So’nggi yangiliklar

01:01ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  34 01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" ПСЖ меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  18 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  5 00:21"Арсенал" – "Динамо Загреб", "Милан" – "Жирона" ва бошқа учрашувларнинг таркиблари аниқ  0 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  0 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  21 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  12 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  14 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  256 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  3

Birinchi davra tahlili - "Andijon" selekciya siyosatiga 5 baho Yangiliklar

Birinchi davra tahlili - "Andijon" selekciya siyosatiga 5 baho

Superliga jamoalari tanaffusga yo'l olgan, hordiq chiqarayotgan pallada saytimiz ijodkorlari birinchi davra yakunlari bo'yicha maqolalarni etiboringizga havola qilishda davom etadi.

Mavsumning ortda qolgan dastlabki qismi turlicha taassurotlar bilan yodda qoldi. Kutilgan va kutilmagan natijalar bisyor. Ayrim klublar imkoniyati darajasidan past ishtirok etgan bo'lsa, yana bazilari mavsum boshida bildirilgan fikrlarni yo'qqa chiqarib, nimalarga qodirligini isbotlayapti. Ha, bunday jamoalar bor. Keling, yaxshisi har bir klubga qisqacha to'xtalamiz. 


"Navbahor" - Namanganliklar ketma-ket ikkinchi mavsum birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Tan olish kerak, bugungi kunda "Navbahor"ning tarkibi Superligadagi eng kuchlisi. O'tgan yili chempionlikka bir qadam etmagan, muhim o'yinlarda boy berilgan ochkolar qimmatga tushgandi. Aftidan bu yil shu xato takrorlanayotgandek. "Paxtakor", "Nasaf", OKMK, "Neftchi"ni yutmasdan turib oltin haqida o'ylashning o'zi xato. Yana bir jihat borki, bu jamoaning ruhi. "Navbahor"da chempionlik ruhi hali shakllanmagan. Qanday tarkib, qanday murabbiy bo'lmasin yuqoridagi omil jamoada bo'lmasa qiyin. 

"Paxtakor" - Yuqorida "Navbahor"da yo'q narsa aynan "Paxtakor"da shakllanib ulgurgan. "SHerlar"ning vujudida chempionlik qoni bor, bu allaqachon futbolchilarning DNKsiga aylanib bo'lgan. Bu faktor mavsum yakunida yana chempionlik shohsupasiga olib chiqsa ajab emas. O'yin taraflama Maksim SHackix shogirdlari zo'rdek ko'rinmayapti. Faqatgina futbolchilardagi klass yani daraja hisobiga raqiblaridan ustun kelishmoqda. CHeran, Alijonov, Fayzullaev, Quvvatov, Sayfiev va boshqalar. Lekin jamoada yaqqol gol uradigan forvard yo'q. Banashak qaytgan taqdirda ham jarohat olishga moyilligiga shubha bo'ladi. Yozda klub otni qamchilamasa, ikkinchi davrada qiyin bo'lishi shubhasiz. Xojimatni kelishi oldingi chiziqda Abbos bilan birga tezkorlikni oshiradi. Lekin bu ijrochilarning mehnatini yakunlaydigan hujumchi zarur. 

"Neftchi" - Birinchi davrani mag'lubiyatsiz yakunlagan farg'onaliklarning muvaffaqiyatida bosh qahramon Vitaliy Levchenko. Murabbiy har bir o'yinda raqibdan kelib chiqib taktika tanlamoqda. Qaysidir manoda haqiqiy natija ustiga qurilayotgan uslub va bu ish beryapti. Klub unga natija qilishni, jamoani sovrinli o'rinlarga boshlashni vazifa qilib qo'ygan. SHu bois har bir o'yin hayot va mamot singari katta bosim ostida o'tmoqda. Agarda istiqbolli reja qilib 3-4 yillik bitmga kelishilganda balki boshqacha bo'lishi mumkin edi. "Neftchi"da ham qolganlardagi kabi sof hujumchi muammosi mavjud. Bu borada rahbariyat va murabbiylar shtabi izlanishni boshlab yuborgan. Nurillo To'xtasinovning o'rniga esa SHarof Muhitdinov jalb qilindi va bu poziciya ham yopildi. SHarofda ham yaxshi zarbalari, nostandart qarorlari bor. 

"Nasaf" - Ro'ziqul Berdiev jamoasi doimgidek o'zidagi bor resurslar bilan har bir uchrashuvda maksimal harakat qilmoqda. "Ajdarlar" startni mag'lubiyat bilan boshlab finishni ham mag'lubiyat bilan tugatdi, ikkisida ham bitta to'p farqi, so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga. Jamoa to'g'ri futbol o'ynayapti, umuman katta o'zgarish yo'q. Aliqulov hujumlarni yakunlashda asosiy planda gavdalanmoqda. Uning hisobida 5ta gol mavjud. Bugungi kunda bitta hujumchi 3tadan oshiq gol ura olmayotgan bir vaqtda Aliqulovning 5ta gol urishi qoyilmaqom holat. 


OKMK - Klub Mirjalol Qosimov kelgach g'oliblik ruhini, mentalitetni o'zgartira oldi. Lekin mana 5 yildirki, hali chempionlikka yaqin ham kela olmayapti. Gohida kerakli o'yinlarda yo'qotilayotgan ochkolar, selekciya ishlaridagi o'xshamayotgan transferlar, yangi futbolchilarning jamoani kuchaytirishga qodirmasligi holatlari ko'p uchrayapti. Deylik bu yil tunislik himoyachi Muhammad Salem, Ruben Sanches Peres, Irakli Ruhadze qaysidir manoda kutilgandek bo'lib chiqmadi. Bu yil ham o'yinlarda asosiy ishni jamoani o'zagini tashkil qilayotgan futbolchilar qilyapti va gohida ularning o'zining kuchi etmayotgandek taassurot qoldimoqda. Balki zaxiradagilar etarlicha raqobat qila olmayotgandir. Umumiy o'yin kartinasida OKMK Superligada haqiqiy futbol o'ynayotgan jamoa ekanligini, tomoshabop o'yin ko'rsatayotganini aytish ham kerak. 

"Andijon" - "Burgutlar"ning Superligadagi birinchi davrada qoniqarli ishtirokida mavsum boshida olib borilgan yaxshi selekciya siyosatini sabab sifatida keltirishimiz mumkin. Levan Arveladze, Nodari Kavtaradze va ayniqsa Rubin Xebay bildirilgan ishonchlarni oqladi. Albaniyalik hujumchi haqiqiy topilma, deya olamiz. Yani klub bu borada adashmaganini isbotlamoqda. Rubin gollar urishni boshlagach Xomyakov ham avtobus rejimidan voz kechdi va hattoki "Paxtakor" bilan ham yuqoriroq, hujumkor o'ynadi. Jamoa davralar oralig'ida yaxshi vinger va yarim himoyachi, uzatmalarni beradigan ijrochi qo'shib olsa, qolganini Xebayni o'zi boplaydi. 


Davomi bor...

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика