So’nggi yangiliklar

23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  6 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  9 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  2 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  2 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  6 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  30 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  13 20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  10 19:52Про лига. "Арал" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  7 19:30Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Металлург" "Бунёдкор"дан устун келди  0 19:06Бернардески "Торонто" билан шартномасини узайтириш борасида музокаралар олиб бормоқда  0 18:43Хави Симонс ПСЖга қайтмайди  8

Bir o'yin tarixi. Yana yordamga kelgan Anvar Soliev yoxud 2004 yilgi O'zbekiston – Iroq uchrashuvi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Yana yordamga kelgan Anvar Soliev yoxud 2004 yilgi O'zbekiston – Iroq uchrashuvi

Bilasiz, o'zbek futbolida “sehrli tayoqcha” laqabi bilan nom qozongan hujumchi Anvar Soliev ko'p hollarda, og'ir pallalarda o'zining gollari bilan mag'lubiyatlardan ko'p bor qutqarib qolgan.

Bugun to'xtalib o'tmoqchi bo'lgan uchrashuvimizni ham bevosita yuqorida zikr etilgan fikrimizga bog'liqligi bor.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoamiz 2006 yilgi Jahon chempionati saralash bahslarini o'z maydonida boshlaydigan bo'ldi. Qura bizga Iroq, Falastin, Xitoy Taypeyi kabi raqiblarni tortiq qildi. Quraning ko'zi ko'r deb bejiz aytilmaganligini yana bir bor guvohi bo'ldik. Tabiiyki keyingi bosqichga yo'llanma olishimiz uchun bizga guruhda Iroq jiddiy raqobat tug'dirishi kutilgandi. Amalda ham shunday bo'ldi. Odatda, bu yurt vakillari doim qolgan arab davlatlari qatori bizga jiddiy qarshilik ko'rsatib kelishgan, ular bilan o'yinlar murosasiz va yuqori tempda o'tgan. Bilsangiz, raqib terma jamoasini taniqli germaniyalik murabbiy va sobiq futbolchi Bernd SHtange boshqarardi. Malumot o'rnida aytish joizki, SHtange Iroqdan tashqari Osiyoda Ummon, Singapur, Suriya terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

Bahs biz uchun noqulay bo'lgan paytga to'g'ri kelib qolgandi, gap ob-havoda emas. Aniqrog'i, fevral oyida futbolchilarimiz, mahalliy klublarimiz hali mavsumni boshlamagan, yuqori sport formasiga kirib ulgurmagandi. Bu esa mazkur bellashuvga o'z tasirini o'tkazmay qolmagandi. Mundial saralashlarida har bir o'yinning ahamiyati yuqori sanaladi, tavakkalga qo'l urilmaydi. SHu boisdan futbolimiz rahbarlari Ravshan Haydarovning yoniga “Paxtakor” bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodovni maslahatchi murabbiy etib tayinlaydi. Bunda bir yil oldin jamoa bilan OCHL yarim finaliga qadar etib borgan mutaxassisning tajribasi inobatga olindi. O'sha davrda tarkibdagi aksariyat futbolchilar ham “sherlar” safini himoya qilardi. Xalqaro maydonda uzoqroqqa borishni mo'ljallagan poytaxt klubi yurtimizning eng ko'zga ko'ringan va nomdor o'yinchilarini yig'ib olgandi.



Doim azaldan hujumkor o'yin ko'rsatib kelgan vakillarimiz nima uchundir Iroq bilan uchrashuvda ko'proq himoyaga va ehtiyotkorlikka urg'u qaratdilar. Boz ustiga malum sabablarga ko'ra zahirada qoldirilgan Mirjalol Qosimovning yo'qligi baribir birinchi bo'limda bilindi. Legionerlardan shu kuni darvoza Aleksey Polyakovga ishonib topshirildi. Maminov, Pashininlar esa qaydnomadan joy olmadi. Ularning o'rniga esa asosiy tarkibda Temur Kapadze, Server Jeparov, Osiyo kubogi saralashida ajoyib o'yinlari bilan etirof etilgan Vladimir SHishelovga imkoniyat berib ko'rishdi. Birinchi bo'lim davomida darvozalarga to'p kiritilmadi. Ikkinchi bo'limning 57-daqiqasida iroqlik futbolchi Ahmad Alvon himoyamizdagi palapartishlikdan unumli foydalanib Polyakov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oladi - 0:1. 

Saralashni mag'lubiyat bilan boshlash, muxlislar ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchrash hech kimga yoqmasdi, albatta. O'zbekistonni ranjitadigan, Iroqni esa qoniqtiradigan hisob birozdan so'ng 0:2ga o'zgarishi hech gap emasdi. Lekin, himoyaga etib kelgan yarim himoyachilar xavfni bartaraf etishadi. Qayd etilayotgan natijadan xunob bo'layotgan stadiondagi 35000 muxlislar murabbiylardan Qosimovni tushirishni talab qilib, tinmay hayqirishardi. Nima qilishni bilmayotgan murabbiylar oxiri majburan 65-daqiqada himoyachi Aleksandr Xvostunovni Mirjalol Qosimovga almashtirishadi. 



10 daqiqa o'tgach esa SHishelovning o'rniga ikkinchi hujumchi Anvar Soliev maydonga tushadi. Bundan tashqari Iroq terma jamoasi azosi Kozim Haydar hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etadi. Raqib 10 kishi bo'lib qlogan, ikki markaziy hujumchi bilan o'ynayotgan termamizning o'yini biroz jonlangandi. 79-daqiqada aynan zaxiradan maydonga tushgan Qosimovning super pasidan so'ng Anvar Soliev gol urib muvozanatni tikladi - 1:1. 

Bahsdan so'ng jurnalistlarning: “Nima uchun Mirjalolni o'yin boshidan tushirmadinglar”-, degan haqli savoliga murabbiylar: “U hali 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas”-, deya javob qaytargandi. Vaholanki, o'sha paytda futbolimiz afsonasi Rossiya chempionatida “Alaniya” safida uchrashuvlarni to'liq o'tkazayotgandi. Aynan shu voqeadan so'ng Agamurodov terma jamoadan chetlatildi. Neytral maydon, Ummonda kechgan javob uchrashuvida ham futbolchilarimiz qiyinchilik bilan uch ochkoni qo'lga kirtishgandi.



Bir necha oydan so'ng Yurgen Gyode Ravshan Haydarovning yordamchisiga aylandi va ular birgalikda termani Xitoydagi qita kubogiga tayyorlashdi. Buni qarangki, ushbu turnirda ham yo'limizdan Iroq chiqdi. O'shanda ham Qosimovning foydali harakatlari Aniqrog'i, jarima zarbasidan urgan ajoyib goli evaziga g'alabaga erishgandik.

JCH-2006 saralash bosqichi.
18.02.2004. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 35000 tomoshabin.
O'zbekiston – Iroq – 1:1
Gollar:
Anvar Soliev 87 - Ahmad Alvon 57.
Bosh hakam: Suresh Srinisavan (Hindiston)
O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Nikolay SHirshov, Baxtiyor Ashurmatov, Aleksandr Xvostunov (Mirjalol Qosimov, 65), Asror Aliqulov, Andrey Akopnyac (Leonid Koshelev, 46), Temur Kapadze, Server Jeparov, Viktor Karpenko, Vladimir SHishelov (Anvar Soliev, 74), Maksim SHackix.
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика