So’nggi yangiliklar

14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  0 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  8 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  6 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9

Birinchi liga, 1-tur. Eng yuqori ballni Viktor Serazetdinov oldi Yangiliklar

Birinchi liga, 1-tur. Eng yuqori ballni Viktor Serazetdinov oldi

Birinchi ligadagi hakamlikni ham etiborsiz qoldirmagan holda, unda ishlayotgan referilarning ham olgan ballariga nazar tashlab o'tishni lozim topdik.
SHanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tgan birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-tur o'yinlarida jami 8 nafar bosh hakam ishladi.

Ularning orasida eng yuqori ball olgan referi Viktor Serazetdinov bo'ldi. Toshkentlik hakam poytaxtda kechgan “Istiqlol” – “SHo'rtan” bahsini boshqarib bordi. Uchrashuv davomida Serazetdinov mezbonlar darvozasiga bitta penalti belgilab, “Istiqlol”ning ikki o'yinchisini sariq kartochka bilan siyladi. Yakunda “SHo'rtan” 3:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin nazoratchisi Oleg Dachev bosh hakamning hatti-xarakatlarini 8,4 ballga munosib deb bildi.

Aksincha bu borada nisbatan past natija ko'rsatgan hakam Elyor Tursunov bo'ldi. Buxorolik hakamning chekiga “NBU-Osiyo” – “G'allakor-Avtomobilchi” bahsini boshqarib borish tushgandi. Toshkentda o'tgan o'yinda Tursunov jami 7 nafar o'yinchini sariq kartochka bilan jazoladi. Uning maydondagini ishini nazoratchi hakam Rahmatullo Qoratoev 7,7 ballga loyiq deb topdi.   
   
Istiqlol (Toshkent) – SHo'rtan (G'uzor) – 0:3. 58 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,4, D. Akmalov (Toshkent) – 8,0, D. Muxtorov (Toshkent) – 8,2, A. SHukurullaev – 8.
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Paxtakor-2 (Toshkent) – Mashal-2 (Muborak) – 0:0. 48 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent viloyati) – 8,0, I. Abdulakov (Toshkent viloyati) – 8,4, I. Zoitov (Toshkent viloyati) - 8,8, T. Galeev - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

Uz-Dong-Ju (Andijon) – SHerdor (Samarqand) – 4:0. 157 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Najafaliev (Toshkent) – 8,2, R. Nugmanov (Toshkent) – 8,4, B. Bahromov (Toshkent) – 8,4, A. Rahimov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Xotira-79 (Uychi) – Alanga (Koson) – 0:1. 2517 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona) – 7,8, A. O'rinov (Farg'ona) – 8,0, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,3, R. G'opurov - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Obod (Toshkent) – Xorazm (Urganch) – 3:0. 153 tomoshabin.
Hakamlar
: I. Garmashov (Toshkent) – 8,2, D. Saylalov (Toshkent) – 8,2, F. Yuldshev (Toshkent) – 8,2, A. Najafaliev - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Orol (Nukus) – 1:0. 5123 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Ergashev (Toshkent) – 8,3, S. Eremeev (Toshkent) – 8,5, R. Lutfulin (Toshkent) – 8,7, N. Toshmatov - 9
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Oqtepa (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 4:3. 105 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Rubakov (Toshkent) – 8,0, S. Hakimov (Samarqand) – 8,0, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,2, O. Abduvasilov - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

NBU-Osiyo (Toshkent) – G'allakor-Avtomobilchi (G'allaorol) – 3:2. 121 tomoshabin.
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro) – 7,7, A. Sidorov (Toshkent) – 8,0, A. Najafaliev (Toshkent) – 8,0, D. Saylalov - 9
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent viloyati).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика