So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Birinchi davra yakunlari. “Mashal” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Mashal”

Oliy ligamizda birinchi davra yakuniga etib, jamoalar mavsumning ikkinchi yarmiga hozirlik ko'rishmoqda.
Biz yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, oliy liga klublarining birinchi davradagi ishtiroki haqida fikr bildirishda davom etamiz. Quyida “Olmaliq” bilan bir xil ochko to'plab, faqat to'plar nisbatiga bir pog'ona pastki o'rinni olgan “Mashal” borasida fikr yuritamiz. Bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytgan muborakliklar 6-o'rinni egallagan holda tanaffusga yo'l olishdi.



NIMANI KUTGANDIK?
“Mashal” o'tgan mavsumni birinchi ligada o'tkazdi. Jamoa bir yil ichida “Andijon” bilan birgalikda oliy ligaga qaytishni uddaladi. “Andijon”da farqli o'laroq muborakliklar chempionatga puxta hozirlik ko'rishdi. Selekciya ham yaxshi olib borildi. Tarkibning asosiy o'zagi saqlab qolingan holda Mo'ydin Mamazulumov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev, Botir Nosirov kabi futbolchilar tarkibga kelib qo'shildi. SHuningdek, bir paytlar “Mashal”da to'p surgan Otabek Narzullaev bilan Siroj Hamroev ham jamoaga qaytdi. Muxlislar “Mashal”dan sakkiztalik ichida yurishini kutgandi, jamoa buni uddalab hatto oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Bu esa klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilarning hamjihatlikda ishlayotganidan darak beradi. Umuman olganda, “Mashal” futbol klubida hamma narsa to'g'ri yo'lga qo'yilgan. SHu bois jamoaning yuqori o'rinlarda yurishi kishini hayron qoldiradigan voqea emas.



NIMAGA ERISHILDI?
Aytib o'tganimizdek, “Mashal” birinchi davrani 6-o'rinda tugatdi. Jamoa “Olmaliq” bilan bir xil ochko jamg'ardi - 19. Muborakliklar beshta o'yinda g'alaba qozongan bo'lishsa, 4 marta durang o'ynab, to'rtta uchrashuvda imkoniyatni boy berishdi. 16ta gol urib, shuncha o'tkazib yuborishdi. O'tgan yil jamoa birinchi ligada ishtirok etgani bois jamoaning 2012 yildagi natijasi bilan taqqoslab ko'ramiz. “Mashal” o'sha yili birinchi davrani oxirgi o'rinda yakunlagan, so'ngra mavsum yakunlariga ko'ra birinchi ligaga tushib ketgandi. “Gazchilar” 2012 yilgi chempionatning birinchi davrasida 11 ochko to'plashgandi. Raqiblar darvozasiga 7ta gol urib, o'z darvozalaridan 20ta to'p o'tkazib yuborishgandi. Hozir esa jamoaning ishlari joyida. “Mashal” qisqa vaqt ichida o'z o'rnini topa oldi.

KUCHLI TOMONI
Jamoaning kuchli tomoni asosan yarim himoyasida ekanligi ko'zga tashlandi. Umuman olganda, “Mashal”ning har bir chizig'i kuchli, shu bilan birga kuchsiz ham. Klub bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov birinchi davrada 22 futbolchini maydonga tushirdi. Bu esa asosiy tarkib tez-tez o'zgarib turganidan darak beradi. Birinchi davraning hamma o'yinida to'rt nafar futbolchi maydonga tushdi: Siroj Hamroev, Zafar To'raev, SHerzod Fayziev va Zohir Qo'ziboev. “Mashal” uydagi o'yinlardan ko'ra safar bellashuvlarida ko'proq ijobiy natijaga erishdi. Bu esa jamoaning safarda bemalol o'ynaganidan dalolat beradi. Muborakdagi bahslarda esa jamoa 11-turga kelibgina ilk g'alabasini nishonladi.



KUCHSIZ TOMONI
“Mashal”ning kuchsiz tomoni uy uchrashuvlariga ruhan tayyorlana olmaganlikda namoyon bo'ldi. Jamoa o'z maydonida “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Olmaliq”ni qabul qilib, dastlabki uchtasiga mag'lub bo'ldi va “Olmaliq” bilan durang o'ynadi. Etiborlisi, muborakliklar man shu to'rt o'yinda bittayam gol ura olishmadi. Bu esa etakchilarga qarshi yaxshi tayyorlana olmaganini aytib turibdi. Ikkinchi davrada jamoa kuchlilarga qarshi safarda to'p tepadi, o'yinlar yanada qiyin kechishi turgan gap.

KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
Jamoada o'zini ko'rsatgan futbolchilar - Zafar To'raev, Zohir Qo'ziboev, Mirzohid G'ofurov, G'iyos Komiilov, Mo'ydin Mamazulumov, Jamshid Hasanov kabilar bo'ldi. Zafar To'raev mavsum boshida klub tarkibiga kelib qo'shilgan bo'lishiga qaramay, tezda jamoa o'yiniga kirishib ketdi. U birinchi davrada uchta gol urdi. Bungacha faoliyatini faqat birinchi ligada o'tkazgan Zohir Qo'ziboev oliy ligada o'zini yo'qotib qo'ymadi va 6ta gol bilan jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. SHuningdek, “Andijon”dan o'tgan G'iyos Komilov ham o'zini ko'rsata oldi. Tajribali futbolchilardan Mirzohid G'ofurov bilan Mo'ydin Mamazulumov muhim o'yinlarda o'zlarini namoyon etishdi.



KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
Muxlislar Jahongir Abdumo'minovdan ko'p narsa kutishgandi, biroq u kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Jahongir o'zini ko'rsatsa, terma jamoa tarkibida Osiyo o'yinlariga borish uchun yaxshi imkoniyatga ega, biroq unga nimadir etishmayapti. Faqat va faqat ishlash kerak. “SHo'rtan”dan kelib qo'shilgan Abbos Omonov ham 9ta o'yinda maydonga tushgani bilan o'zini to'liq ko'rsata olmadi. U “Mashal”da oddiy o'yinchiga aylanib qoldi. Ko'pchilik tomondan maqtalayotgan Otabek SHukurov atigi bir marta maydonda ko'rinish berdi, xolos. U hamon o'rinbosarlar tarkibida to'p tepyapti. SHuningdek, Salamat Qutiboev bilan Bahodir Murtazoev ko'p uchrashuvlarda ishtirok etishmadi. “Buxoro”dan taklif etilgan Otabek Narzullaev ham o'zini ko'rsata olmadi, natijada oldingi jamoasiga qaytib ketdi.
 
XULOSA O'RNIDA
Jamoaning birinchi davradagi ishtirokiga ko'ra shuni aytishimiz mumkin, agar “Mashal” hozirgi egallab turgan o'rnini saqlab qola olsa bu jamoa uchun yaxshi natija hisoblanadi. Ammo oldinda butun bir ikkinchi davra turibdi va hozircha bu xususda tayinli gap aytish qiyin. Ammo “Mashal” o'yinchi borasida muammoga duch kelmasa kerak. CHunki tarkibda yaxshi futbolchilar jamlangan. Yaqinda Sanjar Quvvatov “Lokomotiv”ga o'tarmish degan gap chiqdi. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, bu “Mashal” uchun katta yo'qotish hisoblanadi. “Gazchilar” birinchi davraning oxirgi besh o'yinida uchta g'alaba qozonib, ikki bor yutqazib qo'yishdi. Jamoaga moliyaviy holatlar pand bermasa, ikkinchi davrada natijalar yanada yaxshilanishi mumkin. CHunki ham o'yinchi tarbiyalash, ham natija ko'rsatish bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning qo'lidan keladi.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 16
Uyda urilgan gollar – 6
Safarda urilgan gollar – 10
O'tkazib yuborilgan gollar – 16
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 7
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 9
Uydagi ochkolar – 7
Safardagi ochkolar – 12
Eng yirik g'alabasi - 3:1 (“Navbahor”, “Metallurg”)
Eng alamli mag'lubiyati – 2:4 (“Nasaf”)
Sariq kartochkalar – 29
Qizil kartochka – 0
Nechta futbolchi o'ynadi – 22



KIM QANCHA O'YNADI?
Darvozabonlar
Sanjar Quvvatov - 7 o'yin
Botir Nosirov - 6 o'yin

Himoyachilar
Siroj Hamroev - 13 o'yin, 0 gol
SHerzod Fayziev - 13 o'yin, 0 gol
G'iyos Komilov - 12 o'yin, 0 gol
Abbos SHodmonov - 9 o'yin, 0 gol
Salamat Qutiboev - 5 o'yin, 0 gol
Dilyaver Vaniev - 1 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Zafar To'raev - 13 o'yin, 3 gol
Mirzohid G'ofurov - 12 o'yin, 0 gol
Jamshid Hasanov - 12 o'yin, 1 gol
Andrey Derkach - 11 o'yin, 0 gol
Jahongir Abdumo'minov - 9 o'yin, 1 gol
Abbos Omonov - 9 o'yin, 0 gol
Otabek Narzullaev - 4 o'yin, 0 gol
Qahramon Bahodirov - 2 o'yin, 0 gol
Otabek SHukurov - 1 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Zohir Qo'ziboev - 13 o'yin, 6 gol
Mo'ydin Mamazulumov - 11 o'yin, 5 gol
Ixtiyor Toshpo'latov - 8 o'yin, 0 gol
Bahodir Murtazoev - 5 o'yin, 0 gol
Eldor SHomurodov - 5 o'yin, 0 gol
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика