Bir qator grand klublar etiborida turgan futbolchiga "Liverpul" ham qiziqib qoldi
29 okt 2019 18:20
Yangiliklar


Bir qator grand klublar etiborida turgan futbolchiga "Liverpul" ham qiziqib qoldi
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariya "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Ingliz klubi vakillari 22 yoshli shveycariyalikning agenti bilan uchrashishgan.
Nemis klubi o'yinchini 50 million evroga baholamoqda. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, futbolchiga "Atletiko", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.
Zakariya "Servetta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, Germaniyada esa 2017 yildan beri faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar