) o'yin poyoniga etmay maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi. Etiborli ularning barchasi ikkinchi bo'limda chetlatilgan. Endi bu futbolchilar bugun bo'lib o'tadigan navbatdagi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
ENG KO'P MUXLIS YANA QO'QONDA!
Oliy ligada muxlislar tashrifi keskin kamayib borayotgan bir paytda birinchi ligadan yaxshiroq natija kutishning o'zi mantiqan to'g'ri kelmaydi. Ikkinchi bosqichning 1-tur o'yinlari muxlislarda katta qiziqish uyg'otdi deb ayta olmaymiz. CHunki 8ta o'yinga jami 8282 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu har bir bahsga o'rtacha miqdorda 1000tadan tomoshabin demakdir.
Eng ko'p muxlis yana Qo'qonda yig'ildi. “Qo'qon-1912” – “Orol” bahsini 5123ta ishqiboz bevosita stadionda kuzatgani uchrashuv qaydnomasida yozib o'tilgan.
Aksincha bu borada “Paxtakor-2” maqtana olmaydi. Toshkentda kechgan “Paxtakor-2” – “Mashal-2” bahsini ko'rish uchun atiga 48 nafar odam kirgan.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Istiqlol – SHo'rtan – 0:3. 58 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Mashal-2 – 0:0. 48 tomoshabin.
Uz-Dong-Ju – SHerdor – 4:0. 157 tomoshabin.
Xotira-79 – Alanga – 0:1. 2517 tomoshabin.
Obod – Xorazm – 3:0. 153 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Orol – 1:0. 5123 tomoshabin.
Oq-tepa – Zomin – 4:3. 105 tomoshabin.
NBU-Osiyo – G'allakor-Avtomobilchi – 3:2. 121 tomoshabin.
Ikkinchi bosqich 1-turdan keyingi vaziyat
2-TURDA UCHRASHADILAR
19 avgust (seshanba)
“Istiqlol” – “Mashal-2”
“Paxtakor-2” – “SHo'rtan”
“UzDongJu” – “Alanga”
“Xotira-79 – “SHerdor”
“Obod” – “Orol”
“Qo'qon-1912 – “Xorazm”
20 avgust (chorshanba)
“Oq-tepa” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“NBU-Osiyo” – “Zomin”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
UG - O'G |
T-N |
Ochk |
1 |
SHo'rtan |
15 |
14 |
1 |
0 |
54 - 5 |
49 |
43 |
2 |
Qo'qon-1912 |
15 |
10 |
2 |
3 |
30 - 17 |
13 |
32 |
3 |
Obod |
15 |
9 |
1 |
5 |
25 - 19 |
6 |
28 |
4 |
Oq-tepa |
15 |
8 |
3 |
4 |
31 - 26 |
5 |
27 |
5 |
Zomin |
15 |
8 |
2 |
5 |
25 - 16 |
9 |
26 |
6 |
NBU-Osiyo |
15 |
8 |
1 |
6 |
30 - 23 |
7 |
25 |
7 |
Xorazm |
15 |
6 |
4 |
5 |
20 - 19 |
1 |
22 |
8 |
UzDongJu |
15 |
7 |
0 |
8 |
25 - 24 |
1 |
21 |
9 |
Mashal-2 |
15 |
6 |
3 |
6 |
11 - 19 |
-8 |
21 |
10 |
Orol |
15 |
5 |
3 |
7 |
12 - 16 |
-4 |
18 |
11 |
Paxtakor-2 |
15 |
5 |
3 |
7 |
26 - 31 |
-5 |
18 |
12 |
Alanga |
15 |
5 |
3 |
7 |
16 - 26 |
-10 |
18 |
13 |
Xotira-79 |
15 |
5 |
1 |
9 |
16 - 25 |
-9 |
16 |
14 |
Istiqlol |
15 |
4 |
0 |
11 |
29 - 41 |
-12 |
12 |
15 |
SHerdor |
15 |
3 |
3 |
9 |
6 - 26 |
-20 |
12 |
16 |
G'allakor Avtomobilchi |
15 |
1 |
2 |
12 |
12 - 35 |
-23 |
5 |
2-TURDA UCHRASHADILAR
19 avgust (seshanba)
“Istiqlol” – “Mashal-2”
“Paxtakor-2” – “SHo'rtan”
“UzDongJu” – “Alanga”
“Xotira-79 – “SHerdor”
“Obod” – “Orol”
“Qo'qon-1912 – “Xorazm”
20 avgust (chorshanba)
“Oq-tepa” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“NBU-Osiyo” – “Zomin”
Islombek Rustambekov tayyorladi.
Fikrlar