"Bir-u birchi" "Lokomotiv"
07 okt 2019 10:34
Yangiliklar
"Bir-u birchi" "Lokomotiv"
"Lokomotiv"ning ruliga Samvel Babayan kelgach jamoa 12 o'yin o'tkazdi. Etiborlisi, "temiryo'lchilar" dastlab Liga Kubogida ikkinchi tarkib bilan harakat qilib, yakunda musobaqani guruh bosqichida yakunlashga majbur bo'lishdi. Keyinchalik Termizda "Surxon"ga qarshi bellashuvda O'zbekiston kubogi musobaqasidan nimchorak finaldayoq chiqib ketishdi. O'zbekiston chempionatida esa peshqadamlik uchun raqobatdan chiqishdan tashqari kumush medali masalasi ochiq turibdi.
Babayan "Lokomotiv" ruliga kelgach jamoa o'tkazilgan 12 o'yindan atigi 3tasida ("So'g'diyona" 2:0, "Dinamo" 2:0, "Nasaf" 1:0) g'alaba qozondi. SHuningdek, yana 4 uchrashuvda mag'lubiyat ("Qo'qon-1912" 4:0, "Paxtakor" 2:1, "So'g'diyona" 1:0, "Surxon" 3:1) va 5 durang ("Surxon" 1:1, "Bunyodkor" 1:1, "Metallurg" 1:1, "Qo'qon-1912" 1:1, "Qizilqum" 1:1) qayd etildi.
Qizig'i, "Lokomotiv" Superligadagi oxirgi to'rtta turni bir xil hisob, yani 1:1 natijasi bilan o'tkazmoqda.
CHempionatdagi qolgan beshta turdan ikkitasini uyda va uchtasini mehmonda o'tkazadi. Kelasi turda o'z uyida "Buxoro"ni mehmon qilsa, keyinchalik AGMK, "Andijon" va "Navbahor"ga safar qiladi. Oxirgi turni esa uyida chempion "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.
Ayni paytda jamoa 21-turdan keyin 38 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda. Uchinchi pog'onadagi "Bunyodkor" bilan oradagi farq atigi 3 ochkoni tashkil qiladi.
Fikrlar