So’nggi yangiliklar

00:24Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  0 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  1 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  5 23:22Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Анголага қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  3 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  5 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   2 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1

Birinchi "el klasiko" haqida bilasizmi, unda kim g'alaba qozongan? Yangiliklar

Birinchi "el klasiko" haqida bilasizmi, unda kim g'alaba qozongan?

Bugun ikki grand klub to'qnashuvi bo'lib o'tadi. 231 qarama-qarshilik qachon boshlangani to'g'risida bilmasangiz kerak.

Birinchi "el klasiko" 1902 yilning 13 may kuni bo'lib o'tgan. U paytda "Real" klubi "Madrid" nomi ostida maydonga tushardi. "Barselona" esa, 1899 yilning 29 noyabr kuni, klub tuzilgan sanadan boshlab shu brendni targ'ib qilib keladi. "Madrid" klubi 1920 yilning 29 iyunida qayta tuziladi va unga "Real Madrid", qirollik klubi nomi beriladi.

U paytlar gazeta muxbirlari futbolni deyarli tushunmas edilar. Futbolga nisbatan, chetdan kirib kelgan bir sport turi sifatida qarashar edi. Qonun qoidani ham to'liq bilmagan muxbirlarga birinchi klasikoni yoritish nasib etgan. 

Bu ikki klub ilk marotaba Madridda tashkil etilgan, "Koronacii Kubogi"ning yarim finalida to'qnash kelganlar. Musobaqa, qirol Alfonso XIIIning taxtga kelishi munosabati bilan o'tkazilgan edi.

Ilk "el klasiko"da "Barselona" 3:1 hisobida g'alaba qozongan. "Ippodrome de la Kastelyano" arenasida bo'lib o'tgan uchrashuvga 2500 nafar muxlis tashrif buyurgan.

"Barselona" - "Madrid" (bugungi "Real Madrid") 3:1

Bosh hakam: Luis Arana

Gollar: SHtaynberg – 1:0; SHtaynberg – 2:0; Jonson – 2:1; Morris – 3:1 (pen).

"Barselona": Luis Puelyas, Xose Lobet, Artur Vitti, Boartolome Terradas, Jorj Mayer, Migel Valdes, Jon Parsons, Xans Gamper, Genri Morris, Udo SHtaynberg, Alfonso Albenis.

"Madrid": Xuan Sevilya, Rafael Molera, Mario Xiralt, Xose Gongora, Alvaro Spottorno, Xose Palasios, Artur Jonson, Xose Xiralt, Antonio Sanches Neyra, Armaldo Xiralt, Eustakiyo Selada.


1902 yilda olingan surat

Uchrashuvdagi barcha gollar legioner futbolchilar hisobiga yoziladi. "Barselona"dan nemis futbolchisi SHtaynberg dublga erishadi. Uchinchi gol muallifi, Moris esa angliyalik edi. Hisobni qisqartirgan gol muallifi ham angliyalik bo'lgan. Kataloniyaliklarning darvozaboni Luis Puelyas uchrashuv chog'ida Xose Xiralt bilan to'qnashib ketadi. SHifokorlarning yordami bilangina posbon safga qaytadi. Agar u uchrashuvni davom ettira olmaganida, o'sha payt qoidasiga ko'ra futbolchining o'rniga boshqa futbolchi tushishi mumkin emasdi.

"O'yin juda ham tez bo'ldi. Bunga "Barselona" tomonidan kiritilgan uchta gol ham isbot bo'la oladi. Lekin "Madrid" ham bo'sh kelmadi. Jamoa yaxshi ancha tajribali jamoaga qarshi yaxshi himoyalana oldi", - deya qayd etgan o'yinni "Diario El Imparcial".

"Real" muxlislari xursand bo'lsalar bo'ladi. Finalga yo'l olgan "Barselona" kubokni qo'lga kirita olmagan. "Barselona"dan bir yosh katta, 1898 yilda tashkil topgan "Biskayi" jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. Bir yil o'tib "Biskayi" jamoasi "Atletik Bilbao" nomi ostida faoliyatini davom ettiradi. 


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика