So’nggi yangiliklar

14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  7 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  5 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  1 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   35 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  19 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  10 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  8 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  9 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  18

Bir o'yin tarixi. Terma jamoamizda Qosimovdan keyingi davr, Fyodorov sardorligidagi O'zbekiston, Nepomnyashchiyning taklif etilishi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Terma jamoamizda Qosimovdan keyingi davr, Fyodorov sardorligidagi O'zbekiston, Nepomnyashchiyning taklif etilishi

Bugun hikoya qilmoqchi bo'lgan o'yinimiz futbolimizda o'ziga xos yangi davr boshlangani bog'liqdir.

Demak, sizlarni karantin davrida zeriktirmaslik uchun harakat qilayotgan bir o'yin tarixi loyihasining bugungi soni 2006 yil voqealarini o'z ichiga oladi.

Milliy terma jamoamiz 2006 yilgi Germaniya yashil maydonlarida o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi va saralashda oxirigacha kurashib alamli tarzda o'z ishtirokini yakunladi. Natijada futbolimizda islohotlar, o'zgarishlar davri boshlandi. O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti etib Mirabror Usmonov tayinlandi. Rahbariyatda ham malum bir o'zgarishlarga qo'l urildi. Terma jamoamiz ham avlodlar almashinuvi jarayonini boshidan kechirayotgan, Qosimov, SHirshov, Davletov kabi futbolchilar o'z o'rinlarini yoshlarga bo'shatib berayotgandi. Ko'pchilikni, o'sha paytda bir savol qiziqtirardi. Terma jamoa Qosimovsiz qanday o'ynaydi? Albatta, muxlislar yashil maydonda terma libosidagi Mirjalol Qosimovni muntazam ko'rishga o'rganib qolishgandi. Lekin, har narsaning intihosi yani yakuni bo'lishni yaxshi bilasiz.



Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yanvar oyiga kelib rossiyalik taniqli mutaxassis, Kamerun terma jamoasi bilan 1990 yil Italiyadagi mundialda qatnashgan Valeriy Nepomnyashchiyni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qiladi. Maqsad klubni yanada rivojlantirish, yuqori cho'qqilarga olib chiqish, xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etish edi. Bu orada milliy jamoamiz ham boshqaruvchisiz qolgandi. SHuning uchun fevral oyida Valeriy Kuzmichga “Paxtakor” bilan parallel ravishda terma jamoaga ham ustozlik qilish vazifasi yuklatildi, unga bosh yordamchi sifatida Usmon Toshev va Ravshan Haydarov ko'maklashadigan bo'lishdi. Rejaga ko'ra aynan ushbu oyda futbolchilarimiz 2007 yilgi Osiyo kubogiga saralash bahslaridagi ishtiroklarini boshlashlari lozim edi. Guruhda bizga raqiblik qiladigan jamoalarga etibor qaratadigan bo'lsak darajasi termamizdan yuqori emasligini ko'rishimiz mumkin. Bangladesh, Gonkong, Qatar. Ha, ular orasida qatarliklar jiddiy qarshilik tug'dirishi kutilgan yagona jamoa hisoblanardi. Dastlabki uchrashuvni o'z maydonimizda Bangladeshga qarshi o'tkazadigan bo'ldik. Undan oldin esa barcha futbolchilar, legionerlar poytaxtda jam bo'lishdi. Tarkibda “qariya” o'yinchilardan faqat Andrey Fyodorov va Evgeniy Safonov qolgandi. Sardorlik bog'ichi ham o'z-o'zidan himoyachi Fyodorovga berildi. Maksim SHackix doimgidek shu erda. 19 yoshli Vitaliy Denisov esa faoliyatida ilk bor termadan chaqiruv olgandi. Nepomnyashchiy tarkib o'zagini mahalliy futbolchilardan tuzishga qaror qildi.

Kvalifikacion raunddagi birinchi o'yin 22 fevral sanasida o'tkazilgandi. Bu oyda havo sovuq bo'lsada, muxlislar bunday sharoitda o'yinlarni kuzatishga allaqachon ko'nikib ketgandi. Yuqorida takidlab o'tganimizdek mazkur bellashuvning ilk daqiqalaridan tortib o'yin yakuniga qadar termamizning Bangladeshdan darajasi yuqori ekanligi yaqqol bilinib turdi. Bunday raqiblarni biz osonlikcha taslim qilishga o'rganib qolganmiz. Vakillarimiz birinchi bo'limning o'zidayoq o'yin masalasini deyarli ijobiy tomonga hal qilib qo'yishgandi. Aleksandr Geynrixning 9-daqiqada urgan ajoyib golidan so'ng, Server Jeparov 24-daqiqada penaltidan hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Bo'lim o'rtalarida esa terma jamoa goleadori Maksim SHackix ham to'p kiritib o'z nomiga navbatdagi golni yozdirib qo'ydi. Toshkentda mehmon bo'layotgan bangladeshliklarni SHackix va Geynrix juftligi mag'lub etdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ikkinchi bo'limning 51-daqiqasida Sasha yana bir bor raqib posboni Muhammad Aminulni ranjitdi. Uchrashuv bosh hakami baxraynlik Abduxamid Ibrohim 72-daqiqada futbolchimiz Server Jeparovni maydondan chetlatadi. Bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramasdan o'yin nazoratini o'z qo'limizda ushlab turishni eplagandik. 83-daqiqaga kelib esa Maksim SHackix beshinchi golni uradi va yakuniy nuqtani qo'yadi.



Saralashni yaxshi boshlagan termamizdan keyingi o'yinlarda omad yuz o'girdi. Mazkur uchrashuvdan bir hafta o'tib Qatarga safar qilgan futbolchilarimiz ortlariga 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytdilar.

Gonkong bilan kechgan poytaxtdagi o'yin hammasidan o'tib tushgandi. Futbolchilar raqibni mensimasdan maydonga chiqishganidanmi yoki bu jamoani ham Bangladesh deb o'ylashganidanmi kutilmaganda durang natija qayd etishadi. Birinchi bo'limda 2:0 hisobida oldinda borayotgan termamiz, ikkinchi bo'limda o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqadi. Gonkong uchun safarda O'zbekiston bilan durang o'ynash g'alabaga teng edi. Esingizda bo'lsa, 2015 yilgi Osiyo kubogiga saralash bosqichida ham ular bilan yo'llarimiz kesishgan, “Paxtakor” stadionda o'tkazilgan o'yinda 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekilgandi.

Sentyabr oyiga kelib javob uchrashuvini o'tkazish uchun Gonkonga etib kelgan hamyurtlarimiz ortga yana muvaffaqiyatsiz natija bilan qaytishadi, 0:0. Biz eslayotgan saralashning eng kulminacion voqeasi Gongkongdan ortga qaytayotganda yuz beradi. Delegaciyamiz o'rin olgan samolyot qaytishda noqulay ob-havo, kuchli yog'ayotgan yomg'ir, osmonni qoplab olgan qalin bulut sababli o'z boshqaruvini yo'qotadi, samolyot dvigatellari o'chib qoladi. Natijada u pastga qulashni boshlaydi. Tasavvur qilyapsizmi? Bu xuddi 1979 yilgi aviahalokatga o'xshash jarayon edi. Xudoga shukurki, oradagi malum vaqtdan so'ng samolyot motorlari va dvigatellari ishlab ketadi va futbolchilarimiz sog' va omon yurtimizga qaytib kelishadi. Voqea guvohi bo'lgan Temur Kapadze quyidagicha eslaydi.

“Ha, shunaqa voqea bo'lgandi. O'shanda samolyotda futbolchilar, murabbiylar va futbolimiz rahbarlari bor edi. Valeriy Nepomnyashhiy ham esimda bo'lsa agar menga yaqin joyda o'tirgandi. Kutilmaganda samolyot chayqalib pastga qulashni boshladi. Eslashni o'zi qurqinchili. CHamasi, 50 yoki 100 metrlarcha pastga quladi. Bortda shovqin, suron ko'tarilgandi. Bizdan vahimaga tushmaslikni va tinchlanib olishimizni so'rashdi. Hamma vahimada edi. SHukurki, havoda parvoz qilayotgan samolyot motorlari ishlab ketdi. Endi, bu borada har xil malumotlar bor. Lekin, aniq emas”.

Keyingi ikki o'yinda ishonchli tarzda g'alaba qozongan jamoamiz Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Yil yakunida esa malum sabablarga ko'ra Nepomnyashhiy bilan o'rtadagi kelishuv bekor qilinadi. “Paxtakor” bilan keyingi bosqichga chiqa olmagach unga nisbatan tanqidlar ko'paygandi. Biroq, rossiyalik murabbiyning futbolimiz uchun keltirgan eng katta foydasi Odil Ahmedovni kashf qilgani bo'ldi. Bugungi kundagi futbolimiz iftixori aynan ushbu mutaxassis qo'l ostida klubda debyutini o'tkazgandi.



Osiyo kubogi-2007 saralash bosqichi.
22.12.2006. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 18000 tomoshabin.
O'zbekiston – Bangladesh – 5:0
Bosh hakam:
Abduxamid Ibrohim (Baxrayn).
Gollar: Aleksandr Geynrix 9, 51, Maksim SHackix 35, 83, Server Jeparov 24 penaltidan.
CHetlatish: Server Jeparov, 72.
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Vitaliy Denisov (Vladimir Radkevich, 76), Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Marat Bikmaev (Leonid Koshelev, 54), Anvar Soliev (Aleksey Nikolaev, 32), Aleksandr Geynrix, Maksim SHackix.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика