So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Bir o'yin tarixi. Salkovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud Ummon - O'zbekiston 4:2 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Salkovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud Ummon - O'zbekiston 4:2

Bugun loyihamiz orqali O'zbekiston terma jamoasining 2002 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida o'tkazilgan Ummonga qarshi uchrashuvini yodga olamiz.

Katta yoshli muxlislar bu uchrashuvni yaxshi eslashadi. O'shanda vakillarimiz kutilmaganda ummonliklarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ha, bunga sensaciya sifatida qarashimiz o'rinli bo'ladi.

Vladimir Salkov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi doimgidek saralash bosqichining birinchi raundida Xitoy Taypeyi, Turkmaniston, Iordaniya kabi termalarning to'sig'idan muammosiz o'tgandi. Ammo, bizni oldinda hal qiluvchi bosqich kutardi. Tabiiyki, oxirgi raundda bizga doimgidek jiddiy va kuchli raqiblar ro'baro' keldi. Qura natijalariga ko'ra BAA, Xitoy, Ummon va Qatar bilan bir kvartetdan joy oldik.

Bir qarashdan raqiblar terma jamoamiz fonida u qadar kuchlidek ko'rinmagandi. Ular orasida ayniqsa Ummon har tomonlama bizdan kuchsiz edi. Xitoyni esa o'sha vaqtda Bora Milutinovich boshqarar, mutaxassis jamoani avvalgiga qaraganda yaxshigina kuchaytirishga, o'z uslubini singdirishga erishgandi. BAA esa 1998 yilgi Jahon chempionati saralashida bo'lgani kabi bu safar ham yo'limizga to'g'onoq bo'lishga intildi. Ummon bilan o'yinga qadar etti ochko jamg'argan terma jamoamizda Jahon chempionatiga chiqish uchun umid saqlanib qolingandi. Bunga qadar esa amirliklarga ikki o'yinda ham boy berilgan imkoniyat va ochkolar qimmatga tushgandi. Toshkentda o'tkazilgan birinchi bahsda vakillarimiz ummonliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda yirik 5:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. SHu sababdanmi yoki ishonch yuqoriligidanmi Maskatda o'tadigan javob uchrashuvida ham shu scenariy takrorlanishini taxmin qildik. Ummon terma jamoasi azolarining hech birining bizning o'yinchilarimizdan ustun tomoni yo'q edi.

Kutilganidek birinchi bo'lim o'zbekistonlik futbolchilar o'yinni o'z qo'llariga oldilar, to'p nazorati va zarbalar bo'yicha ham oldinda bordilar. Bu esa hisobda ham o'z aksini topdi. Dastlab 5-daqiqada himoyachimiz Fevzi Davletov hisobni ochgan bo'lsa, 27-daqiqada Nabil Ashur o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yadi 0:2. Birinchi taym biz uchun alo darajada o'tdi.

Ammo, ikkinchi bo'limni futbolchilarimiz juda yomon boshlashadi. Himoyadagi qo'pol xatolar, to'p uzatishlardagi uzilishlar, brak paslar ko'payadi. Ayniqsa, birinchi bo'limdan so'ng Maksim SHackixning o'yindan olinishi katta xato edi. Irismetov bilan birga hujum juftligini hosil qilayotgan futbolchining almashtirilishi etirozlarga sabab bo'lgandi. SHackix chiqib ketgach raqib bemalol hujumlar tashkil qila boshladi. Buning natijasida bosimni oshirgan Ummon terma jamoasi 50-daqiqada oradagi farqni qisqartiradi. Oradan ikki daqiqa o'tgach esa ular muvozanatni tiklashadi. Davron Fayzievning yosh bolalarcha xatolari, Polyakovning zarbalar yo'nalishini topa olmaganligi va boshqa xatolar oqibatida ikki daqiqada o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqqanmiz. Salkov esa shu zahotiyoq Fayzievning o'rniga Asror Aliqulovni maydonga tushiradi. Ketma-ket ikki goldan keyin shokka tushib qolgan milliy jamoamiz azolari keyingi daqiqalarda butunlay o'yin tizginini qo'ldan chiqarishadi. Durangga ham rozi bo'lib turgan joyimizda esa so'ngi daqiqalarda o'yin qahramoni ummonlik Yoqub Al-Muxayniy va Badar Ali yana ikki bor darvozamizni aniq nishonga olib irodali g'alabani qo'lga kiritishadi. Qosimov etakchiligidagi terma jamoamiz ushbu saralash bosqichidagi safar uchrashuvlarida yomon natija qayd etadi, g'alaba nimaligini bilmaydi. Darajasi past raqibdan engilishimizni esa hech kim hayoliga keltirmagandi. Futbolda raqib kuchiga to'g'ri baho bera olmaslik, mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelishini bugun eslab o'tgan o'yinimiz misolida ko'rdik.

Qayd etilgan natijadan so'ng bizda deyarli hech qanday imkoniyat qolmagandi. Ushbu muvaffaqiyatsiz o'yindan hafsalasi pir bo'lgan futbolimiz rahbarlari Salkovni istefoga chiqarishadi. U katta umidlar bilan olib kelingan, hattoki, murabbiyning istagi bilan bir nechta xorijlik futbolchilar mahalliylashtirilgan edi. SHunda ham ko'p hollarda Salkov nolir edi. Ashurmatovning qiziqqonligini deyarli har bir matbuot anjumanida takidlashi, jurnalistlarning savollariga ayovsiz javob qaytarishi haqida eshitganmiz. Keyingi Xitoy bilan uchrashuvda termani uning yordamchisi Leonid Ostroushko boshlab tushadi. SHunday qilib O'zbekiston terma jamoasida ishlagan uchinchi xorijlik mutaxassis ham bizning maqsadimiz sari etaklay olmadi.

JCH-2002. Saralash bosqichi. Uchinchi bosqich.
Ummon – O'zbekiston – 4:2
13.10.2001. Maskat. “Sulton Qobus” stadioni. 401ta tomoshabin.
Bosh hakam:
Masayoshi Okada (Yaponiya)
Gollar: Yoqub Al-Muxayniy 50, Fauziy Bashir 52, Yoqub Al-Muxayniy 83, Badar Ali 89, - Fevzi Davletov 5, Nabil Ashur 27 (avtagol).
O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Sergey Lushchan, Davron Fayziev (Asror Aliqulov, 52), Baxtiyor Ashurmatov, Aleksandr Xvostunov, Fevzi Davletov, Nikolay SHirshov, Andrey Vlasichev (Bahodir Annamatov, 60), Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix (Andrey Akopyanc, 46), Jafar Irismetov.
Bosh murabbiy: Vladimir Salkov



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика