So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

Birinchi davra yakunlari. Darvozabonlar haqida Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. Darvozabonlar haqida

Oliy liga klublari birinchi davrada 33 nafar darvozabon xizmatidan foydalanishdi.

"Lokomotiv" murabbiylari dastlabki davrada ikki nafar posbonni maydonga tushirishdi. Ignatiy Nesterov jamoaning asosiy posboni ekani hech kimga sir emas. Tajribali darvozabon 12ta o'yinda ishtirok etib 8ta gol o'tkazdi. Beshta uchrashuvda raqiblar Nesterov darvozasiga yo'l topa olishmadi. Qolgan uchta bahsda esa "temiryo'lchilar" darvozasini Mamur Ikromov qo'riqladi. U 2ta o'yinda gol o'tkazmadi. Faqatgina "Navbahor" bilan uchrashuvda ikki bor to'p o'tkazib yubordi xolos. Qizig'i "Loko" darvozasiga birinchi davrada ikkita penalti belgilandi. Ikkala posbon bir martadan 11 metrli jarima to'pini qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.



"Qo'qon-1912" darvozasini dastlabki davrada uch nafar darvozabon qo'riqladi. Tajribali Aziz Ashurov 7ta bahsda ishtirok etib 6ta gol o'tkazdi. Muzaffar Abdullaev va Nikita Ribkin esa 4tadan uchrashuvda maydonga tushishdi. Qizig'i qo'qonliklar darvozasiga birinchi davrada belgilangan uchala penalti ham Ribkin maydonga tushgan o'yinlarda kuzatildi.



"Nasaf" tarkibida ikki nafar darvozabon o'ynadi. Eldorbek Suyunov mavsum boshida jarohat olgani bois Sanjar Quvvatov "ajdarlar" darvozasini qo'riqladi. U 5ta o'yinda ishtirok etib 3ta gol o'tkazib yubordi. Suyunov esa 10ta o'yinda 11ta to'p o'tkazdi. Ikkala posbon birgalikda jami 5ta uchrashuvda gol o'tkazishmadi. "Paxtakor"ga o'tgan Suyunov birinchi davrada o'z darvozasiga belgilangan ikkita penaltidan birini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.



Viktor Kumikov ham ko'pchilik singari ikki nafar posbon xizmatidan foydalanishga qaror qildi. Dastlabki to'rtta turda "Olmaliq" darvozasida Akbar To'raev turdi va jami 9ta gol o'tkazib yubordi. SHundan so'ng darvozani Xurshid Xodjaev egalladi. 11ta uchrashuvda Xodjaev 2 martagina o'z darvozasidan to'p olib chiqdi xolos. 9ta o'yinni "quruq" o'tkazgan Xodjaev birinchi davrada bu borada rekordchi bo'ldi. "Olmaliq" darvozasiga belgilangan 3ta penalti ham golga aylantirildi.



Birinchi davrada eng ko'p darvozabon "Paxtakor" safida maydonga tushdi. Jamoada asosiy posbon Aleksandr Lobanov hisoblanadi. U 13ta o'yinda maydonga tushdi va 18 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Lobanov jarohat olgan paytda murabbiylar bitta o'yinga Botirali Ergashevni maydonga tushirishdi ("Dinamo" bilan 0:1). Lobanov "Loko" bilan o'yin so'nggida qizil kartochka olganida zaxiradan Xojiakbar Jo'raev bir necha soniyaga maydonga tushgandi. "Lokomotiv" bilan uchrashuvdan so'ng "Navbahor"ga qarshi bahsda SHoxrux Raimov darvozani qo'riqladi va gol o'tkazmadi.



Mavsumning birinchi qismida "Buxoro" tarkibida 3 posbon o'yinlarda ishtirok etdi. "Qizilqum"dan kelgan Erkin Jabborov 8ta uchrashuvda maydonga tushib 13ta gol o'tkazib yubordi. Akmal Tursunboev esa 6ta bahsda ishtirok etib 7ta gol o'tkazdi. Muhiddin Xudoyorovga esa murabbiylar faqat bitta o'yinda ("Obod" bilan 0:1) imkoniyat berishdi xolos.



"Bunyodkor" darvozaboni Murodjon Zuhurov birinchi davraning barcha o'yinlarida o'zgarishlarsiz maydonga tushishga erishdi. Mana shu 15ta o'yinda uning darvozasiga 16ta gol urildi. Zuhurov darvozasiga bir marta penalti belgilandi va uni posbon qaytarishga erishdi.


 
"Metallurg" tarkibida ham ko'pchilik jamoalar singari ikki darvozabon maydonga tushdi. Suhrobjon Sultonov 9ta o'yinda 10ta gol o'tkazdi, Zafar Safoev esa 6ta uchrashuvda 9ta gol o'tkazib yubordi. Safoev o'z darvozasiga belgilangan ikki penaltidan birini qaytarishga erishganini ham qo'shimcha qilish lozim.



"Qizilqum" safida ham darvoza ikki posbonga ishonib topshirildi. Dastlabki turlarda jamoa darvozasini Umid Xonimqulov qo'riqladi va 5ta uchrashuvda 6ta gol o'tkazdi. Keyin murabbiylar tajribali Artyom Makosinga ishonch bildirishdi. 10ta o'yinda bu darvozabon 10ta gol o'tkazdi. To'rt uchrashuvda raqiblar Makosin darvozasiga yo'l topa olishmadi. Biroq Makosin 2ta penaltini qaytara olmadi, Xonimqulov darvozasiga belgilangan bitta penalti esa qaytarildi.



Javohir Ilyosov "Mashal" klubining asosiy posboniga aylanib bo'ldi. Birinchi davrada 23 yoshli darvozabon 15ta o'yining barchasida to'liq o'ynadi va 13ta gol o'tkazib yubordi xolos. 7ta uchrashuvda raqiblar Ilyosovga gol ura olishmadi. Birinchi davrada Javohir Ilyosov darvozasiga 4 marta penalti belgilandi. Posbon ularning 3tasini qaytarishga erishdi! Birinchi davrada eng ko'p penaltini aynan Ilyosov qaytardi.


"Navbahor" darvozasini ham dastlabki davrada bir nafar posbon qo'riqladi. Asilbek Omonov 15ta o'yinda o'z darvozasidan 19ta gol o'tkazib yubordi. Hakamlar birinchi davrada uning darvozasi tomon eng ko'p, 5ta penalti belgilashdi. Omonov ulardan bittasini qaytarishga erishdi.


Birinchi ligadan oliy ligaga qaytgan "Dinamo" darvozasida ikki nafar posbon turdi. Mixail Naumov 11ta o'yinda maydonga tushib 13ta gol o'tkazib yubordi. Tajribali Timur Jo'raev 4ta uchrashuvda qatnashdi va o'z darvozasidan 5ta to'p olib chiqdi.


Jizzaxning "So'g'diyona" klubida ikki nafar yosh posbon maydonga tushdi. SHoxrux Eshbo'taev 12ta o'yinda darvozani qo'riqlab 18ta gol o'tkazib yubordi. Sarvar Karimov 3ta uchrashuvda qatnashdi va raqiblar uning darvozasiga 8ta gol urishdi. Jizzax klubi darvozasi tomon belgilangan 3ta penaltining barchasiga golga aylantirildi.


Dastlabki davrada "SHo'rtan" murabbiylari ikki nafar posbonni maydonga tushirishdi. Asosiy posbon Eldor Tojiboev hisoblanadi. U 15ta o'yinda o'z darvozasidan 20ta gol o'tkazib yubordi. Birinchi davrada hech bir posbon Tojiboevdan ko'proq gol o'tkazgani yo'q. Tojiboev "Qizilqum" bilan o'yinda qizil kartochka olgani uchun o'sha o'yinda Alibek Turobov zaxiradan maydonga tushgandi. 23 daqiqa harakat qilgan Turobov bitta gol o'tkazib yubordi. Tojiboev o'z darvozasiga belgilangan 3ta penaltining hech birini qaytara olmadi.


Farg'onaliklar darvozasini ikki posbon qo'riqladi. Abdumavlon Abdujalilov 8ta uchrashuvda 14ta to'p o'tkazdi, O'tkir Yusupov 7ta bahsda 11 bor gol o'tkazib yubordi. Darvozabonlar jami 3ta o'yinda gol o'tkazib yuborishmadi. Yusupov darvozasiga ikki bor penalti belgilandi va ularning ikkalasi golga aylandi.


Oliy liga autsayderi "Obod" klubi darvozaboni SHirinboy Abdullaevni raqiblar 12ta o'yinda 18 marta ranjitishdi. Azamat Ahmedov esa 3ta uchrashuvda 12 bor gol o'tkazib yubordi. "Obod"ning bittayu-bitta quruq o'yini SHirinboy Abdullaev qo'riqlagan o'yinga ("Buxoro" 1:0) to'g'ri kelgandi.



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Xodjaev Xurshid

"Olmaliq"

11

990

9

2

0,18

495

1

0

0

To'raev Akbar

"Olmaliq"

4

360

1

9

2,25

40

2

0

0

Zuhurov Murodjon

"Bunyodkor"

15

1350

3

16

1,07

84

1

1

1

Jabborov Erkin

"Buxoro"

8

720

2

13

1,62

55

0

0

0

Tursunboev Akmal

"Buxoro"

6

540

2

7

1,17

77

0

0

0

Xudoyorov Muhiddin

"Buxoro"

1

90

0

1

1

90

0

0

0

Naumov Mixail

"Dinamo"

11

990

3

13

1,18

76

1

0

0

Jo'raev Timur

"Dinamo"

4

360

1

5

1,25

72

0

0

0

Ashurov Aziz

"Qo'qon-1912"

7

630

2

6

0,86

105

0

0

0

Ribkin Nikita

"Qo'qon-1912"

4

360

0

6

1,5

60

3

1

1

Abdullaev Muzaffar

"Qo'qon-1912"

4

360

1

4

1

90

0

0

0

Makosin Artyom

"Qizilqum"

10

900

4

10

1

90

2

0

0

Xonimqulov Umid

"Qizilqum"

5

450

1

6

1,2

75

1

1

1

Nesterov Ignatiy

"Lokomotiv"

12

1080

5

8

0,67

135

1

1

1

Ikromov Mamur

"Lokomotiv"

3

270

2

2

0,67

135

1

1

1

Ilyosov Javohir

"Mashal"

15

1350

7

13

0,87

104

4

3

3

Sultonov Suhrob

"Metallurg"

9

810

2

10

1,11

81

1

0

0

Safoev Zafar

"Metallurg"

6

540

1

9

1,5

60

2

1

1

Omonov Asilbek

"Navbahor"

15

1350

4

19

1,27

71

5

1

1

Suyunov Eldorbek

"Nasaf"

10

900

3

11

1,1

82

2

1

1

Quvvatov Sanjar

"Nasaf"

5

450

2

3

0,6

150

0

0

0

Abdujalilov Abdumavlon

"Neftchi"

8

720

2

14

1,75

51

0

0

0

Yusupov O'tkir

"Neftchi"

7

630

1

11

1,57

57

2

0

0

Abdullaev SHirinboy

"Obod"

12

1080

1

18

1,5

60

1

0

0

Ahmedov Azamat

"Obod"

3

270

0

12

4

22

2

0

0

Lobanov Aleksandr

"Paxtakor"

13

1170

2

18

1,38

65

1

0

0

Ergashev Botirali

"Paxtakor"

1

90

0

1

1

90

0

0

0

Raimov SHoxrux

"Paxtakor"

1

90

1

0

0

0

0

0

0

Jo'raev Xojiakbar

"Paxtakor"

1

1

1

0

0

0

0

0

0

Eshbo'taev SHoxrux

"So'g'diyona"

12

1080

3

18

1,5

60

2

0

0

Karimov Sarvar

"So'g'diyona"

3

270

0

8

2,67

34

1

0

0

Tojiboev Eldor

"SHo'rtan"

15

1326

5

20

1,33

66

3

0

0

Turobov Alibek

"SHo'rtan"

1

23

0

1

1

23

0

0

0


Izoh: 1-darvozabon, 2-klubi, 3-o'yin, 4-daqiqa, 5-Quruq o'yin, 6-o'tkazgan gol, 7-o'yinlar bo'yicha o'rtacha o'tkazilgan gol, 8-har necha daqiqada gol o'tkazilgan, 9-penalti belgilangan, 11-qaytarilmagan penalti, 12-qaytarilgan penalti


Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика